Tozalik - sog`lik garovi! 

19 837

Hayvonlarning odamlarga o'xshash jihatlaridan biri, buni qarangki, tongda uyg'ongandan so‘ng, ular ham odamlar kabi yuvinishar ekan.

Maymunlar quyosh ko'tarilishi bilan shoxdan shoxga, daraxtdan daraxtga sakrab daraxtning eng baland uchiga chiqib olishadi va shudringdan nam bolgan orqalarini oftobga qaratib quritishadi.

Fillar esa tongda daryoga cho'milishga borishadi. Quruqlikda yashaydigan hech bir jonivor suvni bunday ulkan jonivor - filchalik yaxshi ko'rmaydi. Ular daryoda mazza qilib bir-birlariga suv sepib yuvinadilar.

Ona fil yuvinishni istamagan bolasini suvga sudrab olib tushadi va suv sepib, orqalarini xartumi bilan sekin silaydi. So'ngra esa upa surtgandek ustidan tuproq sochadi.

Agar u cho'milmoqchi bo'lgan yerda suv sayoz bo'lsa, u ham fil uchun muammo emas. Darhol suv yolini to'sib, dambasimon to'siq quradi. Qarabsizki, cho'miiish uchun hovuz tayyor.

Afrika fillarining burun xalqumida suv saqlaydigan maxsus yeri bor. Suv topolmagan vaqtlarida o'sha g'amlab olgan suvlarini ishlatishadi. 

Suvdan tashqari ular gigiyena vositasi sifatida loy va tuproqdan ham foydalanishadi. Bu amaliyot fillarning terisini zararli hasharotlardan himoya qiladi.

Bug'u, ayiq, yaguar, yo'lbars va tulki kabi jonivorlar ham suvni xush ko'rishadi. Yo'lbars hatto yomg'ir yog'ayotganda ham bemalol o'rmonda sayr qilishi mumkin. Barcha mushuksimonlar ichida faqatgina yo'lbars va yaguar hech qiynalmay daryolarni kechib o'tishi mumkin.

Eng qizig'i, yer yuzidagi sut emizuvchilar orasida faqatgina odamzod va maymunlar suzishni bilmaydi.

Boshqa hamma jonivorlarga buni o'rganishning hojati yo'q, chunki ular tug'ilganidayoq suzishni biladi.

Cho'chqa, fil, karkidon, bug'u kabi hayvonlar zararli hasharotlardan saqlanish maqsadida yerga dumalab tanalarini loy bilan qoplab oladilar. Bu ham tozalikka xizmat qiladi.

Suvsiz yerlarda yashaydigan hayvonot olami qumga dumalash orqali tanalarini tozalashadi.

Oq ayiq esa qorda yuvinishni xush ko'radi. U xuddi suvga sho'ng'igandek qorga boshi bilan o'zini tashlaydi.

Mushuksimonlar, yo'lbars va yaguardan tashqari, suvda ham, qumda ham yuvinishmaydi. Ular kichkina panjalarini avval yalab tozalab olishadi, so'ngra panjalari bilan tozalanadilar. Chumolixo'r ham o'tkir tirnoqli panjalari yordamida ehtiyotkorlik bilan tanasini tozalaydi. Bunday usul bilan ozodalikni saqlashga harakat qiluvchilar ichida eng oldingi safda turuvchi jonivor - sichqondir. Ular umrinning yarmini o'ziga oro berishga, yuvinishga sarflar ekan.

Maymunlar esa tongda uyqudan uyg'onganlaridan so‘ng mushaklarni baquvvat qiluvchi va tanani tetiklashtiruvchi badan tarbiya bilan shug‘ullanadilar. Daraxtdan daraxtga, shoxdan shoxga mahorat bilan sakrashlarini tomosha qilish kishiga zavq bag‘ishlaydi.

Sher, yo'lbars, qoplon kabi mushuksimonlar tirnoqlarini ham o'tkirlab, kaltalab turishadi. Panjasidagi o'tkir tirnoqlarini chiqarib olib biror daraxt yoki qattiqroq narsaga ishqalaydilar. Bu bilan ular tirnoqlari orasidagi ovqat qoldiqlarini tozalaydilar va tirnoqlarini panjalari orasiga o'sib shikastlanishdan saqlaydilar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1