O‘zbekistonning Global tinchlik indeksidagi o‘rni ma’lum qilindi 

1 539

O‘zbekiston oxirgi 10 yil ichida tinchlik indeksida 30 pog‘ona yuqorilagan. 2011-yilda O‘zbekiston 120-o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib 90-o‘ringa chiqib olgan.

Global tinchlik indeksi 9 yildan buyon yomonlashishda davom etmoqda, biroq bu indeks tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich (0,07 foiz) hisoblanadi. 2021-yil natijalariga ko‘ra, Islandiya dunyodagi eng tinch mamlakat deb topildi. U bu natijani 2008-yildan beri takrorlab kelmoqda. Undan keying o‘rinlarda Yangi Zelandiya va Daniya joylashgan. Dunyodagi eng notinch nuqta maqomi Afg‘onistonga tegishligicha qolmoqda. Bundan tashqari, reytingdagi eng tinch 10 ta mamlakatning 8 tasi Yevropada joylashgan. Bu fakt Yevropani dunyodagi eng tinch materik ekanini anglatadi.

Ma’lumot uchun, Global tinchlik indeksi 3 ta asosiy shartlarga qarab belgilanadi. Bular ijtimoiy xavfsizlik, ichki urushlar va harbiylarning hukumatdagi o‘rni. Indeks butun dunyoning 99,7 foizni qamrab oladi. 

Qayd etilishicha, pandemiya dunyodagi tinchlikka sezilarli ta’sir o‘tkazgan. Xususan, 158 ta mamlakat ichida 5000 dan ortiq koronavirus sabab yuzaga kelgan namoyishlar o‘tkazilgan. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.