2016-yil eng issiq yil bo’ladi 

526

  GISS direktori Gavin Shmidt bergan bayonotida aprel oyidagi quruqlik va dengiz issiqligi 1951-1980-yillariga ko’ra selsiy bo’yicha 1,1 daraja oshganligini aytdi. Bu yilning aprel oyining 1880-yildan beri eng issiq davr ekanligini bildirgan Shmidt bundan avval eng issiq harorat 2014 va 2015-yillari bo’lganini qayd etdi. Global miqyosda havo harorati 2015-yil oktyabr oyidan beri har oy ko’tarilganligini aytgan Shmidt 2016-yilning 1880-yildan keyin eng issiq yil bo’lishini bildirdi.
  Fransiyaning poytaxti Parijda o’tgan dekabr oyida o’tkazilgan 21-BMT iqlim o’zgarishi anjumanida 196 o’lka global havo harorati ko’tarilishini 1,5 bilan 2 daraja orasida to’xtatish borasida hujjat imzolashgandi. 22-aprelda BMT bosh ofisida davlat va hukumat boshchilari ishtirokidagi yig`ilishda imzolangan hujjat bugungacha 175 o’lka tarafidan qabul etildi. 


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash