Yuklanmoqda...

Dengiz hukmdori 

1342

Dengiz hukmdori  Juda qadim zamonlardan beri odamlar dengizni tomosha qilib zavqlanishadi. Shu bilan birga ochiq dengizda suzayotganda ularda akulaga nisbatan doim xavotir va ehtiyotkorlik tuyg'usi bo'ladi. Buning asosiy sababchilaridan biri ehtimol dengiz suvlarining hukmdori bo'lgan akulalar to‘g‘risidagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ma’lumotlarga ega bo'lganimizdir.
Yer yuzida yashaydigan yirtqichlar orasida akuladan odamlar ko'proq qo‘rqishadi. U go'yoki odamzodga o‘zidan ham qudratliroq bo'lgan jonzot borligini eslatib turganday bo'ladi.
  Akula - million yillar avval paydo bo'lgan betakror yirtqichdir. U kabi qadimiy yirtqich jonzotning o‘zi yo‘q. Ular bir nechta rivojlanish bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tishgan.
Akula Yerda odamzod paydo bo'lishidan avval ham yashagan. Ulardunyoning barcha suv havzalarida, har birokeanda, hattoki ayrim daryo va koilarda ham mavjud. Akulani bemalol yana bir necha million yil yashashi mumkin bo'lgan yirtqich deb atasak bo'ladi.
Xo'sh, odamlar akuladan nimaga bunchalar qo'rqishadi? Agar ularning o'z o'ljalarini qanday qilib osongina qo'lga kiritganlari yoki odamlarga tashlanganligi va ularning ayanchli oqibati bunga sabab deydigan bo'lsak, u holda axir yo'lbars, bo'ri, timsoh va shularga o'xshash yirtqichlarning ham odamlarga tajovuzlari kuzatiladi-ku. Barcha vahshiy hayvonlar uchun odamzod yo o'lja yoki dushman sifatida namoyon bo'ladi.
  Akula deganda ko'z oldimizda bahaybat og'iz va katta tishli qo'rqinchli maxluq gavdalanadi. Biroq ularni tabiatda yaqindan kuzatish baxtiga muyassar bo'lgan bo'lsangiz, ularning naqadargo'zalligi vajozibali harakatlanishlarini ham ko'rasiz.
  Akula - baliqlar sinfiga mansub suv hayvoni. Ularning eng yaqin qarindoshi skatlar bo'ladi.
   Akulani dengiz va okeanlarda yashaydigan boshqa sut emuzuvchilar bo'lgan kit, delfin, kasatkalar bilan adashtirish to'g'ri emas.
   Akula - bu baliq. Ularning 350 ga yaqin turi bo'lsa ham, barchasi go'shtxo'rdir. U yeb to'ymas maxluq hisoblanadi. Buning ajablanarli yeri yo'q. Axir ular tug'ilgan daqiqasidan boshlab doim harakatda bo'ladi. Harakat esa quvvatni talab etadi. Quwat organik ozuqa, ya’ni doimiy oziqlanish orqali hosil qilinadi. Akula o'ljasini boshqa yirtqichlar kabi ovlab, o'ldirib yeydi.
  Akulaning oshqozoni unga tushgan hamma narsani hazm qilib yuborishi mumkin. Hattoki u yutib yuborgan metal va shunga o'xshash qattiq buyumlarni ham oshqozon kisiotasi bir zumda pachalab tashlaganidan uning nimaga doim och holatda bo'lishini tushunish mumkin.
  Eng qizig'i esa, akulalarning ayrim turi, masalan, yo'lbarssimon akula oshqozonidagi keraksiz ozuqalarni og'zi orqali tashqariga chiqarib tashlar ekan. Keyin esa uni yaxshilab tozalab, chayib, yana o'z o'rniga qo'yadi. Bu jarayonda aqlni lol qoldiradigan jihatlaridan biri, akula shunday katta va o'tkir tishlar egasi bo'lishiga qaramay, oshqozonini tishlari bilan jarohatlamasligidir.
   Akula o'z o'ljasiga tashlanar ekan, ko'zlarini yumib oladi. Buning sababi, qochayotgan o'lja uning ko'zlarini jarohatlamasligi uchun shunday himoyalanadi. Ular suzayotganida suvda qarshilikka uchramasligi uchun tanasi torpedasimon tuzilishga ega.
  Akulalar bundan 420-450 mln yil avval ham yashagan. Ko‘zlari odamnikidan 10 marta yaxshi ko‘radi. Akulalar odatda 8 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Ov vaqtida esa tezligi 19km/soatga yetishi kuzatilgan.
 Xitoyliklar akula suzgichlaridan tansiq taom tayyorlaydilar. Uni odatda hurmatli mehmonlargatortishadi. Akulalarda rakka qarshi immunitet mavjud deb hisoblashadi.
  Akulalar nafas olib turishi uchun doim suzishi lozim. Ular odatda odamga birinchi bo'iib hujum qilmaydilar. Bunga odamlarning o'zlari yoki akulaning o'ljada adashishi sabab bo'lishi mumkin.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash