Yuklanmoqda...

Ob-havoning mahalliy belgilari 

1182

  •  Agar yog’ingarchilik tinib shamol pasaya borsa va bulutlar miqdori kamaya borsa havoning ochilib ketishini hamda quriq bo’lishini kutish mumkin. Bunday hollarda yozda havoning isib borishi, qishda esa sovub borishi kuzatiladi.
  • Agar havo kechasi ochiq bo’lsa-yu, ertalab soat 10 larga yaqin osmonda to’p-to’p yengil bulutlar paydo bo’lsa va ular kunduzi soat 2-3 gacha kattalashib, kechqurun yo’qolsa, bu yaxshi ob-havoning saqlanib turishini ko’rsatadi.
  • Chuqur va pastak joylarda kechqurun hamda kechasi tuman tushib, uning Quyosh chiqqanidan keyin tarqalib ketishi havoning ochiq bo’lishini ko’rsatadi.
  • Kechasi havo tinch bo’lib, ertalab esa shamol boshlasa va u tushga yaqin kuchayib, kechqurun pasaysa, bu havoning bir necha kungacha ochiq va quruq bo’lishini ko’rsatadi.
  • Qish kunlari havo ochilib ketgandan keyin kundan-kunga sovuq bo’la boshlasa, havo uzoq vaqtgacha ochiq bo’ladi.
  • Ob-havoning ochiq yoki kam bulutli bo’lishini osmonning rangiga qarab ham bilsa bo’ladi. Quyosh botganda keyin tamomila tiniq osmonning g’arb tomonida chegarasi aniq bo’lmagan kumushdan shafaqning ko’rinishi ochiq havoning saqlanib turishini ko’rsatuvchi ishonchli belgi bo’la oladi.
  • Ertalab turganingizda ko’p shudring yoki qirov tushganini ko’rsangiz, havoning ochiq bo’lishini kutsangiz bo’ladi.
  • Yilning ochiq va issiq kunlarida ertalab Quyosh chiqqandandan keyin  osmonda  yuqori  to’p-to’p  bulut  hosil  bo’lib, u tez  kattalasha  boshlasa va  baland  paxta  xirmoni  shaklini  olsa kechga  yaqin  momaqaldiroq  bo’lib, jala  quyishini  kutish    
  • Sovuq front  o’tayotgan  joyda ham momaqaldiroq bo’lib jala  quyishi  Bu  holda  yaxshi  ochiq  havo  o’rnini  tezda  sovuqroq havo egallaydi, shamol  kuchaya  boradi, ufq  tomondan  to’p-to’p  yomg’irli  bulutlar kela  boshlaydi.Shunda  momaqaldiroq  bo’lib, kuchli  yomg’ir-jala  quyishini  kutish kerak. Bunday  yomg’irlar  ayrim  hollarda  do’l  aralash  yog’adi.
  • Sovuq front  o’tib  ketgandan  keyin  hova  ochilib  ketishi  Biroq, aksariyat  bahor  kezlari undan  keyin  bulutli  va  yomg’irli  o’zgaruvchan  ob-havo  vujudga  keladi.
  • Kunduzi momaqaldiroq  kuzatilsa, lekin kechki  shafaq  zarhal  rangli  bo’lsa,  kechasi  yomg’ir  yog’masligi 
  • Ertalabki shafaq  qizil  rangli bo’lsa va  botayotgan  Quyosh  qizg’ish  ko’rinsa  kechasi  momaqaldiroq   bo’lishini  kutish kerak.
  • Juda baland  patsimon  bulutlarning  yulunganday  va  qimirlamay  osilib  turganday  ko’rinishi   havoning  yaqin  orada  aynimasligidan  darak  beruvchi  belgi  bo’la 
  • Agar qishda kunduzi  havo  ochiq  bo’lib, kechqurun  shamol  esmagan vaqtda  osmonni past bulutlar  qatlami  qoplasa, sovuqning  tez orada bosilmasligini  kutish 
  • Agar kechasi shamol  tog’dan  vodiyga va kunduzi  vodiydan  toqqa  qarab  essa, vodiyda  havoning  ochiq  bo’lishini  kutish 
  • Shamolning kunduziyam, kechasiyam  vodiydan  toqqa  qarab  esishi  havoning aynishidan  darak 
  • Agar moridan yoki gulxandan  chiqayotgan  tutun osmonga  ko’tarilib ketsa, havo  ochilib 
  • Agar tutun  yer  bag’irlab  ketsa, tez  orada  havo 
  • Agar qaldirg’och osmonga  baland  parvoz  qilayotgan  bo’lsa, havo  ochiq  bo’ladi,  mobado u yer  ba’g’irlab uchayotgan  bo’lsa havo  ayniy 
  • Agar Quyosh  qora  bulutlar orasiga  botsa, yog’ingarchilik  bo’ladi.
  • Agar Quyosh botishdagi  shafaq, tilla-sarg’ish bo’lsa, ertasiga havo  ochiq  bo’ladi.
  • Agar kecha-kunduz davomida havo harorati kam  o’zgarsa, havo 
  • Agar shamol g’arbdan  essa, yog’ingarchilik bo’ladi, shimoldan essa kun  soviy  boshlaydi, janubdan essa kunlar isib ketadi.
  • Turnalar barvaqt uchib kelsa bahor odatdagidan erta boshlanadi. Turnalkar raqsga tushsa kun isiydi, ular qichqirsa yomfg`ir yog`adi.Agar kuzda baland uchsa kuz davom etishi tabiiydir.
  • Boyqush chinqirsa, qarg`a hurpayib olsa,bilingki, yomg`ir yog`adi, agar shamol esayotgan tomonga qarab qag`illasa, yoz seryomg`ir, qishda shamol ko`p bo`ladi.
  • Tovuqlar erta kuzdan tullay boshlasa qish iliq keladi. Agar yomg`ir vaqtida tovuqlar ochiqda donlashda davom etsa bilingki yomg`ir uzoq davom etadi. Yog`ingarchilik oldidan tovuqlar tuproqqa ag`anab, qanotini qoqaveradi.
  • Xo`rozning kechki payt, ya’ni bemalol qichqirishi ob-havo o`zgarishidan dalolatdir.
  • O`rdak va g`ozlar tumshuqlarini qanotlari ostiga berkitishsa sovuq bo`lishini bildiradi.
  • O`rdaklarning qanot qoqib patlarini tozalashi yomg`irdan darak beradi.
  • Qaldirg`ochlar yomg`ir oldidan pastlab ucha boshlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash