O`zbekiston sanatoriyalari 

53 985

”TURON” sanatoriyasi 
 ”TURON” sanatoriyasi Toshkent shahrida joylashgan yurak-qon-tomir a’zolari, asab tizimi, andrologik va ginekologik kasalliklari bo’lgan bemorlarni davolashga va sog’lomlashtirishga ixtisoslashtirilgan maskan. Miokard infarkti bo’lib o’tgan bemorlar uchun salomatlikni tiklash bo’limi ishlab turibdi. Davolash omillariga: iqlim bilan davolash, fizioterapiya, davolash badantarbiyasi, kam minerallashgan xlorid-gidrokarbonat-sulfat-natriyli va radionli ma’danli vannalar, basseyn va dushlar ko’rinishidagi turli suv bilan davolash usullari, balchiq bilan davolash kiradi. Tashxis qo’yishda va davolashda kompyuterli EKG va UZD apparatlari, klinik va bioximik laboratoriyalar, tor mutaxassislar: kardiolog, nevropatolog, urolog-androlog, ginekolog, dermatolog, okulist, psixoterapevt va stomatologlar faoliyat ko’rsatadilar.Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega. Bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Sanatoriya oshxonasida har xil shirin, lazzatli parhez taomlar beriladi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Bu yerda madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.
Manzil: "Turon sanatoriyasi” OAJ 100187
Toshkent shahar, Sho’rtepa ko’chasi 159-uy
Telefon: (0-371) 266-40-34 (Toshkent)

"CHINOBOD” sanatoriyasi
  "CHINOBOD” sanatoriyasi Toshkent shahridagi balneologik balchiqli kurort. Davolanish uchun ko’rsatmalar: ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari remissiya bosqichida, ginekologik kasalliklar, qandli diabet.Asosiy tibbiy davo omillaridan: Toshkent artezian hovuzining termal (+51 C) madanli suvi, xlorid-gidrokarbonatli natriyli suvlari, Baliqli ko’lining balchig’ini ko’rsatib o’tish mumkin.Sanatoriyada zarur diagnostika va davolash xonalari mavjud. Madanli suvidan vannalar uchun, ichakni chayish, me’dani yuvish, duodenal drenajlar, davo ichimligi sifatida foydalaniladi. Suv va balchiq bilan davolash xonasida applikatsiyalar va galvanik loy ko’rinishidagi balchiq bilan davolanadi, parafin-ozokerit bilan muolajalar qilinadi, suv ostida dush-massaj qilinadi. Tabiiy davolash omillaridan tashqari, fizik vositalar bilan davolanadi, massaj davolash jismoniy tarbiyasi qilinadi, parhez ovqatlar beriladi. Yotoq binolari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari bor, ekskursiya tashkil etilgan. Sanatoriya hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.
Manzil: "Chinobod sanatoriyasi” OAJ 100039
Toshkent shahar, Chinobod ko’chasi 88-uy
Telefon: (0-371) 212-29-12 (Toshkent)

"UMID GULSHANI” sanatoriyasi
  "UMID GULSHANI” sanatoriyasining qisqa fursatda ona bo’lish tuyg’usini unutgan ayollarga onalik quvonchini baxsh etayotganligi tufayli, nafaqat O’zbekistonimizda, balki qo’shni davlatlarda ham shon shuxrati oshib bormoqda.
  Sanatoriya ginekologiya va andrologiya bo’limlaridan iborat. Ularda erkak va ayollar bepushtlik sabablari tashxislanadi hamda bepushtlik, reproduktiv a’zolar kasalliklari muvafqiyatli davolanadilar.Sanatoriyada elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, ignarefleksoterapiya, lazeroterapiya, ozokerit-parafin, shifobaxsh balchiq, parhez ovqatlanish davolash maqsadida qo’llaniladi. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud.Sanatoriya yotoq bo’limi barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat.Dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, tennis, bilyard va diskoteka mavjud. Dam oluvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent shahrining muzeylari, teatrlari va ko’pincha so’lim joylariga sayohatlar tashkil qilinadi. Sanatoriya oshxonasida dam oluvchilarning buyurtmasiga asosan shirin, lazzatli taomlar beriladi,"vitaminli stol” tashkil etilgan. Sanatoriya hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.
Manzil: "Umid Gulshani sanatoriyasi” MCHJ 111020
Toshkent viloyati, Qibray tumani, A.Navoiy ko’chasi 1-uy.
Telefon: (0-37095) 61-955 (Qibray)

"BOTANIKA” sanatoriyasi
  "BOTANIKA” sanatoriyasi iqlimli va balneologik kurort kurort, Toshkent shahridan 30 km masofada, Tyan-Shan tog’i etaklarida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Quyoshli kunlarning ko’plig, quruq va musaffo havo iqlim bilan davolash o’tkazishga g’oyat qulay. Iqlim bilan birga, tabiiy davo omillari: termal xlorid-gidrokarbonad natriyli suvlari ichishga, vannalar va dushlar uchun, ichaklarni chayish va me’dani yuvish maqsadida qo’llaniladi. Xlorid-natriyli suvlar yurak-qon tomirlari, asab tizimlari, oshqozon-ichak yo’llari faoliyatini yaxshilashga ko’maklashadi va arterial qon bosimi ko’tarilishini oldini oladi. Ma’danli suvlardan tashqari, Jizzax viloyatining Baliqli ko’lidan keltirilgan shifobaxsh balchiqdan applikatsiya va galvano-balchiq bilan davolashda foydalaniladi.
  Serquyosh kunlar, musaffo havo, shifobaxsh suv va davolovchi balchiqlarasab tizimlari hamda oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar sog’liqlarini tiklash uchun qulaydir.
  Bundan tashqari, elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, igna-refleksoterapiya, lazeroterapiya, gidroaeroioniatsiya, ozokerit-parafin, parhez ovqatlanish davolash maqsadlarida qo’llaniladi. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud. Zarur klinik va bioximik laboratoriya, shuningdek ultratovush tashxislash usullari va davolash yuqori darajaga yetgan. Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalarga ega. Sanatoriyda bolalar (4-yoshdan boshlab) va ota-onalar, hamda qariyalar bo’limlari mavjud.
 Dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, stol tennisi, bilyard va diskoklub mavjud. Shuningdek har turdagi ekskursiyalar uyushtirilib turiladi. Qo’shimcha xizmatlardan: sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo’limi, avtotransport turar joyi va boshqa turdagi xizmatlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Manzil: "Botanika sanatoriyasi” MCHJ 110134
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oq-qovoq q.f.y.
Telefon: (0-371) 300-86-46 (Toshkent), (8-37095) 61-761 (Qibray)

"BO`STON” sanatoriyasi
  "BO`STON” sanatoriyasi – Toshkent shahridan 30 km masofada, dengiz sathidan 450 metr balandliklda, "Zax” kanalining bo’yida joylashgan. Serquyosh kunlar, shifobaxsh suv va davolovchi baliqlar asab tizimlari, yurak, qon-tomir, ginekologiya, urologiya kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun ajoyib davolash omillaridan hisoblanadi.
  Davolash maqsadida termal sulfat-kaltsiy, ishqorli natriy, azot minerallariga boy bo’lgan madanli suv vannalari beriladi. Shuningdek elektronur, davolash jizmoniy tarbiyasi, psixoterapiya, ignaterapiya, lazeroterapiya, galvanobalchiq, parafin-ozokeritlar qo’llaniladi. Zarur diagnostika uchun ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, roentgen xona, klinik va bioximik laboratoriya mavjud.
  Yotoq binolari shinam jihozlangan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Shuningdek oshxona, fitobar, klub, kutubxona, bar va sauna sizning xizmatingizda.
  Dam oluvchilar uchun qo’shimcha xizmatlardan sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo’limi va avtotransport turar joyi faoliyat ko’rsatmoqda.
Manzil: "Bo’ston sanatoriyasi” MCHJ 102100
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo’rg’on q.f.y.
Telefon: (0-37071) 5-43-12, 5-50-83 (Chirchiq)

"OQ-TOSH” sanatoriyasi
  "OQ-TOSH” sanatoriyasi Toshkent shahridan 65 km masofada joylashgan tog’-iqlimiy kurort. Xududi keng bargli o’rmonzorlar bilan o’ralgan bo’lib, undan Oqtosh va Ayubsoy tog’ daryolari oqib o’tadi.
 Davolash omili: musaffo tog’ daryolaridan keladigan tabiiy gidroinlanish kelib chiqishi jihatidan nospetsefik nafas a’zolari kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni davolashda ta’sir qiladi.
  Davolash uchun ko’rsatmalar: nafas a’zolarining tuberkulyozga aloqador bo’lmagan kasalliklari.
  Davolash kompleksi fizioterapiya, sun’iy vannalar (ignabargli, tuzli), sauna, parafin va ozokerit bilan davolash, massaj, davolash badantarbiyasi, terrenkur, parhezli ovqatlanishdan iborat.
Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega, bir va ikki o’rinli xonalari bor. Kino zali bo’lgan klub, kutubxona, sport maydonchalari bor. Ekskursiyalar tashkil etilgan. Sanatoriy hududida maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud.
Manzil: "Oq-Tosh sanatoriyasi” MCHJ 110714
Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, Oq-Tosh qishlog’i
Telefon: (0-37074) 22-983 (G’azalkent) 

"CHIMYON” sanatoriyasi 
  "CHIMYON” sanatoriyasi Farg’ona shahridan 32 km masofada, Katran-Tau tog’ tizmasi yon bag’rida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan balneologik kurort.
  Shifobaxsh omillardan – minerallashganligi turlicha bo’lgan serovodorodli ma’danli suvlardan vannalar, chayishlar maqsadida va dush usulida, shuningdek sulfat-gidrokarbonat-natriyli, kuchsizmineral suvdan ichish uchun foydalaniladi. Baliqli ko’lining shifobaxsh balchig’i esa applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi. Davolash uchun ko’rsatmalar: asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari va ginekologik, urologik kasalliklar.
 Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Alohida binoda bolalar ota-onalari bilan birga davolanishlari uchun sharoit yaratilgan.
 Sanatoriyada bugungi kunning talablariga javob beradigan davolash-tashxislash xonalari, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, lazeroterapiya, parafin-ozokerit, fitoterapiya va parhez ovqatlanish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida qo’llaniladi.
 Sizning xizmatingizda oshxona, madaniyat saroyi, kutubxona, raqs va sport maydonchalari, aloqa bo’limi, sartaroshxona ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.
Manzil: "Chimyon sanatoriyasi” MCHJ 113808
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Chimyon qishlog’i
Telefon: (0-37335) 235-61 (Farg’ona)

"KOSONSOY” sanatoriyasi
  "KOSONSOY” sanatoriyasi – Namangan viloyati Chotqol tog’ tizmalari etagida, Kosonsoy daryosi bo’yida joylashgan, iqlimiy va balneologik sanatoriydir.Sanatoriy xarakat-tayanch, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, a’zolari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun mo’ljallangan.Asosiy davolash omillari: musaffo havoli tog iqlimi (havoda kislorod zichligi 26 foiz) va tarkibi sulfat-xlorid-gidrokarbonad-natriyli, harorati 27 C tabiiy ma`danli suvidir. U ichish yo’li bilan hamda mineral vannalar qabul qilish yo’li bilan bemorlarni davolashda ishlatiladi.Sanatoriyda bemorlar shifobaxsh balchiq, parafin-ozokerit, uqalash, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, fitoterapiya va parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar. Tashxis qo’yishda va davolashda zamonaviy uskunalar, klinik bioximik laboratoriya, shuningdek kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog va boshqa mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar.Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki o’rinli xonalardan iborat. Oshxonada shirin, lazzatli parhez taomlar tayyorlanadi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Dam oluvchilar uchun madaniyat saroyi, kutubxona va maishiy xizmat ko’rsatish xonalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil etiladi.
Manzil: "Kosonsoy sanatoriyasi” MCHJ 160300
Namangan viloyati, Kosonsoy shahri, Xalqlar do’stligi ko’chasi 21-uy
Telefon: (0-36965) 21-192 (Kosonsoy)

"CHORTOQ” sanatoriyasi
  "CHORTOQ” sanatoriyasi Namangan shahridan 25 km masofada, Chortoqsoy daryosi yoqasida, Chotqol tog’ adirlarida, dengiz satxidan 650 metr balandlikda joylashgan balneologik va iqlimiy kurortdir.
 Yurak-qon tomir, ovqat xazm qilish va tayanch-harakat a’zolari, asab tizimi, ginekologik va teri kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillari mavjud bo’lib, yod, bromli va boshqa ko’pgina minerallarga boy bo’lgan termal ma’danli suvlari ichish va vannalar berish uchun qo’llaniladi. Shifobaxsh balchiq applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi.
 O’tkir miokard infarktini kechirgan bemorlarning sog’ligini tiklash uchun reabilitatsiya bo’limi faoliyat ko’rsatadi.
 Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalari yordamida fizioterapiya, lazer bilan davolash, suv bilan davolash, davolash badantarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, fitobar va parhez ovqatlar sizning sog’ligingizni tiklash uchun faoliyat ko’rsatadi.
  Yotoq binolari barcha qulayliklarga ega bo’lgan bir va ikki xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, turli sport maydonchalari, sartaroshxona, aloqa bo’limi sizning xizmatingizda. Turli xildagi sayohat va ekskursiyalar uyushtiriladi.
Manzil: "Chortoq sanatoriyasi” OAJ 161004
Namangan viloyati, Chortoq tumani, A.Saydaliyev ko’chasi, 5-uy.
Telefon: (0-36941) 26-444 (Chortoq)

"ZOMIN” sanatoriyasi
  "ZOMIN” sanatoriyasi – Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog’ tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo’riqxona xududida joylashgan. Chiroyli tog’ manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarining mo’lligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqoriligi iqlimiy profilaktik va terapevtik muolajalar o’tkazishga qulay sharoitlar yaratadi. Davolash uchun ko’rsatmalar: nafas olish a’zolari va nerv tizimi kasalliklari (funksional).
  Sanatoriyda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni ota-onalari bilan birga qabul qilish uchun "Ona-bola” bo’limi tashkil qilingan. "Zomin” sanatoriysi eng yangi davolash-tashxislash apparatlari bilan jihozlangan.Asosiy davolash omili tog’ iqlimidir. Bundan tashqari, suv bilan davolash (sun’iy marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar, dushlar, suv havzasi), fizioterapevtik, davolash badan tarbiyasi, torrenkur, uqalash, sauna, hamda bronxial astmali bemorlarni davolash uchun galokameradan foydalaniladi. Yotoq binosi shinam, bir va ikki o’rinli palatalardan tashkil topgan. Shu binoda klub, kutubxona, bar, bolalar uchun attraksionlari bo’lgan o’yin xonalari, sport maydonchalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Manzil: "Zomin sanatoriyasi” MCHJ 130800
Jizzax viloyati, Zomin tumani
Telefon: (0-37222) 100-10 (Zomin)

"ABU ALI IBN SINO” sanatoriyasi
 "ABU ALI IBN SINO” sanatoriyasi – qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning Nurobod tumanida joylashgan. Bu sanatoriy asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlarni davolaydi.
 Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG`p), xlorid-sulfat? Natriyli? Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir. Xususiyatiga ko’ra, u mashxur Sxaltuba suviga o’xshash. Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan.
  Bemorlarni davolashda fizioterapiya, davolash fizkulturasi, massaj, paraffin, balchiq va igna bilan davolash, o’t-giyohlardan damlamalar tayyorlash, ichaklarni yuvish, ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo’lga qo’yilgan.
 Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, xhoyxona dam oluvchilar xizmatida.
 Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so’nmas obidalarini ko’rsatishadi.
Manzil: "Abu Ali Ibn Sino sanatoriyasi” MCHJ 104244
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qo’rg’oni.
Telefon: (0-3662) 29-47-09 (Samarqand) (0-36663) 3-18-09 (Nurobod)

"OLTINSOY” sanatoriyasi 
  "OLTINSOY” sanatoriyasi Navoiy shahridan 80 km shimoliy-sharqda Oqtog’ yon-bag’rida joylashgan. Hududning balandligi dengiz sathidan 400 metr yuqorida, havoharorati yil davomida yanvar oyida -13 C dan iyul oyida +27.5 C gacha, o’rtacha 13.1 C ni tashkil etadi.
 Bu yerda davolash uchun ishlatiladigan mineral suv 1979-yilda Sirdaryo gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan ichimlik suvini izlash vaqtida topilgan. Oltinsoy sanatoriysida bemorlarni davolash uchun 1p va 2n skvajinalaridan olinadigan mineral suvlar ishlatiladi.
  Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy tekshirish instituti va "GIDROINGEO” GP labaratoriyalarida bajarilgan analiz natijalariga ko’ra, mazkur suvlar kam minerallashgan azotli yuqori haroratli kremniyli natriy sulfat + xloridli, kuchsiz ishqoriy yumshoq suvlar turkumiga kirib, 2l/s debit bilan chiqadi. Suv tarkibida quyidagi spetsefik komponentlar va mikroelementlar mavjud: radon, ftor, mishyak, selen, mis, rux va boshqalar meyordan kam miqdorda.
 Mazkur suvlar yurak-qon tomir sistemasi, asab sistemasi, tayanch-harakat sistemasi, endokrin sistemasi, siydik ayirish sistemasi, ginekologik va teri kasalliklarida vanna ko’rinishida davolashga hamda oshqozon-ichak kasalliklarida davolovchi-oshxona suvi sifatida ishlatishga tavsiya etiladi.
Sanatoriyda bemorlarga malakali shifokorlar ginekolog, kardiolog, terapevt, nevropatolog, stomatolog xizmat ko’rsatishadi. EKG, UTT va klinik-bioximik laboratoriya tekshirishlari bajariladi.
Manzil: "Oltinsoy sanatoriyasi” 
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Oltinsoy j/x, Chilash qishlog’i
Telefon: (+998 93) 435-42-02, (+998 93) 556-00-75

"SITORAI MOHI XOSA” sanatoriyasi
 "SITORAI MOXI XOSA” sanatoriyasi iqlimiy va balneologik kurort. U Zarafshon daryosi vohasida, dengiz sathidan 500 metr balandlikda, Buxoro shahrining sharqiy chekkasida Buxoro amirining sobiq qarorgohi hududidagi so’lim bir maskanda joylashgan.
 Davolash omillaridan oqlimi va sulfat-xlorid natriyli madanli suvi hisoblanadi va ular buyrak, asab tizimi, xarakat va hazm a’zolari kasalliklarida qo’llaniladi. Sanatoriyda zamonaviy tashxislash va davolash xonalari, fizioterapiya, lazeroterapiya, balchiq bilan davolash, jizmoniy tarbiya, uqalash, fitobar va parhezli ovqatlantirish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida xizmat qiladi.
 Yotoq binosi bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat. Shinam oshxona, klub, sport maydonchalari, kutubxona, muzey, basseyn, sauna. Sizning xizmatingizda Buxoro shahrining tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Manzil: "Sitorai Moxi Xosa sanatoriyasi” 200126
Buxoro shahri, Moxi Xosa dahasi, shifokorlar ko’chasi 1-uy
Telefon: (0-365) 228-50-66, 228-50-26, 228-50-88 

"XONQA” sanatoriyasi 
 "XONQA” sanatoriyasi zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida bunyod qilingan, Amudaryo qirg’og’iga yaqinjoylashgan balneologik kurort. Uch qavatdan iborat bo’lgan yotoq, davolash va oshxona majmuasi bir-biriga tutashgan bo’lib, davolanuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
 Yurak qon-tomir, asab tizimi, ginekologik, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillar mavjud. Yod, brom va boshqa ko’pgina minerallarga boy madanli suvlar ichish va vannalar berish uchun qo’llaniladi.
Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar, fizioterapiya, lazeroterapiya, davolash jismoniy tarbiya, uqalash, ignarefleksoterapiya va parhez ovqatlanish sizning sog’ligingizni tiklash uchun qo’llaniladi. 
 Alohida loyiha bo’yicha bunyod qilingan qishki bog’da turli xil subtropik gullar va daraxtlar atrofga anvoyi xidlar taratib, tovlanib turipti. Bunday xolat dam oluvhcilarni o’ziga maftun etadi va kayfiyatni ko’taradi. Sizning xizmatingizda katta va yorug’ oshxona, kutubxona, sport maydonchasi, pochta. Qadimiy Xiva shahriga sayohatlar uyushtiriladi.
Manzil: "Xonqa sanatoriyasi” MCHJ 220810
Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirqyop qishlog’i
Telefon: (0-36239) 91-5-86

"QASHQADARYO SOHILI” sanatoriyasi
 "QASHQADARYO SOHILI” sanatoriyasi Qarshi shahrida, Qashqadaryo vohasidagi so’lim joylardan biri bo’lgan Qashqadaryo daryosining soxilida, dengiz satxidan 600 metr balandlikda joylashgan, iqlimiy balneologik sihatgohdir.
  Musaffo havo surunkali buyrak, yurak, qon-tomir, tayanch-harakat a’zolari, asab, ovqat xazm qilish a’zolari va ginekologik kasalliklarni davolashda muhim omildir.
  Tashxis qo’yishda zamonaviy kompyuterli ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, endoskopiya, klinik va bioximik laboratoriya, nevropatolog, gastroentrolog, kardiolog, stomatolog, ginekolog, okulist, urolog shifokorlari faoliyat ko’rsatadilar.
  Davolashda musaffo havo, quyosh vannalari, shifobaxsh balchiq, ozokerit-parafin, madanlivannalar, dushlar, basseyn, sauna, davolash jismoniy tarbiya, igna-refleksoterapiya, uqalash, psixoterapiya, yuqori va past kuchlanishli toklar, lazeroterapiya, duodenal zondlash va ichaklarni yuvosh, parhez ovqatlanish kabi usullardan foydalaniladi.
  1100-1130 metr chuqurlikdan termal kam minerallashgan, tarkibida xlorid-sulfat kaltsiy natriyli organik moddalarga boy suv davolash jarayonida keng qo’llaniladi.
Manzil: "Qashqadaryo sohili sanatoriyasi” 180104
Qarshi shahri, N.Mirzayev ko’chasi, 12-uy
Telefon: (0-37522) 6-17-26 (Qarshi)

HAVOTOG` GULSHANI sanatoriyasi
  Sanatoriy - harakat-tayanch, yurak qon-tomir va nevrologik kasalliklarga chalingan dam oluvchilarni sog`lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Tabiiy davolash omillari - brom va boshqa mikroelementlarga boy termal mineral suvdan iborat. 
Manzil: Jizzax viloyati Yangiobod tumani Changiovul qishlog`i.
Теlefon: +99894 918-06-03; e-mail: sihatgoh_havotog@mail.ru

TERMIZ MARVARIDI sanatoriyasi
 Mazkur sanatoriya - harakat-tayanch tizimi, kardiologik, nevrologik, ginekologik, urologik kasalliklarga chalingan dam oluvchilarni sog`lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Asosiy davo usullari: kuchli oltingugurtli va yodobromli ma’danli suv, tabiiy qum. 
 Geleoterapiya - «bunda quyosh nurlari bilan davolash-terlashni kuchaytirish natijasida buyrak faoliyati yengillashadi, o’zini his qilish yaxshilanadi, tetiklik paydo bo’ladi, ishchanlik oshadi, qon tarkibi yaxshilanadi, organizmni vitamin D bilan ta’minlaydi, kasallik qo’zg`atuvchi mikroblarni o’ldiradi.
Manzil: 191200, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, "Uchqizil" QFY.
Telefon: (0-376-36)  32-126; faks: (0-376-36) 32-026;

e-mail: sihatgoh_termiz@mail.ru 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.