«Xatirchi» atamasi ma`nosini bilasizmi? 

13 090

  «Xatirchi»  atamasining  adabiy-badiiy  manbalarda  ilk  bor  uchrashi, bundan qariyb  300  yildan  ortiq  muqaddam  yashagan  Boborahim  Mashrabning  1697-1709-yillar  orasida  Xatirchida  bo`lishi  va  bu  yerda  «avliyo  Gadoy  Selkin  ota  maqbarasini  ziyorat  qilishi»  tilga  olingan.
  «…-Sen bilmasang  men  aytay  Miyonqol! Qovunning  shirini,  uzumning  sarasi  shu  vodiyda  yetiladur. Qoradaryo  bilan  Oqdaryo  oralig`idagi  bu  vodiyning  tuprog`i   uzoqdagi  tog`lar  va  cho`llardan  uchib  kelgan  gardlardan  hosil  bo`lgan»
 «Ana  shu  oraliq  nihoyatda  obod, sersuv  ekinzor  bo`lib,  bu  yerda  Xatirchi, Payshanba, Qal`ai  Dabusiya  kabi  ko`pgina  qishloq  hamda  shaharlar  bo`lgan.»
 Navoiy viloyati Xatirchi  tumani  markazida  yashab  o`tgan, uning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  faol  ishtirok  etgan  shaxslardan  biri,  marhum  Mirzaazim  Abduqodirovning  shaxsiy  arxividan  chiqqan  bir  xujjatda  Xatirchining  nomlanishi  1677  milodiy  yildan  boshlanadi.
 Abdurazzoq  xo`ja ibn  Abdivahhob  xo`ja  Badr  ota  tomonidan  tijorat  ishlari,  savdo-sotiq  va  bozor  munosabatlari  qonun-qoidalariga  bag`ishlab  hijriy  1277-78-(milodiy 1861-62)  yillarda  yozilgan  «Kitobi  bay`ya»  asarida  o`zlari  tug`ilgan  yerni  «joyi  mavludash  qishlog`i  Qoracha  az  sho`bai  Xatirchigi  bexatar»  deb  tilga  olgan.  Bundan  tashqari  keksa  kishilarning  og`zaki  hikoyalariga  asoslanib,  ba`zi  bir  tarixiy  voqealarga  asoslanib  shuni  dalil  qilib  aytish  mumkinki,  bu  nom- «Xatarchi»-  «Xatarli»  so`zining  davrlar  o`tishi  bilan  talaffuz  tarzining  o`zgarishi  tufayli  hozirgi  holatga  yetib  kelgan  ko`rinishidir.
  Birinchidan,  bir  vaqtlar  tuman  markazining  janubiy  tomonlari  botqoqlik,  qamishzor,  to`qayzor  hamda  chakalakzorlar  bo`lib,  unda  yovvoyi  hayvonlardan  to`ng`iz, bo`ri, tulki, to`qay  mushugi, qoplon  va  hatto  Turkiston  yo`lbarsi  ham  uchrashi  mumkin  bo`lgan.  
  Ikkinchidan,  ba`zi  yillari  bahor  erta  va issiq  kelib,  qor  va  muzlarning  tez  va  ko`plab  erishi  oqibatida  Oqdaryo  va  Qoradaryoda  suv  toshqinlari  bo`lib,  ikki  daryo  qo`shilish  joyi  o`zanini  o`zgartirib,  ko`p  joylarga  suv  bosish  xavf-xatari  borligi  tahlikasini  solib  tirgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1

  • Jakhongir Toshmanov
    Jakhongir Toshmanov
    18:36 | iyun 06, 2019
    Xatirchi hududida rossiya bosqini davrlarida (albatta bu taxmin) rossiya askarlariga qarshi kurash maqsadida bu yerga muxolifatchi kuchlar yiĝilgan. Ular shu hududdagilarga ham rossiyaga qarshi kurashga da'vat etishgan, bòysunmaganlarni esa qatl etishgan va bu yer xatarli,xatarchi deb aytib òtilgan.(bu Xatirchi nomi uchun).