Dunyo o`simliklari 

23 265

 SHAKARQAMISH
 Bengaliya — shakarqamish vatani hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shakarqamish iqlimiy sharoiti qulay bo’lgan tropik va subtropik o’lkalarda ham yetishtiriladi.
 Shakarqamish issiqlik va namni sevadi. U havosining harorati 23,5-27°C, yillik yog`in miqdori 1500-2000 kilometr bo’lgan joylarda, xususan, issiq o’lkalarda daryolarning sohillarida yaxshi o’sadi.
  Eramizdan oldingi 327-yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlarida shakarqamishni «arisiz asal»  deb  atagan.
  Shakarqamish Osiyoning janubiy va janubi sharqiy qismida juda qadimdan ekib kelingan; Yevropaning janubida, dastlab Kipr orolida 1150-yildan ekila boshlagan. Taxminan 1400-yillarda Sitsiliya, Kalabriya va Ispaniya sohillariga, u yerdan Madeyra oroliga, keyinchalik Kanar orollariga yetib borgan. Ispanlar Antil orollari (Amerika qit’asi)ga shakarqamishni «Kanar qamish» nomi bilan olib borganlar. Keyinchalik bu o’simlik mazkur orollar iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydigan bo’lib qoldi. Bir vaqtlar shakarqamishni mo’tadil iqlimli o’lkalarda yetishtirishga ham urinib ko’rilgan, lekin bundan natija chiqmagan.
  Hozir shakarqamish, asosan, Vest-Indiya, Janubiy Amerikaning shimoliy qismida va Osiyoda yetishtiriladi. Afrikaning Angola, Kongo va Gvineya sohillarida ham shakarqamish ekilmoqda. Shakarqamish plantatsiyalari ulkan qamishzor - to’qayni eslatadi. Shakarqamish poyasining yo’g`onligi 2 santimetrdan 5 santimetrgacha, balandligi 6 metr boladi, barglarining uzunligi esa 2 metrgacha boradi. Sarg`ayib to’kilgan barglar o’rnida halqasimon iz qoladi. Oddiy qamish poyasining ichi bo’sh bo’ladi. Shakarqamish poyasi ichida esa shirin, shirali mag`iz bor. Hamma gap o’sha mag`izda.
  Shakarqamishning guli jig`aga o’xshaydi va uzunligi 50-80 santimetr keladi. Shakarqamish gullash oldidan yig`ishtirib olinadi. Ildizi yaqinidan kesilgan shakarqamishning tepasi olib tashlanadi, barglari tozalanadi. Shakarqamish tarkibidagi qand moddasi 20% ga etadi. Shakar va qand tayyorlashdan qolgan qoldig`idan rom ichimligi ishlanadi.

 VIKTORIYA REGIYA
  Viktoriya regiya issiq va sernam sharoitda o’sadigan ko’p yillik ajoyib suv o’simligidir. Tabiatda shunday o’simlik borligini 1801-yilda aniqlangan.
  Viktoriya regiyaning asl vatani — Janubiy Amerika. Bu o’simlik Amazonka va Orinoka daryolari havzalarida o’sadi. Uning bargi juda katta, diametri 2 metrga yaqin. Suv yuzida qalqib turadigan bargining shakli ulkan barkashni eslatadi. Bargning chetlari 5-10 santimetr kenglikda tepaga qayrilgan. Bargni yo’g`onligi 5-10 santimetr keladigan tomir ushlab turadi. Viktoriya regiyaning bargi bolalarni, 50 kilogrammlik yukni, hatto yuziga bir tekis qilib sepilgan 75 kilogramm qumni ham ko’taradi.
  Bu o’simlik avgust oyida gullaydi. Gulining eni 40 santimetrga yetishi mumkin. Guli uch kun yashaydi: har kuni kechqurun ochilib, tongda yumiladi. G`unchasi suv ostida bo’lib, ochilishiga yaqin suv betiga chiqadi. G`uncha oq rangda bo’ladi. Birinchi kuni pushti rangda ochiladi, ikkinchi kuni gul to’q qizil rangda, uchinchi kuni esa och qizil rangda ochiladi. Gul barglari to’kilgach, gul bandi suv ostiga tushadi va mevasi suv ostida yetiladi. Yerli xalq bu o’simlikning mevasini yeydi.
