Nima uchun AQSh hamda Kanada chegaralari tekis? 

2 946

 
AQSh va Kanada chegarachilar va harbiylar shart bo'lmagan dunyodagi chegaradosh davlatlardan biri hisoblanadi.
 
AQSh va Kanada o'rtasidagi chegara hayratlanarli tarzda barobardir. Dunyoning biron bir davlatlari orasida bunday chegara mutanosibligi uchramaydi. Shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ushbu davlatlar chegara bilan bog'liq muammolarni to'liq bartaraf qilib bo'lgan.
 
XV asr oxiridan boshlab ispan kemalari Amerika qit'asini evropaliklar uchun qayta kashf qilib kelgan. Shimoliy Amerikaga asosan porloq kelajak umididagi qochoqlar, qashshoqlar va boyish istagida bo'lgan evropaliklar kela boshlagan. Ispanlar hozirgi Meksika hududi va uning janubiy sarhadlarini ishg'ol qilgan bo'lib, Shimoliy Amerikaning qolgan qismini inglizlar va frantsuzlar o'z ta'sir doiralari ostiga olgan.
 
 
XVIII asr oxiri, ya'ni, Britaniya imperiyasidan mustaqil AQSh davlati ajralib chiqishiga qaramay, Kanada bilan o'zaro chegaralari mutanosiligida, farq keltirib chiqarmagan. Har ikki davlat ham Britaniya imperiyasidan ajralib chiqqan bo'lib, Kanadaning ayrim provintsiyalarida oz sonli frantsuzlar mavjud bo'lgan. Lekin janubiy mintaqalar ayirmachilik kayfiyatida bo'lgani sabab shimoliy hududlar (hozirgi Kanada) da monarxiya tarafdorlari o'z ta'sir doiralarini saqlab qolgan. Mustaqillik uchun bo'lgan urush davrida AQSh mustaqilligini saqlab qolgan, Kanada esa imperiya mustamlakasiga aylantirilgan.
 
1783-yilgi Parij tinchlik sulhi natijasida, ikki davlat chegaralari aniqlashtirib olingan. Bu chegara mustaqil AQSh va Shimoliy Amerikadagi Britaniya mustamlakasi o'rtasida bo'lgan. Shundan so'ng AQSh o'zini yangi millat – amerikalik deb e'lon qiladi, garchi etnik jihatdan ingliz va qo'shni kanadaliklar kabi ingliz tilida so'zlashuvchi xalqlar bo'lsa ham.
 
Bu esa mamlakatlar o'rtasidagi vaziyatni keskinlashtirib, qurolli mojarolarga sabab bo'lgan. Oxir-oqibat 1818 yildagi anglo-amerika konventsiyasi imzolanishi bilan, bahsli vaziyatga barham berilgan. Tomonlar 49 parallel bo'yicha suv va quruqlikdan chegaralarini aniqlashtirib olgan. Chegara Era ko'lidan boshlab sharqiy tog'lar va g'arbiy sarhadlarga qadar 49 gradus shimoliy kenglik bo'ylab tekis chegara chiziqlarini yuzaga keltirgan.
 
Bugungi kunda AQSh va Kanada chegarachilar va harbiylar shart bo'lmagan dunyodagi chegaradosh davlatlardan biri hisoblanadi. Yaxshi qo'shnichilik munosabatlari chegara ustunlari, qo'riqlash va nazorat-o'tish punktlari o'rnatishga zaruriyat tug'dirmadi.
 
Ulkan transport yuk tranzitlari uchun bojxona nazorati o'rnatilgan. Lekin muhim emas, chunki ikki davlat mahalliy aholisi sarhadlardan bemalol o'tishlari mumkin. Shuni ham aytish mumkinki, sayyohlar tomonidan davlatlarning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida ko'ngilsiz xolatlar ham uchrab turadi.
Sanjar Jo'ra
Manba:qalampir.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.