Yonar ko`zli kaltakesak 

6 968

  Sayyoramizda millionlab jon­zotlar yashaydi. Har birining tabiat­da o‘z o‘rni bor. Lekin ularning o‘zi­ga xos g‘aroyib xususiyatlari ha­­qi­da yaxshi bilmaymiz. Bugungi sa­hifamiz orqali ular haqidagi qiziq ma’l­umotlar bilan tanishasiz.

  • Asalarilar 1 kg asal yig‘ish uchun 2000000 ta gulga qo‘nishi kerak bo‘larkan.
  • "Kaltakesaklarning ko‘zi yonadi”, degan iborani ko‘p eshitgansiz. Dar­haqiqat, ularning ko‘zlari olov­rang ko‘rinadi. Bunga sabab, kal­ta­­ke­­saklarning ko‘z to‘rpardasida ju­­da ko‘p olovrang yog‘li tomchilar mavjud. Ular ko‘zlarining "yonishi” shundan. Aytmoqchi, kaltakesaklar biz qizil tusda ko‘rgan narsalarni ya­shil rangda ko‘rishadi.
  • Odatda ko‘pchilik bir kun­da uch mahal ovqatlanadi. Ilon­lar-chi?! Ular 3 yilgacha hech narsa yemay uxlashi mumkin ekan.
  • Odamlar va hayvonlarning ikkita tizzasi bo‘lishini bilamiz. To‘rtta tizzali yagona hayvon bu – fil ekan.
  • Tuyaning o‘rkachlariga qa­rab, ular­ning umurtqalari ham cho‘q­qi­si­­mon bo‘ladi, deb o‘ylarsiz. Yo‘q, bu qanoatli jonivorning umurt­qalari te­kis bo‘­la­di.
  • Jozibador dengiz yulduzlarini te­le­vizorda ko‘p ko‘rganmiz. Ular­­ning biz bilmagan g‘aroyib xususiyati – oshqozonini tes­ka­risiga ag‘dara olarkan.
  • Chaqqon yumronqoziqlar bir kechada 76 metr yo‘lak (tunel) kavlashi mumkin.
  • Sadafday tizilgan tishlaringizni sanab ko‘rgandirsiz. Ular 32 ta,a?!. Tabiatning beozor mitti erkatoy­laridan biri shilliqqurtning esa "atigi” 25000 ta tishi bor ekan.
  • Chuvalchangning g‘ayrioddiy xu­su­siyatlaridan biri u och qol­ganda o‘z tanasining 95 foizini yeb qo‘­yadi.
  • Tovuq tuxumini qaynatish uchun 5 daqiqa kifoya, lekin tuya­qushning tuxumini pishirish uchun 40 daqiqa vaqt kerak bo‘larkan.
  • Ko‘pchiligingiz zotdor itlar­ni boqishni yaxshi ko‘rasiz. Biroq dunyoda itlarning 400 xil zoti borligini o‘ylab ham ko‘r­magandirsiz?
  • O‘txo‘r va go‘shtxo‘r hayvon­larni farqlash uchun ularning ko‘zlariga qarang. O‘txo‘r hayvon­larning ko‘z­­lari dushmandan hi­mo­ya­lanish uchun kallasining yon tomonida joy­lashgan bo‘ladi. Yirt­qich hay­vonlarning ko‘zlari o‘ljaga tash­lanishi uchun tumshuq oldida joylashgan ekan.
  • Xamelion, ya’ni buqalamun til­­la­rini tanasining yarmigacha bo‘l­­­­gan uzoqlikka chiqara oladi. Un­­dan tashqari kallasini qi­mir­­lat­­masdan ikkala ko‘zini alo­hida-alohida har tomonga aylantirish "qobiliyatiga” ham ega ekan.
  • Yo‘lbarslarning faqat "po‘s­tin­lari” yo‘l-yo‘l bo‘ladi, deb o‘yla­sangiz, xato qilasiz. Aslida ularning terilari ham shunday yo‘l-yo‘l ekan.
                                                                                              Barno LUTFULLAYEVA

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.