Viktoriya regiya urug`dan ko’payadi. Uning normal o’sib rivojlanishi uchun suvning harorati +30° atrofida bo’lishi kerak. Bu o’simlik o’z vatanidan boshqa joylarda oranjeriyalardagina o’stiriladi. Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkentdagi botanika bog`larida bu o’simlik bor.

BAMBUK
  Bambuk - daraxtga o’xshash, lekin boshoqli o’simlik; uni daraxt deb bo’lmaydi, uning tabiati butunlay boshqacha.
  Bambuk juda-tez o’sadi, bo’yi 38 metr, tanasining aylanasi 80 santimetrga boradi. Yosh bambuk besh-olti Hafta ichida 18 metr o’sishi mumkin. Bambuk kun sayin emas, soat sayin o’sadi, qulay sharoitda bir kunda yarim metrdan ortiq o’sishi mumkin.
  Bambuk pishiq va engil bo’lganligidan undan uylar, shiyponlar, ko’priklar, Har xil mebellar yasaladi. U vodoprovod quvurlari uchun Ham juda bop. Bambukdan turli savatlar, qutilar ishlanadi, qipiqlaridan presslab paloslar tayyorlanadi, tanasining ustki qavatidan pichoq va qayroq, tolali po’stlog`idan esa ipak qog`oz ishlanadi. Bambukdan xar xil musiqa asboblari yasaladi, bambuk bo’g`inlarida to’planib qolgan moddadan chinni sanoatida foydalaniladi, suliga o’xshash donidan non pishiriladi, sarsabil mazasini eslatuvchi novdalari xar xil ovqatga ishlatiladi. Bambukni qaynatib yoki saryog`da qovurib xar xil sho’rvalar, qaylalar pishiriladi, quritib yoki konservalab qishga olib qo’yiladi. Bambuk bargi aralashtirib pishirilgan jo’ja go’shti eng mazali ovqat hisoblanadi.
 
BAOBAB
  Baobab savannalarga xos ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtlarning ham eng ulkani. Ba’zan uni «o’simlik dunyosining begemoti» deb atashadi.
 Baobabning ko’rinishi juda g`alati; shuning uchun bo’lsa kerak, mashhur sayyoh D. Livingston uni to’ntarib qo’yilgan ulkan sabziga o’xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlarning birida qudratli tangri baobab daraxtidan g`azablanib, uni sug`urib olgan-u, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to’ntarib yana yerga suqib qo’ygan», — deyiladi.
 Tanasi silliq po’stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo’yi 18-20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri osa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
  Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko’tarib turadi, qurg`oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to’kilib, qing`ir-qiyshiq shoxlari yalang`ochlarshib qoladi. Baobab daraxti uzoq — 5000 yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo’lmaydi. Keksa daraxtlarning o’zagi chirib qoladi, o’zaksiz baobab ichiga turli parrandalar, yovvoyi asalarilar in qiladi; u odamlar uchun ham boshpana bo’lib xizmat qiladi. Ayrim baobablarning ichiga 20-30 kishi sig`ishi, mashinalar uchun «garaj» vazifasini o’tashi mumkin.
  Baobab daraxti goh «semirib», goh «ozib» turadi: yomg`irli mavsumda suvga to’yingan baobab biroz «to’lishadi», qurg`oqchilik mavsumida yana «ozadi». Baobab, odatda, suv yaqinida o’sib, ildizi tanasidan 100 metr nariga cho’zilib ketadi. Baobab daraxtining yog`ochi bo’sh bo’lib, o’zida ko’p nam saqlaydi. Uning tanasida jami 15 ming litrgacha suv to’planishi mumkin.
  Yomg`irli mavsum boshlanishi bilan baobab gullaydi. Gullari juda yirik bo’lib, diaffeetri 15-20 santimetrga etadi. Uning oppoq gullari tunda ochiladi, xushbo’y bo’ladi. Gullarini ko’rshapalaklarning bir turi changlatadi, tong otishi bilan bu gullar so’liydi.
Baobab mevalari qurg`oqchilik mavsumi boshlanishi oldidan etiladi. Bu paytda daraxtning mayda barglari to’kilib, bodringga o’xshash mevalari quruq shoxlarida osilib turadi. Uning mevasi ham, urag`i ham iste’mol qilinadi. Mevasi biroz nordon, mazali, uzunligi 35 santimetr, yo’g`onligi 17 santimetr keladi. Baobab mevasini maymunlar xush ko’rib yeydi. Maymunlar ko’pincha baobab tanasi ichida yashaganligidan uni «maymun daraxti» deb ham yuritishadi. Baobabning bargida suyakni mustahkamlaydigan modda ko’p bo’lganligidan fillar baobab barglarini ishtaha bilan yeydi.
  Baobab daraxti va uning mevasi mahalliy xalq uchun katta ahamiyatga ega. Ular baobab mevasini ovqat o’rnida iste’mol qiladilar, yosh nihollaridan xushxo’r ichimlik tayyorlaydilar. Iki ichimlik chanqoqni tez bosadi. Yosh novdalar ovqatga ham ishlatiladi. Daraxt po’stlog`i va bargidan tayyorlangan tolqon murch va tuz o’rnida iste’mol qilinadi. Baobab mevasidan xushbo’y moy olinadi, urug`i qovurilib yeyiladi, bargi esa ovqatga ishlatiladi, yog`ochi va po’stlog`idan qog`oz tayyorlanadi, tola olinadi. Bu toladan arqon eshiladi, qop, baliq tutish uchun to’r va dag`al mato to’qiladi. Baobab yog`ochidan laxta ham tilinadi, o’yib qayiq ishlanadi.
  Baobabdan har xil dori-darmonlar ham tayyorlanadi. Uargining damlamasi bezgakka qarshi davo. Uning mevasidan ham dori tayyorlanadi. Yerli xalqlar chaqaloqni, baobab daraxtidek azamat bo’lsin, deb uning novdasi va ildizi qaynatilgan suvda cho’miltirishadi.

Baobab — savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtning ham eng ulkanidir. Ba’zan uni «o‘simliklar dunyosining begemoti» deb atashadi. Tanasi silliq po‘stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo‘yi 18-20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri esa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
  Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko‘tarib turadi, qurg‘oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to‘kilib, qing‘ir-qiyshiq shoxlari yalang‘ochlanib qoladi. Maymunlar ko‘pincha baobab tanasida yashaganligi uchun u maymun daraxti ham deyiladi. Baobab daraxti 5000 yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo‘lmaydi.
A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov, Sh.Azimov
"Amaliy geografiya" G`afur G`ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2012

 
BANAN
  Banan issiq o’lkalarda o’sadigan baland bo’yli o’simlik bo’lib, uning mevasi «dondlar mevasi» deb yuritiladi. Bu o’simlikning balandligi 10 metr atrofida, tuproq ostidagi ildizpoya uning asosiy tanasi hisoblanadi. Ildizpoyadan yo’g`onligi qalamdek keladigan juda ko’p uzun va qayishqoq ildizlar atrofga taralib ketadi. Bu ildizlar juda yashovchan. Uning bir bo’lagini, hatto biroz turib qolgan bo’lsa ham yeksan-giz, undan banan o’sib chiqadi. Shuning uchun banan urug`dan emas, balki ildizda ko’paytiriladi. Madaniylashtirilgan bananlarning mutlaqo urug`i bo’lmaydi.
  Banan o’simligi tanasida o’ndan ortiq (hatto yigirmatagacha) uzun barglar osilib turganligidan u ko’rinishidan xurmo daraxtiga o’xshab ketadi. Barglarining ajoyib xususiyati shuki, jazirama issiq kunlari ular osilib tushadi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kichrayib, quyosh nurlari bargning yaltiroq parda bilan qoplangan ustki tomonigagina tushadi, shu tufayli o’simlik tarkibidagi suvning bug`lanishi kamayadi. Ob-havo nam va nisbatan salqin paytlarda bargning chekkasi tepaga qayriladi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kengayadi va namning bug`lanishi ortadi. o’simlikning mo’tadil rivoji shuni taqozo etadi.
  Bu o’simlikning har tupi bir gulto’da bo’lib gullaydi va meva bir bosh banan tugadi. Bir bosh bananda 200-300 dona meva - «banan g`ujumlari» bo’lib, umumiy og`irligi 50-60 kilogramm keladi. Bir bosh bananning uzunligi 2 metrga borishi mumkin. Hosil pishib etilgach, poya sekin-asta quriydi, ammo ildizpoyadan yana juda ko’p novdalar shoxlab chiqadi. Ularning har biridan rosmana bir tup banan o’sib chiqib, ular ham hosil berishi mumkin. Shuning uchun bir marta ckilgan banandan bir necha o’n yil mobaynida hosil olib turiladi.
  Tropik o’lkalarda o’simlikning vegetatsiya davri yil bo’yi davom etganligidan ildizpoyada turli «yosh»dagi bachkilarni qoldirib, bananzorlarda yil bo’yi uzluksiz hosil yig`ishtirib olsa bo’ladi. Shu tufayli banan plantatsiyalaridan katta daromad olinadi.
  Banan mevalari o’simlik tanasida turib pishsa, mazasi o’zgaradi, xushbo’y hidi yo’qoladi, po’sti yorilib, mag`zi qushlar bilan hasharotlarga yem bo’lishi mumkin. Shuning uchun batian mevalari, odatda, pishib yetilmasidan, dumbulligida uzib olinib, pishib yetilguncha saqlanadi. Shunda meva tarkibidagi kraxmal qandga aylanadi, meva o’ziga xos maza, xushbo’y hid kasb etadi.
  Banan o’simligi ekilib, 14-15 oy o’tgandan keyin hosil beradi. Banan odamlarga ma’lum bo’lgan madaniy o’simliklar ichida eng qadimgilaridan biridir. Bananning vatani - Osiyo.
  Osiyoda banan juda qadimdan yetishtirib kelingan. Keyinchalik bu o’simlik boshqa joylarga ham tarqalgan, Amerikagacha yetib borgan. Banan issiq o’lkalardagina o’sadi. Havo harorati muttasil +20°C dan yuqori bo’lgan, ming millimetrdan ham ko’p yog`in yog`adigan iqlimiy sharoit banan uchun juda mosdir. Agar harorat keragicha issiq, tuproq yaxshi bo’lsa, uni sug`orib o’stirish ham mumkin.
  Banan Osiyo, Afrika, Avstraliya, Markaziy va Janubiy Amerikaning issiq, nam sohillarida, tropik orollarida mahalliy xalq uchun oziqa sifatida qadimdan yetishtirib kelingan. Bu nozik meva XIX asrgacha chetga chiqarilmagan, shuning uchun mo’tadil o’lkalardagi odamlar bu mevadan bexabar bo’lganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan banan boshqa o’lkalarga ham chiqarila boshlangan. Chetga chiqarish va ko’proq daromad olish maqsadida u tobora ko’plab yetishtiriladi, keyinchalik Markaziy va Janubiy Amerikaning Karib dengizi sohillarida ham ko’plab ekila boshlaydi.
 
HIND XURMOSI
  Hindistonda banan - hind xurmosi deb ataladigan ajoyib daraxt o’sadi. Banan daraxti yoshligida ingichka, nozik bo’ladi, lekin tez o’sib ulg`ayadi va juda ko’p shoxlaydi.
  Shoxlaridan novdalar, o’ziga xos «ildizlar» o’sib chiqadi. Kokilga o’xshash novdalar yergacha osilib tushadi va yerga tekkan joyidan ildiz otadi. Bir necha yildan keyin uning o’zi ham rosmana daraxtga aylanadi. Shunday qilib, bir daraxt o’zidan ko’payib, juda katta maydonni egallaydi.
  Hindistonning Kalkutta shahridagi bir tup banan ko’payib, hozir 1000 tup daraxtga aylangan va 1,2 gektar joyni egallagan. Bu daraxt hozir 200 yoshda. Banyanlarning shoxlari birbirlariga tutashib ketib, ulkan bir daraxtzorni eslatadi. Shuning uchun bananni «o’zi bitta, tanasi mingta daraxt» deb atashadi.
  Shri-Lanka orolidagi mashhur bananning 1360 ta yo’g`on va 3000 ta mayda tanasi bor deyishadi. Uning asosiy ona tanasining yo’g`onligi 2 metrga boradi, boshqalarining yo’g`onligi 1 metr. Bu antiqa daraxtning novdasimon o’sib chiqqan ildizlari nam havodan oziqlanadi; shunday ildizlari bo’lmasa hind xurmosi bunchalik ko’paymas edi.
 
SEKVOYYA - ULKAN DARAXT
  Sekvoyya Yer sharida faqat Serra-Nevadaning g`arbiy yonbag`irlarida saqlanib qolgan. Agar bu daraxtni Yer sharida yashab o’tgan yashil mavjudotlarga qiyos qiladigan bo’lsak, uni yashil dinozavr deb atash mumkin.
  Aytmoqchi, sekvoyya dinozavrlar bilan zamondosh hisoblanadi. Dinozavrlar ham, Yevropa va Osiyodagi sekvoyyalar ham qirilib bitgan. Muzlik bosmagan Kaliforniyadagina Yer sharidagi asosiy mo’jizalardan biri — sekvoyya bizgacha saqlanib qolgan.
  …Ulug`vor sekvoyyaning ming yillik qizg`ish tanalari uzoqdan xuddi tarashlangan dag`al toshga o’xshab ko’rinadi. Ҳaqiqatda esa uning tanasi namatga o’xshash po’stloq bilan qoplangan, qo’lingizga g`ovak va iliq tuyuladi.  
  Sekvoyya po’stlog`ining qaliinligi 60 santimetr, qo’l bilan bossangiz yumshoq, ushaladi. Ushalgan parchasi po’kakka o’xshaydi, ezsangiz bir siqim qizg`ish kukunga aylanadi. Po’stlog`i bamisoli ko’rpa, daraxtni qattiq sovuqdan himoyalaydi. Sekvoyya po’stlog`ining bundan muhimroq xususiyati ham bor: issiqlik ta’sirini ichkariga o’tkazmaydi. Shunday bo’lmaganda o’rmonda chiqqan yong`inlar sekvoyyaning uzoq yashashiga yo’l qo’ymagan bo’lar edi. Sekvoyya o’rmonlarida ko’p martalab yong`in chiqqan… Bu yong`inlarga uch yuz… besh yuz… to’qqiz yuz yil bo’lgan… Tanasining bir qismi kuygan sekvoyyalar ana shunday katta yong`inlardan guvohlik berib turibdi. Bir katta sekvoyyaning o’zagi kuyganu, ammo u hamon yashafnoqda. Biz xuddi g`orga kirgandek, qadimgi yong`inda kuygan bir daraxtning kavagiga kirdik. Fonus yoqdik. Bu kavak bir xonali xonadoncha kelar edi.
  Bir sekvoyyaning kavagiga garaj va savdo do’koni joylashgan (tomosha va reklama maqsadida), boshqa bir daraxt kavagini ayiqlar egallagan: ular shu kavakda qishlashar ekan.
  Yong`inlar sekvoyyalar uchun foydali, degan fikrlar ham bor: yong`in pastda joylashgan barcha o’simliklarni kuydirib kulga aylantirgach, yerning shirasi faqat sekvoyyaga qoladi. Bundan tashqari yong`indan keyin yer kul bilan o’g`itlanadi. Sekvoyyaning uzoq umr ko’rishiga yana bir sabab shuki, uning yog`ochi chirimaydi; u xastalikni pisand qilmaydi. Uning yonidagi boshqa daraxt kasallikka chalinib qurib yotibdi, ammo sekvoyya xuddi sehrlab qo’yilgandek yashnab turibdi. Uning qizg`ish tanasi bo’g`zidan tortib uchigacha toza va beg`ubor.
  Keksa daraxtlarning shox-shabbalari tepasida, juda balandda boshlanadi. Agar uning bahaybat tanasi bilan shox-shabbalarni bir-biriga taqqoslaydigan bo’lsak, xuddi katta kishining boshiga yosh bolaning do’ppisini qo’ndirib qo’ygandek g`alati ko’rinadi.
Ming yashar sekvoyyalar bir-biridan ancha narida, siyrak o’sadi. Ularning yoniga borish uchun boshqa daraxtlarni, qalin o’tlarni, to’kilgan shox-shabbalarni yorib o’tishga to’g`ri keladi, ahyon-ahyonda ulkan «tosh»larni ham aylanib o’tish kerak bo’lib qoladi. Bizga toshga o’xshab ko’ringan narsalar aslida ag`darilgan sekvoyya daraxtining tanalaridir. Ag`darilgan sekvoyya chirimaydi, uning po’stlog`i tushib ketadi-yu, ammo yog`ochi juda uzoq vaqtlargacha chirimay yotaveradi.
  Qadimiy sekvoyyalarga borish uchun o’rmon ichidan yo’l ochilgan. Har bir daraxtning nomi bor. Ayrimlariga mashhur odamlarning nomi berilgan. Shuning uchun Magellan, Kopernik, Galiley, Kolumb nomi bilan ataluvchi sekvoyyalar uchrashiga taajjublanmasa ham bo’ladi. Qizil tanali bu daraxtlar mashhur odamlardan ham mashhurroqdir. «General Sherman» nomli daraxtni olaylik. Uning bo’yi 90 metr, yo’g`onligi 10 metr, yoshi taxminan uch ming yil. Daraxtning ko’rinishi hundan 500 yil ilgari qanday bo’lgan bo’lsa, hozir ham shunday.  
   Yer sharidagi eng keksa daraxtlardan biri bo’lgan sekvoyyaning yonida kichik bir niholni qidirib topdik. Bu yosh nihol bundan besh yil ilgari shu ulkan sekvoyya urug`idan unib chiqqan bo’lsa ajab emas. Uch ming yosh bilan besh yosh — ota bilan o’g`il! «Ota bilan farzand» o’rtasida yosh jihatdan bunchalik katta farqni qayerda uchratish mumkin?! Modomiki sekvoyya uch ming yil yashar ekan, bu yosh niholning 5005-yildagi quyosh chiqishini ko’ra olishi ehtimoldan uzoq emas. o’sha vaqtga borib niholning qanday ko’rinishga kirishini oldindan tasavvur qilish mumkin-u, ammo 5005-yilda Yer sharida yashaydigan insonlar to’g`risida taxminiy fikr aytish qiyin.
  Sekvoyyalarning qulashi kam uchraydi. Shunday bo’lsada, 1953-yilda odamlarning ko’z o’ngida bir sekvoyya qulagan. Uning tanasiga «Bu daraxt 2415 yil umr ko’rgan» deb yozib qo’yilgan. Buning to’g`riligiga ishonish uchun sekvoyya tanasidagi yillik halqalarni sanab ko’rish mumkin.
  Daraxtning qirqilgan joyiga insoniyat tarixidagi ayrim voqealar yozilgan. Mana shulardan ba’zilari:
  «Eramizdan oldingi 323-yilda Iskandar Zulqarnayn vafot etgan. Buyuk sarkardaning jasadi asal to’ldirilgan bochkaga solinib, dafn etish uchun Osiyodan o’z yurtiga keltirilgan. o’sha yili sekvoyya 136 yoshda bo’lgan».
  «Eramizdan oldingi 44-yilda Yuliy Sezar vafot etgan. o’sha vaqtda sekvoyya 400 yoshda bo’lib, tanasining yo’g`onligi bir yarim metrga etgan».
  «Eramizning 570-yili Muhammad sollallohu alayhi va-sallam — payg`ambar tug`ilgan. o’sha vaqtda sekvoyya 1032 yoshda bo’lgan».
  1348-yilda Yevropada vabo tarqalgan, 1492-yilda Amerika «kashf etilgan» vaqtlarda sekvoyya necha yoshda bo’lganligi ham shu tarzda yozib qo’yilgan.
Sekvoyya daraxtlari muhofaza qilinmoqda. 1890-yilda sekvoyyalarni muhofaza qiluvchi park - qo’riqxona tashkil etilgan.
 
KOKOS PALMASI
  Palmalarning turi juda ko’p, ammo eng ko’rkam palmalardan biri kokos palmasidir. Uning silliq tanasining bo’yi 30-40 metr, yo’g`onligi 60 santimetr keladi.
  Daraxtning uchidagina uzunligi 3-4 metr keladigan, patsimon 10-14 ta bargi bo’ladi. Boshqa ko’pchilik xurmolar tik o’sib ustunga o’xshab turadi. Kokos palmasining tanasi esa bir tomonga, ko’proq okean tomonga yonboshlab o’sadi. Bu palma barglari tapmoqlanib ketgan joyidan gullaydi, gullari mayda bo’ladi. Ammo mevasining kattaligi bolalar kallasicha keladi.
  Uning mevasini «kokos yong`og`i» deb atash odat bo’lib qolgan. Bir dona mevasining diametri 18-20 santimetr, uzunligi 26 santimetr. Har bir kokos palmasi yiliga 20-25 tadan 60 lagacha yong`oq beradi. Hosili biryo’la pishib yetilmaydi. Shuning uchun hosili yiliga 5-6 marta terib olinadi. Kokos palmasi ikki xil: erkak palma va urg`ochi palma bo’ladi. Faqat urg`ochi palma hosil beradi. Kokos yong`og`ining sirti dag`al jigarrang toladan iborat bo’lib, bu tolalardan arqon eshiladi, cho’tka qilinadi, dag`al palos, savat va boshqa narsalar to’qiladi. Yong`oqning pishiq, zich po’chog`idan turli idishilar tayyorlanadi.
   Kokos yong`og`i dumbulligida ham, pishganida ham iste’mol qllinadi. Yong`oq dumbul vaqtida juda ko’p miqdorda «kokos suti» beradi. Yong`oq uzib olingach, tepasi o’tkir pichoq bilan cho’rt kesib tashlanadi va ichidagi rangsiz, nordon, muzdek «kokos suti» ichiladi. Bu suyuqlik to’yimli bo’lib, chanqoqni tez bosadi. Kokos yong`og`i pishganida «suti» kamayadi, po’chog`ining ichida yog`li va oqsilli mag`iz hosil bo’ladi. Yong`oq mag`izi kopra deb ataladi. Uni yeyish mumkin. Ko’pincha u po’chog`idan ajratib olib quritiladi va undan kokos yog`i olinadi.
 Bu yog` xo’jalikda iste’mol qilinadi. Undan margarin olinadi, qoldig`i esa sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kopraning kunjarasi molga beriladi. Kokos palmasining gullari tilib qo’yilsa, kuniga uch litrgacha shira oqib chiqishi mumkin. Bu shiradan qand, sharob tayyorlanadi.
  Kokos yong`oqlarini terib olish oson ish emas, uni faqat mutaxassislar tera oladi.
Kokos palmasining mustahkam yog`ochi - tengi yo’q qurilish materiali, barglari esa tombop materialdir. Ular kulbalarning tomiga yopiladi; barglaridan savat, bo’yra to’qiladi, shlapa va zontik yasaladi. Yosh barglar sabzavot o’rnida ovqatga ishlatiladi.
 
XURMO
 Afrika shimolidagi vohalarda yashaydigan xalqning asosiy non-nasibasi xurmo hisoblanadi. Ular jazirama issiq kunlarda xurmo daraxti soyasidan bahramand bo’lishadi.
  Xurmo daraxli shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko’rish uchun zarur narsalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Sahroyi Kabirning ayrim viloyatlarida xurmo (mevasi) hamon pul vazifasini o’tab kelmoqda.
 Xurmo - parvarishtalab daraxt. Arab xalqida shunday bir naql bor: «Xurmo cho’l malikasi, uning oyog`i suvda, boshi olovda». Xurmo uchun nam va salqin turpoq bilan birga jazirama issiq, quyoshli kunlar zarur. Unga shunday sharoit yaratib berilgandagina u kishilar mehnatini oqlaydi, ularga o’zining tilladek mevalarini in’om etadi.
  Xurmo daraxti tanasidan o’sib chiqqan o’simtalarni olib o’tkazish yo’li bilan ko’paytiriladi. Shu tarzda ekilgan xurmo 4-5 yildan keyin hosil bera boshlaydi, 11 yildan keyin kamolga etadi. Xurmo daraxtining har bir tupi yiliga o’rta hisobda 40 kilogrammdan hosil beradi va taxminan yuz yilgacha hosil berib turadi. Ba’zi xurmolarning har tupidan 100 kilogrammgacha hosil olinadi.
  Sahroyi Kabirda xurmo daraxti, odatda, aprel oyida gullaydi. Sug`oriladigan yerlardan unumliroq foydalanish maqsadida ayrim hollarda xurmo daraxtlari orasiga o’rik, uning tagiga esa sabzavot ekinlari ekiladi.
  Sahroyi Kabirda barcha xurmo daraxtlarining hosili tayin etilgan bir kunda terib olinadi. Yalpi terim «e’lon» qilinmaguncha hech kim o’zining shaxsiy mulki hisoblangan daraxtning bitta mevasini ham uzib ololmaydi - haqqi yo’q; xurmoni bevaqt uzgan kishi jazoga mahkum etiladi. Vohadagi tartib-qoida shunday. Қabila boshliqlari yoki mahalliy hokimlar hosil yig`ishtirib olinadigan kunni tayinlagach, bu haqda butun mamlakat bo’ylab xabar qilinadi. Belgilangan kuni hamma o’ziga tegishli xurmolarni bitta qo’ymay terib olishi shart. Terib olingan xurmolar xonalarning shipiga osib qo’yiladi. Xurmo osig`lik holda bir necha oy, hatto yillab saqlanganida ham mazasini va xushbo’y hidini yo’qotmaydi.
  Jazirama issiq kunlari cho’lda tangacha soya topilmaydigan kezlarda hamma o’zini xurmo soyasiga oladi. Cho’lda xurmo muqaddas mevadek aziz. Chaqaloqning beshigi, kelinchakning ro’moli xurmo bilan bezatiladi. Xurmo yaproqlari qadimgi Misrda o’ziga xos kalendar vazifasini ham o’tagan. Rosa bir oyda xuraio bargi qurib tushadi.
  Xurmo mevasiga to’yimliligi jihatdan biron-bir meva teng kelolmaydi. Quritilib taxlangan xurmoni arablar «cho’l noni» deb atashadi. Xurmoning tarkibida 70% qand, bir foiz yog`, 6% oqsil moddasi va turli vitaminlar bor. Arablar xurmodan har xil taomlar tayyorlaydi, turli tarzda ovqatga soladi. Ular, ko’pincha arpa uniga xurmo qo’shib non pishiradilar, xurmo shirasidan shinni, ba’zan «asal» ham tayyorlaydilar, xurmo daraxti barglaridan pishiq va qayishqoq savatlar, bo’yralar to’qiydilar, tolasidan esa turli arqonlar eshadilar. Keksa xurmo daraxtlari quriganida ulardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
  Xurmoning navlari juda ko’p: ayrimlari juda quruq, boshqalari juda shirali bo’ladi. Chetga chiqariladigan xurmolar, odatda, bir haftagacha ildizida quritiladi. Ular sekin-asta turshak bo’la boshlagach, uzib olib yashiklarga, ayrim hollarda maxsus qoplarga joylab Yevropa, Amerika va boshqa mamlakatlarga yuboriladi. Қuritilgan xurmo bir necha yilgacha aynimaydi. Xurmo, asosan, Afrikaning shimoli va Osiyoning janubi g`arbidagi mamlakatlarda yetishtiriladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.