Ko`llar qanday hosil bo`ladi? 

8 391

Ko’llar dengizlardan olisda joylashgan, Yer yuzasidagi botiqliklarni to’ldirgan suv havzalaridir. Bu botiqliklar basseynlar deb ataladi.

Ko’llar suvning past joylarga oqib, to’planishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’llar suvining asosiy qismini yomg’ir va erigan qor suvlari tashkil etadi. Suv basseynga jilg’alar, katta-kichik daryolarning quyilishi, sizib chiqadigan buloqlar va yer osti suvlaridan hosil bo’ladi.

Ko’l basseynlari bir necha usul yordamida vujudga keladi. Ayrim ko’llar Yer po’stlog’ining shikastlanishi va darz ketishi natijasidir. Shimoliy Amerikadagi Yuqori Ko’l shu tariqa paydo bo’lgan.

Ba'zan ko’llar vulqonlar yordamida vujudga keladi. Lava oqimi suvning vodiyga yo’lini to’sib qo’yishi va basseyn hosil qilishi mumkin. Ba'zida so’nib qolgan vulqon krateriga suv to’lib qoladi. Oregon shtatining janubiy qismidagi krater ko’li shunday bunyodga kelgan. Ko’pgina ko’llar muzliklar eroziyasi (erishi) tufayli hosil bo’lgan basseynlarni egallab yotibdi. Kanadadagi Yuqori ko’l va Vinnepeg ko’lidan tashqari barcha ko’llar muzliklardan hosil bo’lgan.

Sohil bo’ylarida to’lqinlar va qirg’oq bo’yi oqimlari ensiz dengiz ko’rfazlarini dengizdan to’sib qo’yadi hamda daryo etagi va ko’rfazlardan ko’l hosil qiladi. Ba'zan daryoning bosh oqimi toshqin paytida tuproq va balchiqni yig’ib, o’ziga vodiy hosil qiladi. Natijada irmoqlar vodiysi to’lishidan ko’llar paydo bo’ladi.

Tuproq ostida ohaktosh bo’lgan joylarni suv eritib, yuvib ketadi. Oqibatda ko’llar basseyni uchun katta joy ochiladi. Florida shtatida bunday ko’llar anchagina.
 
Ko’llar sun'iy ravishda ham hosil bo’lishi mumkin. Agar daryoning yo’li damba bilan to’silsa, u suv oqimini bo’g’ib qo’yadi va ko’l hosil bo’ladi. Bunday ko’llarga O’zbekistondagi ko’plab suv omborlarini misol qilib keltirish mumkin. Mid ko’li Kolorado daryosiga Guver dambasi qurish natijasida vujudga kelgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.