Yuklanmoqda...

70 yil ichidagi eng katta Oyni kuzating 

729


NASA ma'lumotlariga ko'ra, 13-noyabrdan 14-noyabrga o'tar kechasi Oy Yerga 1948-yildan beri eng qisqa masofaga yaqinlashadi. Keyin bunday Superoyni faqatgina 2034-yildagina kuzatish mumkin bo'ladi. Samarqand davlat universiteti fizika fakeltuti astronomiya kafedrasi assissenti Shuhrat Egamberdiev ushbu tabiiy hodisaga shunday izoh berdi: "Ma'lumki, Oy sayyoramiz atrofida ellipssimon orbita bo'ylab harakat qiladi. Oyning sayyoramizga nisbatan yaqinlashishi va uzoqlashishi shu bilan tushuntiriladi. Yakshanbadan (13-noyabr) dushanbaga (14-noyabr) o'tar kechasi Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashadi, ya'ni perigeyda joylashadi. Bunday hodisa oxirgi marta 1948-yilda kuzatilgandi. Biz samarqandlik astronomlar Sattepoda joylashgan ilmiy-o'quv markazida bu hodisani kuzatmoqchimiz. U yerda kuchli GRUBB-PARSONS teleskopi joylashgan.
Biroq bizning viloyatdagi ko'pchilik odamlar teleskopsiz ham soat 21:50dan 4:15 gacha bu noyob hodisaning guvohi bo'lishlari mumkin bo'ladi. Oy tongga yaqin Yerga 351722 km gacha yaqinlashadi. Bu hodisa vaqtida Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo'ladi. Hammani tinchlantirib qo'ya qolay, bu hodisa hech qanday tabiiy o'zgarishlarga olib kelmaydi. Oy 14-noyabrdan yana bizdan olislasha boshlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash