Kamalak nima? 

932

  Kamalak tabiatning eng go’zal hodisalaridan biridir, odamlar uning qanday hosil bo’lishi haqida qadim zamonlardan beri bosh qotirib kelishadi.  Hatto,  qadimgi yunon faylasufi Aristotel - Arastu ham kamalakning sodir bo’lishi sababini tushuntirib berishga uringan edi.
  Quyosh nuri yoki oddiy oq nur barcha ranglarni o’zida jam etgandir. Siz qiya turgan ko’zguning bir chetiga yoki sovun pufagi yuzasiga nur tushganini hech kuzatganmisiz? Oq nur turli ranglarga bo`linib ketadi. Shunda biz qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, ko’k va binafsha ranglarni ko’ramiz.
  Nurni turli ranglarga ajratuvchi narsa «prizma» deb ataladi. Hosil bo’lgan ranglar o’zaro birikib ketuvchi chiziqlar hoshiyasini hosil qiladi va bu «spektr» deb ataladi.
  Kamalak ham katta egilgan spektr yeki yomg`ir tomchilari orqali o’tib sinadigan nurning ran-go-rang chiziqlaridan iborat tasmadir. Bu holda yomg`ir tomchilari prizma vazifasini bajaradi.
  Kamalak jala yog`ayotganda chiqadi. Bu vaqtda, bir tomondan yomg`ir yog`ayotgan, boshqa tarafdan esa quyosh charaqlab turgan bo’ladi. Kamalakni ko’rish uchun siz quyosh (orqangizda turishi kerak) va yomg`ir (oldingizda yog`ayotgan bo’lishi kerak)ning o’rtasida bo’lishingiz lozim. Quyoshdan tushayotgan nurlar yomg`ir tomchilariga tushib spektr hosil qiladi. Quyosh, sizning ko’zlaringiz va kamalak markazi bir chiziqda bo’lishi kerak.
  Agar Quyosh juda balandda bo’lsa: bunday to’gri chiziq o’tkazib bo’lmaydi. Shuning uchun ham kamalakni faqat ertalab yoki kechga yaqin kuzatish mumkin. Tonggi kamalak Quyosh sharqdan nur sochayotgani va yomg`ir sizning g`arb tarafingizda yeg`ayotganini ko’rsatadi. Tushdan keyingi kamalak esa Quyosh Garbdan nur sochayotgani va sizning sharq tarafingizda yomg`ir yog`ayotganini bildiradi.
  Ayrim kishilar kamalakni, yomonlik alomati, deb bilishgan. Ular, marhumlarning joni narigi dunyoga kamalak orqali o`tadi, kamalak paydo bo`lganda esa, kimdir o’ladi, deb hisoblashgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash