Yuklanmoqda...

Avtomatlashtirilgan o`quv jarayoni 

77

  • Farzandning iqtidorini aniqlash, kasbga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.
  • O`quvchining bilim sifatini oshirish.
  • O`qituvchi mehnati va uning ish unimdorligini oshirish.
  • Ota-ona o`z farzandining bilimi, davomadi, baholari, harakteri va qiziqishlarini bilgan holda doimiy nazoratga olish.
  • Ota-ona, farzand va o`ituvchi o`rtasidagi bir-biri bilan doimiy muloqat almashish hamda ularning aloqalarini mustahkamlash.
  • Farzandlarni etuk kasb egasi bo`lib etishishiga hizmat qilish.
  • O`quvchi maktabdagi olayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, o`zidagi bor qobiliyatini shakillantiradi va kasbga oid malumotlar bilan ta`minlanadi.
Pedagogik tehnalogiya atamasi ta`lim jarayoniga yangicha, o`ziga hos belgi va xususiyatlarga ega bo`lgan tizimli yondashuvga asoslanadi, SGF.UZ bu ta`lim jarayoniga innovatsion yondashuv demakdir.
 
Loyiha qanday tartibda o`z faoliyatini olib boradi?
Web-sayt – unga a`zo bo`lgan har bir maktab o`quvchisi haqida kunlik axborot berib boradi.Bunda o`quvchiga sayt tomonidan saytga kirish parole beriladi va bu parol orqali u o`z profeliga kiradi. Ota-ona va o`quvchining yaqinlari bu parol orqali o`quvchining davomadi, bahosi, hulqi, o`quv fanlaridan o`zlashtirish darajasi va boshqa tahliliy ma`lumotlarga tayangan holda doimiy ko`zatib boorish imkoniyati mavjud bo`ladi.

Sayt muayyan sinf o`quvchilarining ma`lum bir fandan olagan umumiy ballari (ism, sharifisiz) va pochta egasining umumiy ballari diagramma shaklida ko`rinadi va o`quvchining o`zi ham sinfdoshlaridan qolib ketmaslik uchun harakat qiladi. O`quvchining xulqi, bahosi, davomadi, va boshqalar bo`yich  aalohida alohida sinfdoshlariniki bilan qiyoslangan holda diagrammalar tarzida ma`lumotlar  berilib boriladi. Shuningdek sayt mutahasislari (psixologlari) tomonidan har-bir ota-onaga kerakli tavsiyalarni berib boradi. O`quvchi profelidagi har qanday ma`lumotlar havfsiz va sir saqlanadi, yani begonalar shunchaki kira olmaydi. Bunda kiritilgan har kunlik ma`lumotlar bazasi shakillantiriladi va natijalari tahlil qilib boriladi. O`quvchi haqida oylik, choraklik, olti oylik va yillik bilim natijalari tahlil qilinadi va tahlil diagrammalarida ko`rinadi.

Bunda o`quvchi haqidagi har qanday ma`lumotlarini tahliliy ko`rish mumkin (masalan, o`quvchining ma`lum bir fandan yoki fanlardagi holatini haftalik ma`lumotlarni ko`rishni hohlagan ota-ona kalendardan masalan, 1-oktyabr va 7-oktyabr kunlarini belgilaydi va hamma ma`lumotlar diagramma sifatida ko`rinadi, o`quvchining umumiy diagrammasi va o`quvchilarning umumiy diagrammalari tahliliy ko`rinishda ko`rinadi. Buni kunlik, haftalik, oylik va yillik ko`rinishida ham ko`rish mumkin).

Sayt tomonidan dars jadvallari va darsliklar o`quvchi profiliga electron tarzida kiritiladi, bu esa ota-onalarga navbatdagi dars qachon va qaysi mavzuda ekanligi imkonini beradi. Saytga kirishi bilan usha kungi dars jadvallari va o`sha fandagi mavzular avtomatik tarzida paydo bo`ladi, shuningdek oldingi fanlardan olgan baholari ham (masalan, tarix-5, fizika-4, adabiyot-5) diagramma shaklida sinfdoshlariniki va o`quvchini o`ziniki paydo bo`ladi, maqsad ota-onalar doimo o`z farzandlarining tahliliy ma`lumotlarini ko`zatib boorish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ota-onalar ham bemalol usha kunga biriktirilgan mavzularni o`qib o`z farzandlarini darsga yana bir bor tayyorlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu esa yanada vaqtni tejashga hizmat qiladi, chuki ota-ona ishdan charchab kelishi va o`z farzandlariga etarlicha vaqt ajrata olmasliklari mumkin, dars jadvalini bilishi va usha kungi mavzulardan habardor bo`lishi ota-ona ishdami, transport vositalarida bulishidan qat`iy nazar bemalol o`z telefoni yoki planshetidan 5-10 daqiqa bu esa hammamizga o`ta qulaylik to`g`diradi.
 
Har oy ohirida har bir o`quvchining bir oylik natijalari tahlil qilinishi bilan birga o`tilgan har bir mavzu buyicha 3-4 tadan jami 20-30 ta atrofida onlayin test savollari quyiladi bu esa ota-onalar o`z farzandlarini o`z  oldida imtihon qilishi va bilim darajasini real vaqtda bilish imkonini beradi. Qaysi fanlardan past ballar olagan bo`lsa eslatma orqali usha fanlardan farzandiga eslatib turish imkoni ham mavjud. Onlayn testing har oyda o`tkazilishi ham oldingi oylarda usha fanlardan olagan ballari bilan taqqoslash imkonitini beradi, misol uchun metematikadan oktyabr oyida 70 ball olgan bo`lsa dekabr oyiga kelib 85 ball oldi deylik, bu bilan o`quvchining qaysi fanlarga qiziqishlari bilinadi, ota-onalar o`z oldida farzandlarini real tarzda imtihon qiladilar va qaysi fanlardan o`zlashtirgani yoki aksini biladilar. Bu esa farzandlarning bilimlarini mustahkamlaydi. Bu bilan ota-ona va o`ituvchi farzanddagi qobiliyatlarini oldindan bilishi mumkin va o`sha sohada o`quvchining yanada qiziqishlarini ortirib borishadi.

Sayt o`quvchi haqidagi tahlillarni onlayn tarzda doimiy ravishda olib boradi, natijada ota-ona hoh hizmat safarida bo`lsin, hoh chet elda bo`lsin, o`z farzandi haqida onlayn tarzida muntazzam bilib boradi va o`z oldidagiday xis qiladi.
 
Bu loyiha ota-ona va o`quvchilarga nima beradi?
Ota-onalar o`z farzandlarining real vaqtdagi olayotgan baholari, davomadi, ota-ona bilmagan qirralarini, umumiy harakterini ko`rib va ko`zatib borishi mumkin. Saytning maqsadi kelajagimiz bo`lgan farzandlarimizni etuk kasb egasi bo`lib etishishiga hizmat qilishdir. Sayt har bir o`quvchi bilan individual shug`illanadi, o`quvchidagi barcha qobiliyatlarni avvalombor, uning o`ziga va yaqinlariga ko`rsatish orqali yoshligidan o`zi va jamiyat haqida fikrlashga undaydi. Bu loyiha o`quvchining faqatgina aniq vaqtdagi real baholari bilan emas, balki ma`lum bir o`quvchi ustidan tahliliy ma`lumotlarni berish bilan ham o`z natijalarini berishiga ishonaman. Misol uchun, o`quvchining o`tgan haftadagi yoki o`tgan oylardagi olgan bilimlariga qarab qaysi  fanlardan sustkashlikka yul quyganligini yoki bo`shliq va kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etish imkoniyati yaratiladi, kelayotgan davrda uning harakatini aniqlashi va nimalarga kuproq e`tibor qaratish kerakligini aniq bilgan holda harakat qiladi. Shuningdek, bu real tahliliy ma`lumotlarga tyangan holda o`quvchining qobiliyatini avvalombor uning o`ziga ko`rsatadi, ota-onasiga, sinfdoshlariga va yaqinlariga ko`rsatadi, bu esa o`quvchining o`zi uchun kuproq bilim olish kerakligini his qilishga undaydi.

Qaysi kasb egasi bo`lishni xohlasa shu kasbga oid batafsil ma`lumotlar o`quvchi profeliga muntazzam berib borish orqali, o`quvchi umumiy nazariy bilim bilan ta`minlanadi. Kasbga oid ma`lumotlarning ingliz, rus va o`zbek tillarida berilishi bir vaqtning o`zida o`quvchi chet tillarini ham o`rganish imkoniyatini beradi. Sayt o`quvchida pedeksperemental (pedagogik tadqiqot) usulini olib boradi, bunda sayt o`quvchining qiziqishi, bilimiga, yuqori ballar olgan fanlariga qarab, misol uchun (o`quvchi gumanitar fanlarga qiziqadi, shu sababli u egallshi mumkin bulgan (3-4 turdagi huquqshunos, advokat, diplomat, sudiya v.b) kasblar ko`rsatiladi va unga o`zi, sinfdoshlari, sinf rahbari, ota-onasi va sayt mutahasislari tomonidan ovoz berish orqali kasb tanlanadi va eng yuqori kasb tanlab olinib o`quvchining ota-onasi va o`zi bilan kelishilgan holda uning profiliga doimiy ravishda tavfsiyalar, kasbga oid kitob va qiziqarli maqolalar berib boriladi, bu esa o`quvchining qobiliyati va qiziqishini usha kasbga nisbatan yanada oshiradi. Masalan, o`quvchi bankda ishlashga qiziqadi, o`quvchining profiliga bank haqidagi ma`lumotlar muntazam ravishda berib boriladi (masalan, bank nima, qachondan banklar paydo bula boshlagan, eng mashhur bankirlar kimlar, O`zbekistonda qancha banklar mavjud, nimaga Shvesariya banklari eng mashhur banklar hisoblanadi va boshqalar haqida ingliz, rus va o`zbek tillarida ma`lumotlar berilib boriladi), bu o`quvchi sekin astalik bilan maktabni to`gatguncha umumiy nazariy bilimga ega bo`ladi, ota-onalar ham o`z farzandi bilan kuproq shu kasbga oid gaplashishga, tug`ilgan kun va bayramlarda shu sohaga oid kitoblarni sovg`qilishga harakat qiladilar, farzand esa maktabni tugatib oliygohni tugatguncha o`z kasbini ustasi bo`lib etishadi, yangi-yangi g`oyalar bilan ishlashga harakat qiladi, vaqti kelib 5-10 yildan keyin bu o`quvchi bank boshqaruvchisi yoki o`z shaxsiy bankini ocha olishi mumkin. Bunday kadrlar esa mustaqil O`zbekistonimizning buyuk kelajagiga hizmat qiladi.
 
O`quvchi o`z ijodidagi she`r, maqola, rasm, ixtiro va boshqalarni hech qanday qiyinchiliksiz saytga o`zi joylashtirishi mumkin. Sayt esa bu mualiflarning rasmi bilan bosh sahifaga joylashtirishi o`quvchidagi bor qobiliyatini yuzaga chiqaradi va omma e`tiboriga taqdim etadi. Bu matiriallar ma`lum bir vaqt belgilanadi (masalan 1 oy) va ovozga quyiladi, layk bosish orqali ovoz yig`iladi, eng ko`p layk olgan mualliflar moddiy va ma`naviy taqdirlanib boriladi. Maqsad bitta o`quvchining qobiliyatini yanada yuksaltirish. Bu esa farzandga ijtimoiy psihologiya, ong ostiga ta`sir qiladi va g`urulanish hissini uyg`otadi, o`quvchi bu qobiliyatini yanada rivojlantirishga harakat qiladi. Biz faqatgina sayt bilan cheklanmaymiz, o`quvchi tomonidan ishlangan ixtiro va ijod mahsullarini respublika gazeta va jurnallarida bosilib chiqilishini televediniyada berilishini ta`minlaymiz.

Sayt tomonidan eng bilimdon o`quvchi va eng rivojlanayotgan o`quvchilar aksiyasi o`tkazilishi va sayt tomonidan bu qobiliyatli va bilimli o`quvchilarning rasmlarini saytga joylashtirish orqali o`quvchidagi bilimga bo`lgan qiziqishlarini yanada ottirishga hizmat qiladi.

Bu monitoring tizimda o’quvchilar erkin o’zaro fikr almashadilar, muommila qilish madaniyati oshadi, har bir o’quvchi o’zi va o’z kelajagi uchun javob berishga harakat qiladi. Natijada o’ziga bo’lgan ishonch va qatiyatlilik paydo bo’ladi, oila va jamiyatdagi mas’uliyatini sezadi, har bir o’quvchiga rahbarlik rolini bajarishi uchun imkon beriladi. Ana shunday ta’lim usullariga – interfaol usullar kiradi. Bu usulni qo’llashda o’quvchilar kamsitilmaydi, ularning ojiz tomonlari namoyish qilinmaydi, balki har biriga qobiliyati, ehtiyoji, kuchi va xohishi doirasida bilim olishlariga imkoniyat yaratiladi, eng asosiysi, ular jamiyatning to’laqonli a’zolari ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bu monitoring tizimini joriy etish, hozirgi vaqtdagi jaddalik bilan rivojlanayotgan inovasion hayotda har bir ota-ona va farzand uchun uning kelajagi uchun eng muhum va kerakli loyiha deb bilaman. Bu tizim yoshlarni O’zbekiston kelajagining mustahkam tayanchi sifatida tarbiyalashga xizmat qiladigan asosiy omildir.

Bolalarning barcha qirralarini aniqlab, kitobga bo’lgan qiziqishini orttirishdir, butun hayoti davomida o’rganishlari lozim bo’lgan tavsiya va ko’nikmalarni ularning o’z shaxsiy profiliga muntazam ravishda berib borishni ko’zda tutuvchi zaruriy dastur, deb bilaman. Ushbu dastur pedagogik texnologiya ta’limining yangi loyihasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslangan bo’lib, u o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan, natijada, o’quvchi va o’qituvchi, o’quvchi va ota-ona, o’quvchi va mahalla, o’quvchi va jamiyat hamkorligi ularning o’zaro muloqoti mexanizmini shakllantirish orqali bolalarda insoniylik qirralarini shakllantirish, bunday do’stona munosabat jarayonida esa o’quvchilarning o’zaro hamkorlikda ishlash malakalarini oshirishga qaratilgan yo’nalishlarni aks ettirish bo’yicha tavsiyalarni berib boradi.O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlarimiz yana 5-10 yildan keyin yetuk kadrlar bo’lib yetishishi, mustaqil O’zbekiston kelajagiga munosib hissa qo’shishi, hozirgi vaqtdagi innovasion asrda har-bir ota-ona va farzand uchun, farzand kelajagi uchun muhim omil bo’lib hizmat qilishiga ishonaman.

Avval ta`kidlaganimdek o`quvchi haqidagi barcha malumotlar sir va havfsiz saqlanadi, maqsad, bu o`quvchi talabalik davrida ham, ota yoki ona bo`lganida ham, qarilik chog`ida ham yoshligidagi o`z erishgan natijalarni o`z farzandlariga, nevara-chevaralariga ko`rsatishi o`z erishgan yutuqlari bilan taqqoslash, yoshlik davrlarini eslab yurish bahtini ham beradi.

Bunda o’quvchilar o’zaro erkin fikr almashadilar, muomala madaniyati oshadi, har bir o’quvchi o’zi va o’z kelajagi uchun javob berishga harakat qiladi. Natijada o’ziga bo’lgan ishonch va qat’iyat paydo bo’ladi, oila va jamiyatdagi mas’uliyatini sezadi, har bir o’quvchiga rahbarlik rolini bajarish uchun imkon beriladi. Ana shunday ta’lim usullariga – interfaol usullar kiradi. Bu usulni qo’llashda o’quvchilar kamsitilmaydi, ularning ojiz tomonlari namoyish qilinmaydi, balki har biriga qobiliyati, ehtiyoji, kuchi va xohishi doirasida bilim olishlariga imkoniyat yaratiladi, eng asosiysi, ular jamiyatning to’laqonli a’zolari ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bu monitoring tizimini joriy etish, hozirgi vaqtdagi jadallik bilan rivojlanayotgan innovasion hayotda har bir ota-ona va farzand uchun uning kelajagida eng muhim va kerakli loyiha, deb bilaman. Bu tizim yoshlarni O’zbekiston kelajagining mustahkam tayanchi sifatida tarbiyalashga xizmat qiladigan asosiy omildir. 


Sherzodjon SODIKOV
SGF.UZ 
+99893 599 59 32
Sherzodjon_sjf@mail.ru

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash