Yuklanmoqda...

Nega yulduzlar o`zidan yorug`lik chiqaradi? 

744

  Yulduzlar, nurini o’zida aks ettiradigan va shu tufayligina yorug` bo’lib ko’rinadigan sayyoralar va ularning yo’ldoshlaridan farqli o’laroq, o’zidan nur tarqatadigan katta gaz sharlaridir. Masalan, Oy sho’lasi Quyosh nurining aksidan boshqa narsa emas. Yana bir farq shundaki, bizga yulduzlar miltillayerganga o’xshab ko`rinadi, ammo sayyoralar yorug`ligi miltillamaydi. Yulduzlar miltillashiga sabab bo`lgan narsa Yer atmosferasida turli moddalarning mavjudligidir.
  Quyosh ham, unchalik katta yoki yorqin bo`lmasada, yulduzdir. Boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, u o’rtacha kattalikdadir. Millionlab yulduzlar Quyoshdan kichik bo’lishi barobarida yana shunchasi undan ancha kattadir. Shunday yulduzlar ham borki, ular Quyosh o’rnida bo’lganida Yer, Mars, hatto, Yupiter orbitasini ham o’z ichiga qamrab olishi mumkin edi. Ammo ular bizdan juda olisda joylashgani uchun ko’zimizga kichik bir nuqta bo`lib ko`rinadi.
 Qadimgi yunon munajjimlari zamonidan beri yulduzlar kattaligiga qarab, bir necha guruhlarga bo’linadi. «Kattalik» deganda, yulduzlarning katta-kichikligi emas, aksincha, ularning yorqinligi ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, yulduzlar o’z spektrlariga ko’ra ham, boshqacha aytganda, o’z yorug`lik to`lqinlari uzunligi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Munajjimlar u yoki bu yulduzning spektrini o’rganayotganda, o’sha yulduzning o’ziga xos xususiyati, harorati va hatto kimyoviy tarkibi to’g`risida ham qimmatli ma’lumotlar yig`ishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash