Yuklanmoqda...

Eronliklar oldida bosh barmog`ingizni ko’tara ko’rmang… 

812

Eronliklar oldida bosh barmog`ingizni ko’tara ko’rmang…1. Eronliklar oldida bosh barmog`ingizni ko’tara ko’rmang…
Buyuk Britaniyada bu odat xuddi bizdagidek «hammasi yaxshi, joyida» degan mazmunni ifodalaydi. Eronda esa aksincha, bordiyu siz biror eronlikka barmoqlaringizni bukib, bosh barmoqni tepaga qilib ko’rsatsangiz, tosh yomg`iri ostida qolishingiz turgan gap. Negaki, aynan bu belgi eron xalqlari muomalasida juda uyatsiz taklif ma’nosini bildirar ekan.
«OK» (bosh va ko’rsatkich barmoqlarning tutashuvi) belgisi ham dunyo xalqlari orasida ommalashgan bo’lib, «hammasi zo’r» ma’nosini bildirsa-da, turk va braziliyaliklar uchun aynan haqoratning o’zi ekan.
2. Tailandda odamlar boshiga qo’l tekkizish mumkin emas 
Aholisining asosiy qismi buddaviylik diniga e’tiqod qiladigan ayrim mamlakatlarda, masalan Tailandda inson boshi muqaddas hisoblanadi, go’yoki ruh shu a’zoda joylashgan ekan. Shuning uchun bu yerda odamlarning boshini silash, umuman qo’l tekkizish katta haqorat sanaladi. Shunga o’xshash noodatiy odatlardan biri malayziyaliklarda keng tarqalgan. Agar siz bu yerda u yoki bu narsani barmoq bilan ko’rsatib, aniqlik kiritmoqchi bo’lsangiz, kulgi ichida qolasiz, chunki Malayziyada ayni shu belgi mushaklar shishirilgan holatni ifodalar ekan.
Filippinliklarda g`alati odat mavjud. Ular u-bu narsalarni ko’rsatishganda lablar va ko’zlari bilan imo-ishora qilishadi.
3. Xalqlar an’analari borasidagi gurunglar
Ba’zi bir mamlakatlarda hamsuhbatingiz bilan so’zlasha turib, chalg`ib qolsangiz, yo mavzudan chetga chiqsangiz, siyosiy savodsizlik hisoblanar ekan. Bordiyu u yoki bu xalqlar an’analari va urf-odatlariga taalluqli mavzuda o’sha xalq vakili bilan suhbatda xato, yanglishishlarga yo’l qo’ysangiz ham bu inobatga olinmas ekan. Masalan, Avstraliyada aborigenlarning xatti-harakati, Xitoyda inson huquqlari, Hindistonda o’lgan er bilan birga uning tirik xotinning yondirilishi, Ispaniyada buqalar jangi va shu kabilar borasida suhbatdoshingiz bilan bemalol qo’shib-chatib gapiraversangiz ham bo’ladi. Yana sizga bo’lgan hurmati ham oshadi.
4. Yapon uylariga shippakda kiriladi
Mehmondorchilikka borgan paytingiz ichkariga kirayotib poyabzalni yechasizmi yo shu holicha kirib borasizmi? Yaponiyada mehmonlarga ichki xona va mehmonxonalarga kiraverishda kiyish uchun shippak taqdim etiladi. Bu poyabzal ularning bo’yraga chiqqunlariga qadar oyoqlarida bo’lishi lozim. Mehmondorchilikdan qaytishda esa omonat shippaklarni yana egalariga qaytarishadi.
5. Atirgul muhabbat, sariq gul ayriliq ramzi 
Gul bekalar uchun eng arzirli sovg`a ekanligi, qachon va qayerda tuhfa etilishidan qat’iy nazar doim xursand bo’lishi bizga ma’lum. Ammo shunday mamlakatlar ham borki, to gul «ilmi»dan yetarlicha xabardor bo’lmaguncha hech kimga taqdim etilmaydi. Bir e’tibor berib ko’ring-a: chinnigullardan Germaniya, Polsha va Shvetsiya xalqlari dafn marosimi uchun foydalanishadi, xrizantemadan esa xuddi shu maqsadda Belgiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Turkiya mamlakatlarida. Avstriya va Fransiyada atirgullar muhabbat ramzi hisoblansa, Meksika va Chilida sariq gullar ayrilik ramzini ifodalaydi. Germaniya, Polsha va Shvetsiyada gullar dastalanmaydi. Toq gullar o’rami Xitoy va Indoneziyada baxtsizlik sanalsa, jufti Rossiya va Germaniyada xosiyatli emas ekan.
6. Sovg`a berish uchun avval maslahatlashiladi
Xorijda birovga sovg`a bermoqchi bo’lsangiz, albatta oldindan u bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Aks holda sovg`angiz qabul etilmaydi. Masalan, xitoyliklarga soat tuhfa etib bo’lmaydi, bu xalqlarning e’tiqodicha, soat omadsizlik ramzi hisoblanadi. Kolumbiyada nimaniki xarid qilmang, toki uning g`ilofini yechmasangiz, sifatsiz va arzon buyum sifatida baholanadi. Koreyaliklar esa «Koreyada ishlab chiqarilgan» yorlig`i yopishtirilgan buyumlarni yoqtirishmaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash