Yuklanmoqda...

Veb-saytda oliy ta`lim 

931

2017-yilda veb-saytda yangi ochiladigan "Oliy ta'lim” bo'limi ustida ish olib borilmoqda. Bunda oliy o'quv yurti talabalari, o'qituvchilar va barcha qiziquvchilar foydalanishi uchun eng zarur ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Respublikamizning barcha pedagogika institutlari va universitetlarida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar va iqtidorli talabalar bilan keng miqyosdagi hamkorlik to'g'ridan-to'g'ri sayt orqali amalga oshirilmoqda. Veb-saytda yangi ochiladigan "Oliy ta`lim” bo`limida  oliy o'quv yurtlarida amalda o'qitiladigan geografiya faniga aloqador ma'lumotlar bazasi saytda shakllantiriladi. Barcha ilmiy ma`lumotlar "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi va "Axborotlashtirish tog`risida"gi O`zbekiston Respublikasining Qonunlariga qat`iy amal qilingan holda oliy o`quv yurtlarida faoliyat ko`rsatuvchi tajribali mutaxassislar tomonidan ekspretizadan o`tkazilib, o`rnatilgan tartibda saytga joylashtiriladi. Har bir mavzuga tegilshli savol-topshiriqlar, seminar va amaliy mashg`ulot materiallari kiritilishi tavsiya etiladi. Kiritiladigan ma`lumot oxiriga kim tomonidan kiritilganligi, muallifi va foydalanilgan manbalar haqida ma`lumot berilishi lozim. 

Maqsadimiz: Internet tarmog'ining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi manbaalar miqdorini oshirish, yangi ma`lumotlar yaratish borasida barcha qiziquvchilarga sifatli manbaalarni ishlab chiqarish, Davlat ta`lim standartlari asosida ta`limning sifat va samaradorligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlar tayyorlashdir. 

Veb-saytda 2017-yilda ochilishi rejalashtirilgan "Oliy ta`lim” bo`limiga oliy o`quv yurtlari tomonidan fan tanlash va ma`lumot kiritish jarayoni boshlandi. Loyiha bo`yicha oliy o`quv yurtlari mutaxassislari tomonidan quyida nomlari ko`rsatilgan fanlardan kamida 2 ta tanlanib, sayt ma`muriyatiga elektron pochta manzili orqali xabar beriladi. Tanlangan fan bo`yicha ma`lumotlarni ekspertiza qilish samaradorligini oshirish maqsadida oliy o`quv yurtlarining nufuzli professor-o`qituvchilari tahrir hay'atiga jalb etiladi. Shuningek, loyiha rivoji bo`yicha fikr-mulohaza va taklifingiz bo`lsa, quyidagi SHARH QOLDIRISH SHAKLI yoki geografiya.uz@umail.uz elektron pochta manzili orqali bildirishingizni so`raymiz. Quyida yuklab olish imkoni bo`lgan qo`llanmani yuklab olib tanishib chiqishni unutmang!
Qo`llanmani yuklab oling! Qo'llanma.pdf [614,43 Kb] (cкачиваний: 50)

Diqqat! Bugungi kunda veb-saytni O`ZBEKISTON GEOGRAFIYA PORTALIga aylantirish bo`yicha ish olib borilmoqda. 

Oliy o`quv yurtlari tomonidan fan tanlash jarayoni davom etmoqda.

1. O`zbekiston Milliy Universiteti  
2. Toshkent Davlat pedagogika Universiteti  (Fan tanlanmadi)
3. Qoraqalpoq davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
3. Farg`ona Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
4. Andijon Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
5. Samarqand Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
6. Buxoro Davlat Universiteti
7. Qarshi Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
8. Urganch Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
9. Guliston Davlat Universiteti 
10. Namangan Davlat Universiteti  (Fan tanlanmadi)
11. Qo`qon davlat pedagogika instituti 
12. Jizzax davlat pedagogika instituti  (Fan tanlanmadi)
13. Nukus davlat pedagogika instituti  (Fan tanlanmadi)
14. Navoiy davlat pedagogika instituti  (Fan tanlanmadi)

"Oliy ta'lim" loyihasi bo`yicha fan tanlovi 
Fan nomi Ma`lumot qaysi oliy o`quv yurti va kim tomonidan kiritiladi?
1. Topografiya va kartografiya asoslari
2. O`zbekiston tabiiy geografiyasi Qo`qon davlat pedagogika instituti
3. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi Guliston Davlat Universiteti (O`qituvchi I.Y.Zikirov)
4. Jahon tabiiy geografiyasi
5. Geoekologiya
6. Meteorologiya
7. Seysmologiya
8. Geofizika va geokimyo asoslari
9. Umumiy gidrologiya
10. Umumiy yer bilimi Qo`qon davlat pedagogika instituti                      
11. O`lkashunoslik
12. Tuproqlar geografiyasi
13. Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
14. Amaliy geografiya Qo`qon davlat pedagogika instituti
15. Tabiiy geografiyaning asosiy muammolari Buxoro Davlat Universiteti (Gulshan Halimova)
16. Geografik tadqiqot usullari
17. Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik Qo`qon davlat pedagogika instituti
18. Geologiya va geomorfologiya asoslari
19. Landshaftshunoslik
20. Siyosiy geografiya va tashqi iqtisodiy aloqalar
21. Shaharlar geografiyasi Buxoro Davlat Universiteti (Gulshan Halimova)
22. Hududiy majmualarning nazariy asoslari
23. Aholi geografiyasi asoslari Guliston Davlat Universiteti (g.f.n. dotsent Xidialiyev K.E)
24. Moddiy ishlab chiqarish asoslari
25. Noishlab chiqarish tarmoqlari
26. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi Guliston Davlat Universiteti (Katta o`qituvchi Axunboboyev M.M.)
27. O`rta Osiyo iqtisodiy geografiyasi Qo`qon davlat pedagogika instituti
28. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi
29. Toponimika O`zbekiston Milliy Universiteti (g.f.n dotsent M.Mirakmalov)
30. Geografik tadqiqot usullari
31. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning asosiy muammolari
32. Sotsial geografiya
33. Sanoat va qishloq xo`jaligi geografiyasi
34. Geografiya o`qitish metodikasi
1. Guliston Davlat Universiteti (g.f.n. dotsent Qarshiboyeva L.Q.)
2. Qo`qon davlat pedagogika instituti  
35. Geografiyani o`qitishda innovatsion texnologiyalar
http://geografiya.uz veb-sayti orqali Internet tarmog`ida geografiya fanini o`qitish samaradorligini kuchaytirish, Internet foydalanuvchilarning mazkur fanga qiziqishlarini yanada oshirishdek mas`uliyatli vazifalarni ado etishga har birimiz hissa qo`shishimiz lozim. Veb-sayt ko`plab foydalanuvchilarining eng yaqin maslakdoshi va ko`makdoshiga aylana oldi. Endi foydalanuvchilar tomonidan saytga maqola, ma`lumotlar (yangiliklar) kiritish orqali geografiya fanini Internet orqali o`qitishni mazmunan boyitishga yordamlashuvchi ilmiy, pedagogik, psixologik, qiziqarli va dolzarb mavzularni qamrab oluvchi ma`lumotlarga alohida e`tibor qaratamiz. Siz bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlash, veb-saytning o`qishliligini oshirish uchun ma`lumot (yangilik) qo`shish imkoniyatiga ega bo`ldingiz. Sizning tajribangiz, taklif va mulohazalaringiz, ilmiy, amaliy izlanishlaringiz bilan barcha foydalanuvchilarga (o`qituvchilar, o`quvchilar, talabalar va barcha qiziquvchillar) yaqindan yordam berishingiz mumkin. 
Qo`llanmani yuklab oling! Qo'llanma.pdf [614,43 Kb] (cкачиваний: 50)

TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Foydalanuvchi tomonidan yuklangan ma`lumotlar sayt ma'muriyati moderatsiyasidan o'tkaziladi. Sayt ma'muriyati tomonidan tasdiqlangandan so'ng, ma`lumotlar ko'rish uchun saytda ochiq bo'ladi. Sayt ma'muriyati quyida keltirilgan sabablarga ko'ra, ma`lumotlarni nashr qilish uchun tasdiqdan o'tkazmaslik huquqiga ega:
  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga zid bo'lsa (zo'ravonlik va millatlararo nizo va boshqalarga da'vat etishga qaratilgan);
  • Normativ bo'lmagan leksikadan iborat bo'lsa;
  • Muloqotda ishtirokchilarni haqorat qilish;
  • Axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga zid bo'lgan, jumladan, pornografik, shahvoniy va odobsiz ma`lumotlar (odob-axloq qoidalariga qarshi) mavjud bo'lsa;
  • Sayt ma'muriyati ilgari nashr qilish uchun tasdiqlangan ma`lumotlarni o'chirish huquqiga ega.
  • Sayt ma'muriyati tomonidan kontentni moderatsiya qilish bo'yicha da'vo va shikoyatlar qabul qilinmaydi.
  • geografiya.uz saytida mualliflik huquqlarini poymol etuvchi materiallar nashr qilingan taqdirda, sayt ma'muriyati tomonidan materiallar huquq egasining murojaatidan so'ng o'chiriladi.
  • Ma`lumot joylashtiruvchi foydalanuvchi O`zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi Qonuniga qat`iy amal qilishi lozim. 
  • Ilmiy, pedagogik, psixologik, madaniy, shuningdek, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi ma`lumotlar qo'llab-quvvatlanadi.
Ma`lumotlarni joylashtirishning texnik shartlari: 
  • geografiya.uz saytiga yuklanadigan ma`lumotlar avtorizatsiyadan keyin saytga joylashtiriladi. 
  • Ma`lumotlarga ilova tariqasida joylashtiriladigan rasmlar sifatli va hajmi 50 Kbaytdan oshmasligi lozim. 
  • geografiya.uz Ma'muriyati xizmatni texnik jihatdan qo'llab-quvvatlashi va Foydalanuvchilarning geografiya.uz dan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha murojaat qilishlari uchun oddiy muloqot usulini taqdim etadi. O`z navbatida, ma'muriyat bilan qayta aloqa tizimi faoliyat yuritadi. 
 
QO`LLANMANI YUKLAB OLING! Qo'llanma.pdf [614,43 Kb] (cкачиваний: 50)

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив