Kattaqo`rg`on suv ombori 

10 242

 Kattaqo‘rg‘on suv ombori — gidrotexnika inshooti, O‘zbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqo‘rgon shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda 1940-1951-yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi.
 Kattaqo‘rg‘on suv ombori Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaydi. Kattaqo‘rg‘on suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv chiqaruvchi to‘g‘on, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat.
  Suv yuzasi maydoni 79,5 kv.km, uzunligi 15 km, maksimal eni 10 km, o‘rtacha eni 5,3 km, maksimal chuqurligi 25 m, o‘rtacha chuqurligi 11,3 m.
  Kattaqo‘rg‘on suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridan 94 ming ga yer sug‘oriladi va 150 ming ga yerning suv ta’minoti yaxshilangan. Kattaqo‘rg‘on suv ombori suvi kanal bilan Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga o‘rta hisobda 240-250 sentner baliq ovlanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.