Dunyodagi eng katta sharsharalarni bilasizmi? 

1960

Dunyodagi eng katta sharsharalarni bilasizmi? Sharshara yuksaklikdan pastga oqib tushadigan suv oqimidir. Agar suv hajmi oz bo’lsa, sharshara «kaskad», ko’p bo’lsa, «katarakt» deb ataladi.
 Ayrim sharsharalar yuz metrlab balandlikdan yaxlit va ensiz oqim bo’lib pastga tushadi. Boshqalari esa kamardan oshib o’tadigai suvning mo’lligi va enliligi bilan mashhur. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqaylik. Venesuelaning Gviana tog’laridagi Anxel sharsharalari dunyodagi eng katta (980 metr) va uzun uzluksiz tushum (807 metr) ga ega. Sharsharalarni 1935 yili amerikalik uchuvchi Jeyms Eynjel kashf etgan.
 Osiyodagi eng katta sharshara Hindistondagi Gersoppa sharsharasidir. Bu katarakt umumiy uzunligi 252 metr bo’lgan to’rtta kamardan oqib tushadi.  
 Suvi eng ko’p katarakt Braziliya va Paragvay chegarasidagi Guayra sharsharasidir. Undan har sekundda 13 309 kub metr suv tushadi. Guayra umumiy suv tushumining uzunligi 60 metr bo’lgan 18 ta bo’lak-bo’lak sharsharadan iborat.  
  Dunyodagi eng baland sharsharalardan biri Kaliforniyaning Yosim Milliy bog’idagi Ribbon sharsharasidir. Bu ensiz suv oqimi Mersed daryosiga 490 metr balandlikdan tushadi.  
 Dunyodagi ikkinchi katta sharshara Janubiy Afrikadan topilgan. Bu Tugela sharsharasidir. U 853 metr balandlikdan besh bosqichda oqib tushadi.  
  Eng mashhur sharshara esa Niagara sharsharasidir. U Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridan 25 km uzoqlikda oqib o’tadigan Niagara daryosidadir. U ikkita katarakt: Taqa (Kanada) va Amerika sharsharalaridan tashkil topgan. Amerika Qo’shma Shtatlari va Kanada o’rtasidagi chegara Taqa sharsharasining markazidan o’tadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash