Yuklanmoqda...

Niagara sharsharasi qanday paydo bo`lgan? 

1273

Niagara sharsharasi qanday paydo bo`lgan?

 

 Niagara sharsharasi Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosida joylashgan. Niagara daryosi Eri ko’liga quyiladi va to’rtta Buyuk Ko’lni Ontario ko’li bilan bog’laydi. Daryo yo’lining 58-kilometri o’rtalarida tez oqim birdan uziladi va baland qoyadan sharshara bo’lib pastga oqadi. Bu Niagara sharsharasidir. U ikkita: Kanada va Amerika sharsharalaridan tarkib topgan. Niagara daryosi suvining 94% tik Kanada sharsharasi orqali pastga oqib tushadi.
 Geologlarning fikricha, Niagara sharsharasi ancha yosh. U bundan, taxminan, 10-15 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Muz davrida hozirgi Niagara o’rnini muz qoplab olgan. Muzliklar erib, Eri ko’li hosil bo’lgan. Undan bir dare oqib chiqib, kulning suvlarini shimolga olib ketgan.
 Daryo oqimi bir qoyaga yetib boradi. Kalin ohaktosh qatlami bilan qoplangan bu qoya Niagara sharsharasini hosil qiladi. Keyinchalik sharshara suvi daryo o’zanini chuqurlashtirib yuborgan. Suvning tushish balandligi o’rtacha 50 metrdir.
 Niagara sharsharasi haqidagi ilk ma'lumotlar 1697 yili paydo bo’lgan. Bu haqda fransuz tadqiqotchisi va missioneri avliyo Luis Xennepen yozib qoldirgan. U ilk marta sharsharani 1678 yili Soyr de la Sall bilan Yangi Duneta safari chogida ko’rgan edi.

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash