Antiqa festivallar 

6 488

Konaki Sumo (Yaponiya).                          
 "Ko’z yoshlar sumosi"’ deb tarjima qilinadigan ushbu festival Yaponiyada qariiyb 4 asrdan buyon nishonlanib kelinadi. Ushbu bayram har yili Aprel oyida Tokyoda nishonlanib, unda 100 ga yaqin kichkintoylar g’oliblik uchun bellashadilar. Ushbu musobaqada ikkita bolakay bir biriga yuzlashtiriladi va eng birinchi yig’lashni boshlagani g’olib hisoblanadi. Agar kichkintoylar birvarakayiga yig’lashni boshlab yuborsalar, balandroq ovozda yig’lagani go’lib hisoblanadi.

Holi-Ranglar Festivali (Hindiston).      
  Afsonaga ko‘ra, shu kuni Holika ismli iblis gulxanda yondirilgan ekan. Oy to‘lganida ikki kun mobaynida nishonlanadigan bu bayramda har joylarda gulxan yoqilib, yovuz kuchlar quviladi. Odamlar ko‘chaga chiqib bir-biriga bo‘yoqli: qizil, yashil, ko‘k, sarig‘ suvlar shuningdek, rang kukunini sepishadi. Rang-barang ko‘chalar, rangli odamlar, kuy-qo‘shiq, bu kunlarning fayzi boshqacha bo‘ladi. Bu hududlarda bahor ob-havosi tez-tez o‘zgaravergani tufayli gripp kasalligi katta tahdid soladi. Shuning uhun ham mahalliy shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, otish uchun mo‘ljallangan bo‘yoqlar tarkibiga shamollashga qarshi ishlatiladigan mahalliy dorivor giyohlarni aralashtiriladi. Oqibatda quvnoq ranglar festivali odamlarni davolashdek ezgu ishni ham amalga oshiradi.

Maymunlar ziyofati (Hindiston).        
 Hindistonda har yili "Ramayan‘‘ dostoni qahramoni Ramanning o’n boshli yovuz shoh Ravanga qarshi kurashida yordam bergan maymunlar podshosi Xonumonga bag’ishlangan festival o’tkaziladi. Tashkilotchilar yuzlab maymunlarni to’ygunicha mehmon qilish uchun uch tonnadan oshiq meva va sabzavotlar hozirlashadi.

Olov festivali (Shotlandiya).                
  Vikinglarning o’tmishdaig shon-shuhratiga bag’ishlangan Olov festivali-Up Helly-AA ning rasmiy nomi End oft he Holy Days(Muqaddas kunlarning yakuni) bo’lib, u har yili qish o’rtasida, Yangi yil bayramlari tugaganidan so’ng o’tkaziladi. Festivalda minglab "vikinglar" va ayol kiyimini kiygan erkaklar ishitirok etishadi. Bayram eng avjiga chiqqanida vikinglar kemasining o’n  metrlik nusxasi yoqib yuboriladi.

Pishloq dumalatish musobaqasi (Angliya).  
  O’t bosgan tik tog‘ yonbag’ridan g’izillab dumalab tushayotgan ikki kilogrammli pishloq boshxhasi ortidan yugurish ko’pincha ishtirokchilarga jarohat yetkazishi bilan tugaydi, shu sababli ham politsiya bu festivalni o’tkazishni taqiqlagan. Ammo asablarni bir oz qitiqlab olish istagi kuchliroq bo’lgan odamlar yugurishlar o’tkaziladigan joylarni tinmay o’zgartirib turishadi. Tik yonbag’irdan dumalab tushayotgan pishloqning tezligi soatiga yuz kilometrgacha yetadi va ishtirokchilar qanchalik urinmasinlar, uni aslo tutib olisholmaydi. Shu tufayli ham boshqalardan oldinroq tog‘ etagiga yetib kelgan odam g’olib hisoblanib, pishloqning egasi bo’ladi.

Baliq otish festivali (Avstraliya).    
 Avstraliya mustaqilligi kuni - 26-yanvarda Port-Linkolnda qiziq manzara namoyon bo’ladi. 1962-yili ilk bora bunday tadbir o’tkazilishidan maqsad bu hududda tunes balig’ini ovlashga investitsiyalarni jalb qilishdan iborat bo’lgandi. Hozirda paytda esa ushbu baliqni ovlash Avstraliyadagi nisbatan eng rivojlangan sohalardan biri hisoblanadi va festival o’tkaziladigan joy yaqinida qitadagi eng katta konserva zavodi joylashgan. Baliq otish festivalining rekordichisi to’qmoq uloqtirish bo’yicha sobiq Olimpiada chempioni Shon Karlin bo’lib, u 1998 yili baliqni 37 metrga ota olgan.

Pomidorlar bayrami (Ispaniya).            
 Avgust oxirida Bunol shahrida pomidorlar bayrami - La Tomatina o’tkaziladi. Shaharning minglab aholisi bir soat mobaynida o’z yaqin-atrofidagi odamlarni pomidor bilan nihsonga oladi yoki ko’chalarni qoplab oladigan pomidor sharbatida cho’milishga urinadi. Odamlarning har biriga bir necha kilogramm pomidor to’gri keladi, shu tufayli ham bu "jang" paytida nimalar yuz berishini tasavvur qilish qiyin emas. Qoidaga ko’ra, festival ishtirokchilarining o’zaro janjallashishi mumkin emas, shu sababli festival tinchgina o’tadi. Bu tadbir har yili minglab sayyohlarni o’ziga jalb etadi.

  Buqalar bilan yugurish festivali
 Portugaliya, Meksika va Ispaniyaning bir necha shaharlarida keng nishonalandigan festival bo’lib, uning eng mashxuri har yili iyul oyida Ispaniyaning Pamplona shaharchasida bo’lib o’tadi. Ushbu festivalda 10 larcha buqa qo’yib yuboriladi va shahar ko’chalari bo’ylab yuragida o’ti borlar ularni oldiga tushib yuguradilar. Ushbu festival havfliligi bilan ham ajralib turadi. Turli shaharlarda o’tkazilgan ushbu festivalda har yili 200-300 odam turli darajada jarohat oladi va kamdan kam hollarda ushbu jarohatlar o’ta jiddiy bo’lib, ba’zida o’lim bilan yakunlangan paytlar ham bo’lgan. 1910-yildan beri ushbu festival 15 kishining umriga zomin bo’lgan ekan.

Suv sepish festivali (Tailand)
 Tailandda Yangi Yil bayrami boshqacha nishonaladi. Ushbu bayram aprel oyinda nishonlanib, butun mamlakat boylab bir biriga suv sepish festivali bo’lib o’tadi. Ushbu bayramda ba’zilar suv avtomat o’yinchoqlari, ba’zilar chelak va hatto fildan ham foydalanadilar.

Balchiq urush festivali (Janubiy Koreya) 
 Janubiy Koreyaning Boryeong shahrida har yili xalqaro Balchiq Urushi festivali bo’lib otadi. Ushbu tadbirning kelib chiqishi mahalliy kosmetika kompaniyasiga borib taqaladi.Ushbu kompaniya maxsulotlarida mineralga boy balchiqdan foydalanadi va reklama maqsadida ushbu balchiq urushi tadbirini o'tkazadi. Keyinchalik u millionlab turistlarni jalb qiluvchi xalqaro tadbirga aylanadi. 

Baliq ovlash festivali (Nigeriya)
 Har yili Nigeriyaning Argungu shaharchasida baliq ovlash festivali bo’lib otadi. Ushbu festivalda qo’l bilan eng katta baliqni ushlay olgan kishi g’olib deb topiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.