Yerning yana qaysi qismlarida zilzila sodir bo‘lishi mumkin? 

743

6–7 fevral kunlari Turkiyaning janubi-sharqi va Suriyaning shimoli-g‘arbida vayronkor zilzilalar sodir bo‘ldi. Rixter shkalasi bo‘yicha 7,8 magnitudali asosiy silkinishdan tashqari, Gaziantep atrofidagi zilziladan vayron bo‘lgan hududda 5,0 dan 7,5 ballgacha bo‘lgan 20 dan ortiq zilzila qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni Turkiya va qo‘shni Suriyada jami 45 ming kishidan oshdi.

Turkiya-Suriya zilzilasi va boshqa barcha zilzilalar sababi plitalar tektonikasi fenomeni, ya’ni Yer mantiyasini tashkil etuvchi plitalarning kontinental siljishi hisoblanadi. Yuqoridagi grafikdan ko‘rinib turibdiki, bunday plitalardan bir nechtasi Turkiyada uchraydi, bu esa jiddiy zilzilalar xavfini sezilarli darajada oshiradi. Eng muhimi, Turkiyadagi ba’zi plitalar konvergent tarzda harakat qiladi, ya’ni ular bir-biriga yaqinlashadi, bu esa plitalar bir-biridan ajralib turadigan joylarga qaraganda katta zilzilalar ehtimolini oshiradi.


Yuqoridagi xaritada yerning harakatdagi plitalari joylashgan hududlar, ya’ni zilzila sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nuqtalar bilan tanishishingiz mumkin. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.