Yuklanmoqda...

Kartoshka oltindan ko‘p foyda keltiradimi? 

752

  Poliz ekinlari madaniylashtirilib, xo‘jalikda foydalanila boshlagach, taomlarning soni va sifati ham oshib borgan. Poliz ekinarini birdaniga iste’mol uchun ishlatilmagan. Ular haqida biz bilmagan, tasavvur qilmagan narsalar ko‘p. Quyida ayrim qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishgach, bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz.
  Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bir yilda yetishtiriladigan kartoshkaning qiymati shu muddat ichida qazib olinadigan oltin va kumush qiymatidan ko‘pdir. Bu serdaromad sabzavot Yevropada XVI asrda paydo bo‘lgan. Dastlab uni bog‘larda manzarali o‘simlik sifatida ekishgan, keyinchalik ustki ho‘lmevasidan murabbo tayyorlaganlar. Va nihoyat ildizmevasini ham iste’mol qila boshlaganlar. Ancha vaqt mobaynida kartoshka juda tanqis bo‘lgan, turli bayramlarda odamlar uni yaqinlariga sovg‘a sifatida ulashgan.
Yevropa va Osiyoga kartoshka yetib kelmasdan oldin sholg‘om asosiy yeguliklardan biri bo‘lgan.
 Sabzi eng qadimgi madaniylashtirilgan ildizmevalardan biri hisoblanadi. Uning qoldiqlari arxeologik qazilmalar paytida ham topilgan. Rim yozuvchilari sabzini "sabzavotlar qiroli” deb atagan.
  Loviya odamlarga juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Biroq Qadimgi Misrda bu ekinga xurofiy nazar bilan qarashgan. Uning gulidagi qora dog‘lar o‘lim nishonasi hisoblangan.
  2 ming yil oldin ham forslar lavlagi nimalagini bilishgan. Biroq unga urish-janjal belgisi deb qaraganlar. 
  Yetilayotgan karamning boshi bir kunda ishga yaroqli ot ichadigan suvni "hazm qilib yuboradi”. 

Orifjon Madvaliyev

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash