Yuklanmoqda...

Hasharotlar hayotidan 20 ta qiziq dalil 

316


Buyuk Britaniyada BBC telekanali hasharotlarga bag‘ishlangan, Life in the undergrowth («Butalardagi hayot») deb nomlangan yangi ilmiy ommabop serialni namoyish qilishni boshladi. Eng zamonaviy telekameralar yordamida mualliflar shu paytgacha inson nigohi ilg‘ay olmagan sahnalarni suratga olishga muvaffaq bo‘lishganki, ularni tomosha qilar ekan, kishi o‘zini boshqa olamga tushib qolgandek his qiladi.Yangi hujjatli serial haqida xabar berar ekan, Britaniyaning The Mirror gazetasi hasharotlar hayotidan 25 ajabtovur faktni e’lon qildi: 
1. Hasharotlar – bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo‘lgan ilk jonli mavjudotlardir. O‘shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko‘ra yashovchanroq ekanliklari ma’lum bo‘ldi. 
2. Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to‘g‘ri keladi. 
3. Urg‘ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan ziyod tuxum qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari suvarak to‘qqiz kun boshsiz yashay oladi. 
4. Bir yil davomida o‘rgimchaklar iste’mol qiladigan barcha hasharotlarning og‘irligi yer yuzida yashovchi barcha insonlar vaznidan og‘ir bo‘ladi. 
5. O‘rgimchaklarning 35 mingga yaqin turi ma’lum va hamma vaqt yangi-yangi turlari kashf qilinayapti. 
6. Qor chayonlarining qonida antifriz mavjud, shuning uchun ular tselsiy bo‘yicha minus 6 gradus haroratda ham yashay oladilar. Biroq bunday chayonni qo‘lga olsangiz o‘lib qoladi. 
7. Urg‘ochi uxovyortkada ikkita penis bo‘lib, har birining uzunligi uning o‘zining bo‘yidan ortiqroq. Bu organlar juda mo‘rt bo‘lib, tez sinadi. Shuning uchun hasharotlar zahira organlar bilan tug‘iladilar. 
8. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Yer yuzida qancha turda qush bo‘lsa (9000), chumolilarning ham deyarli shuncha (8800) turi mavjud. 
9. Kapalaklar ta’mni orqa qismi yordamida sezadi. Qanotlarining rangi nurni akslantiruvchi pardalar yordamida hosil bo‘ladi. 
10. Aborigenlar g‘o‘la lichinkalarini qaynoq suvga bulab «vitchetti» tayyorlaydilar. Shu tariqa ularning ta’mi quymoqnikiga o‘xshab qoladi. 
11. Asalarilarning beshta ko‘zi mavjud. Uchtasi boshning yuqori qismida, ikkitasi esa oldinda bo‘ladi. Asalari qanotlarini bir daqiqada 11.400 marta qoqadiki, bu o‘ziga xos g‘o‘ng‘illashga o‘xshab eshitiladi. 
12. Hozir qo‘ng‘izlarning 400 mingga yaqin turi ma’lum. Eng yirik titan qo‘ng‘izning bo‘yi 17 sm.ga yetishi mumkin. 
13. Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi. 
14. «Vitchetti» lichinkalarini tiriklay iste’mol qilgan yaxshi. Katta yoshli kishi o‘nta yirik lichinkaga to‘yadi. 
15. Hasharotlar oqsil, uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taom hisoblanadi. Tailandda ular delikates taom sanaladi, u yerda qovurilgan qora chigirtka va chigirtkalarga talab katta. 
16. Amarobia o‘rgimchaklarining bolalari tug‘ilganlaridan so‘ng o‘z onalarini yeyishadi. Ba’zi urg‘ochi o‘rgimchaklar juftlashish jarayonidayoq erkak o‘rgimchaklarni yeyishni boshlashadi. Shu tariqa marhum ota o‘z avlodi uchun oziq hisoblanadi. 
17. Qora chigirtkalarning quloqlari oldingi oyoqlarida joylashgan. Bundan tashqari ularga qarab haroratni bilish mumkin: buning uchun bir daqiqada necha marta chirillashini aniqlash, uni ikkiga bo‘lish, so‘ng chiqqan songa to‘qqizni qo‘shish va natijani ikkiga bo‘lish kerak. Hosil bo‘lgan son haroratni tselsiy graduslarida ko‘rsatadi. 
18. Barcha hasharotlarning taxminan uchdan bir qismi yirtqich hisoblanadi va ularning aksariyati o‘limtik va qoldiq ovqatni yemay, o‘zi ov qiladi. 
19. Beshiktebratar o‘z tanasining uzunligidan 40 baravar uzoqroqqa sakrashi mumkin, burgalar esa 130 barobar. 
20. Sayyoramizning inson o‘zlashtirgan har bir kvadrat milida 26 mlrd.dan ziyod hasharot yashaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yana fanga noma’lum hasharotlarning 5-10 mln.ta turi mavjud.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash