Burgut tarixi 

8 496

  Burgut – qushlarning ichida eng uzoq umr ko`ruvchi turlaridan hisoblanadi. U 70 yilgacha umr ko`rishi mumkin. Lekin, ungacha u o`zi uchun qiyin qaror qabul qilishi kerak. 40 yoshgacha uning  uzun tirnoqlari o`tmaslashib, narsalarni ushlashga kuchi yetmay qoladi.  Uzun tumshuqlari esa qayrilib qoladi. Bu yoshda uning katta va qo`pol qanotlari qariydi, og`irlashadi va qanotlarini ko`tarib uchishga qiynalib qoladi. Bu vaqtda burgutning oldida ikkita yo`l turadi: o`zini halok etish yoki 150 kun davom etadigan transformatsiya, ya`ni yangilanish davrini bosib o`tishi kerak. Burgut tog`ning eng tepa qismiga yangi uya qurib joylashadi. Shundan keyin, u qayrilgan tumshuqlarini sindirguncha toshga uradi. Singan tumshuqlarining o`rniga yangisi chiqquncha kutadi va yangisi chiqqach, tumshug`i bilan o`tmaslashib qolgan turnoqlarini oladi. Tirnoqlari yangilangandan so`ng, eski patlarini yuladi.  Oradan 5  oy o`tib, burgut yangi holatga keladi. Shunday qilib, u yana 30 yil yashash imkoniyatiga ega bo`lar ekan.
  • Biz insonlar ham xuddi burgut kabi o`zimizni o`zgartirishimiz kerakmi?
  • Biz insonlar ham gohida xuddi shunday qiyinchiliklarni bosib o`tishimiz lozim.
  • Biz ham gohida yomon va eski odatlarimizdan vos kechishimiz kerak.
  • Yuqoridagilardan xulosa chiqarib, o`zimizning keraksiz odatlarimizni yo`qotishimiz kerak.
  • Bularning barchasini amalga oshirish uchun esa kuchli iroda kerak!

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.