O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif 

5302

O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif

 Viloyatlarimizga har qancha ta’rif berilsa kam. Quyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz poytaxti, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bergan ta’riflari bilan tanishasiz.  

  • Toshkent – Sharq darvozasi, deb nom olgan, ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy mavqega ega bo’lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo salohiyati yuksak ravnaq topgan, butun jahon miqyosida tan olingan mamlakatimizning bosh shahridir.  
  • Buxoro qadim— qadimdan sheryurak bahodirlar, mard pahlavonlar yurti bo’lib kelgan. Bugun dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan o’zbek milliy kurashining vatani ham shu zamindir.  
  • Surxon vohasi haqida gap borar ekan, avvalombor, bir tomoni archazor tog`lar, bir tomoni bepoyon dalalardan iborat go’zal, quyoshli bir o’lka, shu o’lkada yashayotgan, o’zining kuch-qudratiga ishongan, o’ziga to’q el-yurt ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Mana shu go’zal, har tomonlama betakror yurtda yashaydigan mehnatkash, bag`rikeng xalqni, ochiq ko’ngil, qalbi qaynoq odamlarni tasavvur etamiz. 
  • Toshkent viloyati deganda, ko’z oldimizda Chotqol, O’g`am, Chimyon kabi tog`lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so’lim bog`-rog`lari bo’lgan go’zal bir voha namoyon bo’ladi. 
  • Qashqadaryo – mamlakatmizning ko’p-ko’p tabiiy zaxiralari joylashgan hududlaridan biri, ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan makondir. Va o’z yurtini obod etib, shu vohaga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur insonlar Vatanidir. 
  • Samarqand – xalqimiz, millatimiz dovrug`ini butun dunyoga taratgan, ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir. 
  • Navoiy viloyati deganda, bu go’zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho’li va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi.
  • Sirdaryo tarixi – xalqimiz tarixining uzviy bir qismi sifatida uzoq va qadimiydir. 
  • Andijon deganda, ko’z o’ngimizda buyuk inson, ulkan shoir va mutafakkir, davlat arbobi, temuriylar avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur gavdalanadi. 
  • Farg`ona viloyati respublikamizning tayanch tog`laridan biri hisoblanadi. 
  • Namangan xalqi o’ziga xos xususiyatlarini, o’z tarixi, an’ana va urf-odatlarini, betakror shevasini asrlar mobaynida saqlab kelmoqda. Bu xalq o’zining mehnatsevarligi, odamiyligi, xushmuomalasi, mehr-oqibati bilan kishida havas uyg`otadi. Namanganliklar hatto murg`ak farzandini ham "sen” demaydi.
  • Jizzax vohasining go’zal va betakror go’shalarini, Baxmal va Zomin manzaralarini, Forishning baland tog`larini bir bor ko’rgan kishi, bu joylarga maftun bo’lib qolishi muqarrar. 
  • O’zbekistonning istiqboli –  Qoraqalpog`istonning istiqboli, Qoraqalpog`istonning istiqboli – O’zbekistonning istiqboli, desak xato bo’lmaydi. 
  • Xorazmning shonli tarixi bizda o’tmish merosimiz bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg`usini uyg`otadi. Chunki Xorazm tarixi o’zbek davlatchilik tarixining uzviy qismidir, uning qudrati va qadimiyligi timsolidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1

  • Begashev Xushvaqt Nimatullayevich
    Begashev Xushvaqt Nimatullayevich
    08:50 | noy 15, 2016
    O'zbekistonimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Respublikamiz har bir hududlariga berilgan ta'rif bevosita shu hududning yuzini ko'rsatadi va tahsinga sazovor. O'zbek diyori doimo gullab yashnasin.
    Islom Karimov va boshqa o'tgan ota-bobolarimiz oxiratlari obod bo'lsin, ruhlari doimo yurtimizni, farzandlarimizni o'z panohida asrasin!

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash