Sayyoralar qanday o`lchamga ega? 

19 405

  Sayyoralar yulduzlardan keskin farq qiladi. Yulduzlar issiqlik va yorug’lik tarqatadigan, issiq gazlardan iborat ulkan sharlardir. Sayyoralar esa nisbatan kichkina osmon jismlari bo’lib, yulduzlardan chiqayotgan nurlarni o’zida aks ettiradi. Keling, gapni Quyoshga eng yaqin sayoralardan boshlay qolaylik. Ularning dastlabkisi Merkuriydir. Uning diametri — 4878 km. Bu ko’rsatkich, taxminan, Atlantika okeanining eniga teng keladi, ya'ni Yer o’lchamining bir bo’lagi, xolos. Keyingi sayora Venera — Cho’lpondir. Uning o’lchami deyarli Yerniki bilan bir xil. Uning diametri — 12160 km., Yerniki esa — 12660 km. Qizig’i shundaki, Cho’lpon teskari, ya'ni Sharqdan G’arbga qarab aylanadi. Keyingi sayora — bizning Yerimiz, undan keyin Mars — Mirrix keladi. Mars qizg’ish rangda ko’rinadi. Uning diametri Yer diametrining yarmidan sal oshiqroq — 6780 km. Mirrix yuzasining ayrim qismlari Oy manzarasini eslatadi: uning yuzasida ham meteoritlar qulashi natijasida hosil bo’lgan katta-katta kraterlarni ko’rish mumkin. Shuningdek, bu sayyorada ulkan vulqonlar va vodiylar ham mavjudligi uning geologik jihatdan faolligi ehtimoldan xoli emasligini ko’rsatadi. Yana bir sayora Yupiter — Mushtariydir, u Quyoshdan ancha olisda joylashgan. Quyosh atrofida 11,9 yilda bir marta aylanib chiqadi. Mushtariy — sayyoralar ichida eng kattasi. Uning diametri 142800 km.dir, bu Yerning diametridan, taxminan, 11 marta katta demakdir. Saturn — Zuhal ham — katta sayyora. Diametri — 120 800 km. Yer diametridan 9 barobar katta. Zuhalning o’ziga xos xususiyati shundaki, uni bir guruh yassi halqalar o’rab turadi. Bu halqalar milliardlab mayda zarralardan tashkil topgan. Uran sayyorasi ham Yerdan ancha katta. Uran bir chetga qiyalagan: uning uqi o’z orbitasiga nisbatan 98 gradus burchak ostida qiyadir. (Yer o’qi esa 23,5 gradus burchagiga qiya.) Neptun sayyorasining diametri — 50000 km. Sayyoralarning so’nggisi Plutondir. Diametri — 3000 km. U Quyoshdan shu darajada uzoqda joylashganki, Quyosh undan turib qaraganda, yorqin bir yulduz bo’lib ko’rinadi.

NEGA SAYYORALAR HAR XIL?

 Sayyoralarning bizga har xil bo’lib ko’rinishi sababi ularning har biri turlicha moddalardan tashkil topgani bilan bog’liq. Ularning har biri Quyosh atrofida aylanishi va Quyosh sistemasining qismlari bo’lishiga qaramasdan, tarkibi bir-biridan farq qiladi. Sayoralar nimadan tarkib topgani to’g’risida ma'lumotlar juda kam va bu inson o’tkazilgan va o’tkazilajak kosmik tadqiqotlar birda javob olishga intilayotgan muammolardan biridir. Keling, yaxshisi, har bir sayyoraning tarkibi haqidagi mavjud ma'lumotlarni bir-bir ko’zdan kechiraylik. Merkuriy — kichik tog’li dunyo. Unda bir qancha qoramtir joylar va ko’plab kraterlar mavjud, ammo na atmosfera va na suv yo’q. Venera — Cho’lpon tumanli dog’lardan iborat oq shar. U deyarli butunlay oq bulutlar qatlami bilan qoplangan. U yerdagi oq bulutlar suv bug’laridan emas, tuz kislotasi bug’laridan iborat. Bulutlar ostida esa tarkibi nafas olish uchun yaroqsiz karbonat angidrid gazlaridan iborat atmosfera mavjud. Bu atmosfera ko’rpa singari Quyosh nurini yutadi, natijada sayyora yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 500 darajagacha ko’tariladi. Shuning uchun ham Cho’lponda suv yo’q. Mars — Mirrix undagi sahrolar rangiga qarab qizil sayyora deb ataladi. U Yerdan ikki marta kichik, uning yupqa atmosferasi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Bu gazda bulut hosil bo’ladi. Mirrixda biror-bir hayot nishonasi yo’q. Buning sababi undagi temperatura juda sovuqligi bilan bog’liq bo’lsa kerak. Saturn — Zuhal, asosan, suyuq vodoroddan tarkib topgan. Uning atrofida bir qancha yorqin halqalar bor. Bu halqalar son-sanoqsiz zarralardan iboratdir. Zarralar sayyora atrofidagi o’z orbitasi bo’ylab kichik oylar singari harakat qiladi. Uranning ham Zuhalnikiga nisbatan qoramtir halqalari bor. Neptun — xira yashil sayora. Pluton esa — Quyosh sistemasining eng mitti sayyorasi. Uning orbitasi cho’zinchoq ko’rinishda bo’lgani uchun ham ba'zan Neptunga nisbatan Quyoshga yaqinroq keladi. Olimlarning kosmosni sun'iy yo’ldoshlar va avtomatik stansiyalar orqali tadqiq qilishi Quyosh sistemasining har bir elementi — unsuri haqida ko’proq bilib olishlariga yordam beradi. Boshqa sayyoralarda hayot bormi? Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’qligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda. Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi. Buning uchun, avvalo, zarur temperatura kerak.Barcha tirik organizmlar faqat ma'lum, qulay temperatura mavjud bo’lgandagina yashay oladi.Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo’lmaydi. Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir. Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak.O’simliklarga yorug’lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham zarur. Hayvonlarga ozuqa manbai talab etiladi.Ular o’zlari ozuqa topolmaydigan joylarda yashay olmaydi. Yerdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi?Boshqa sayyoralar to’g’risidagi bilimlarimizga tayanib, yo’q, deb javob berishimiz mumkin.Endi misollarga murojaat qilaylik. Cho’lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o’lchamlari ham Yernikiga o’xshash.Uzoq vaqtlar bu ikki sayyora egizaklar deb atalgan.Shunga qaramasdan, Cho’lpon qalin oltingugurt kislotasi bulutlari bilan qoplangan.Uning atmosferasi bo’g’uvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan.Atmosfera bosimi juda yuqori.Temperatura sayyora yuzasida Selsiy shkalasi bo’yicha 460 darajagacha yetadi.Bu hayot paydo bo’lishi uchun juda issiqlik qiladi. Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat.Shunga qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 29 darajadan yuqori ko’tarilmaydi.Ammo — 85 darajagacha tushib ketishi mumkin.Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz holida. Demak, zikr etilgan sayyoralarning birortasida ham hayot uchun maqbul shartsharoit yo’q. Yerga yaqin sayyoralarda hech bir shaklda yo’qligi shu tarzda isbot qilingan. 

YERDAN KO’RINADIGAN ENG YORQIN SAYYORA QAYSI?

  Yerdan ko’rinadigan sayyoralarning eng yorqini Venera — Cho’lpondir. Cho’lponning kattaligi Yerniki bilan bir xil, uning yuzasida ham tog’lar va sahrolar bor. Uning atmosferasi zaharli karbonat angidrid gazidan iborat. Ushbu gaz shu darajada zichki, o’ziga kelayotgan issiqlikni tutib qoladi va sayyora yuzasini juda qizitib yuboradi. Cho’lpon Quyosh sistemasidagi sayyoralarga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.Buning ma'nosi shuki, Quyosh u yerda G’arbdan chiqib, Sharqqa botadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.