Chilida dunyodagi eng qurg`oqchil Atakama cho’li gulladi. 

2 400

Chilida haqiqiy dunyo mo`jizasi ro’y berdi. 2015-yildan beri ilk bora dunyoning eng qurg`oqchil cho’l-biyoboni hisoblangan Atakama cho’li qiyog`os gulga burkandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Bunday iqlimi og`ir sharoitda faqatgina issiqqa bardoshli bo’lgan o’simliklargina o’sishi mumkin. Chunki cho’l suvsizlikdan qovjirab yotadi. Ammo ayni paytda mazkur cho’lda 200 turdan ortiq gullar qiyg`os ochilgan. Cho’lu-biyobonning gulzorga aylanishiga mutassil yoqqan yomg`ir sabab bo’ldi. Kuchli yog`ingarchilik oqibatida yer ostida bo’lgan ildizdan gullar ochildi.

Mazkur holat nafaqat olimlarni, balki sayohlarni ham hayratga soldi. Noyob o’simliklarni, gullarni tomosha qilish uchun minglab sayyohlar Chili tomon yo’l olishmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash