Yangi yilni qayerda qanday kutishadi? 

13 960

Наг bir xalqning ota-bobolaridan qolgan urf-odatlari, udumlari bo‘ladi. Yangi yil bayramini nishonlash ham shunday odatlardan biridir. Biz Yangi yil haqida gapirar ekanmiz, beixtiyor ko‘z o‘ngimizda sovg‘a-salomli Qorbobo va yasatilgan archa gavdalanadi.

Qorbobo qachondan buyon Yangi yil mehmoni bo‘la boshlagan? Qorboboning yoshi ming yildan ham ortiq. Qadimgi majusiylar diniy tasavvuriga ko‘ra, Qorbobo shimolda sovuq shamol tangrisining timsoli bo‘lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, sovuq shamol tangrisi — Qorbobo muzdan bunyod etilgan saroyda yashab, har yili qishda Quyosh yuzini parda bilan to‘sib qo‘yar va bahordagina pardani ко`tаrаr ekan.

Yaqt o‘tishi bilan Qorbobo majusiylar e’tiqodidagi muqaddaslik ramzini yo‘qotadi va bizning tushunchamizdagi Qorboboga, Yangi yil kirishi arafasida xaltasini sovg'a-salomlar bilan to‘ldirib, o‘rmondan chiqib keladigan, insonlarga baxt-saodat tilaydigan Qorboboga aylanadi.

Yangi yil bayramida nega archa bezatiladi? Shimol xalqlari bilan birgalikda qadimgi slavyan xalqlarining e’tiqodiga ko‘ra archa baxt keltiruvchi daraxtdir. Baxt ramzi bo‘lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramlarida odamlaming uylaridan o‘rin oladigan bo‘lib qolgan.

Yangi yilni bayram qilish qachondan odat tusiga kirgan? Qadimgi vaqtlarda ko‘pchilik xalqlar 21-martni yil boshi hisoblab, shu kunni bayram qilishgan.

Sharq xalqlarining barchasi, shuningdek, Italiya, Angliya, Rossiya xalqlari ham Yangi yilni mart da kutib olishgan. 21-mart muchal yili va o‘n ikki buij hisobi bo'yicha hutning, shuningdek, yilning oxirgi kuni bo‘lgan. 22-martdan yangi yilning birinchi oyi — hamal boshlangan.

21-martda quyosh nuri ekvatorga tik tushgan. Shu kuni yer sharining hamma joyida tun bilan kun bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga kecha-kunduz baravarligi deyiladi. 21-mart bahorgi kecha-kunduz baravarligi bo‘lib hisoblanadi. 

22-martdan shimoliy yarim sharga quyosh nuri ko‘proq tusha boshlaydi. Tabiat, butun borliq jonlanadi, dehqonchilikda dolzarb kunlar boshlanadi. Qadim zamonlarda yangi yilning martda kutib olinganligining boisi ham shu.

Yangi yilni 1-yanvarda bayram qilishni dastlab rimliklar boshlagan. Rossiyada ham Yangi yil awallari martda kutib olingan. Ammo Rossiyaning janubida martda bahor nafasi esgan paytda shimoliy o‘lkalarda qahraton qish hukm suradi. Shuni e’tiborga olib, Rossiyada yangi yilni kuzda, sentabrda kutib olish rasm qilinadi. Pyotr I davridan boshlab Rossiyada ham yangi yil 1-yanvardan bayram qilinadigan bo‘ladi. 1699-yil 15-dekabrda Pyotr I tomonidan chiqarilgan farmonda: «...yil sanasi bundan buyon... Iso payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan 8 kun o‘tkazib boshlansin, yangi yil 1-sentabrda emas, 1700-yilning birinchi yanvarida boshlangan deb hisoblansin», deyilgan. Shu farmonda yana: «Yangi yil boshlanishi muno- sabati bilan kishilar bir-birlarini Yangi yil bayrami bilan tabriklasinlar. Katta yo‘llar va serqatnov ko‘chalar, hovlilar qarag‘ay va archa bilan bezatilsin», deyilgan.

Bunga 315 yil bo‘ldi. Shundan buyon 1-yanvar yangi yilning boshlanishi hisoblanib, yangi yilni archa bezatib kutib olish, bayram qilish odat tusiga kirdi.

Yangi yilni qayerda qanday kutib olishadi? Yangi yil bayramini yaponlar o‘zlariga xos an’ana bilan kutib oladilar. Yangi yil arafasida jami idish-tovoq tozalab yuviladi, eski yil suvidan bir tomchi ham qoldirilmaydi, idishlaming barchasiga toza buloq suvi to‘ldiriladi, xonadonlarning eshiklariga uzoq umr va sadoqat ramzi hisoblanuvchi bambuk va qarag‘ay novdasi osib qo‘yiladi.

Yangi yil arafasidagi ne’matlar guruchli sho‘rva, seld balig‘i uvuldurug‘idan tayyorlangan taomlardan iborat bo‘ladi.

Soat tungi 12 ni ko‘rsatganda Budda ibodatxonasidagi qo‘ng‘iroqlar 108 marta jom uradi (Yaponiyada 100 va 8 raqamlari baxtli raqam hisoblanadi). Jom ovozi radio orqali eshittiriladi. Yangi yil kirishi bilan zilol buloq suvidan ichiladi. Buloq suvi yangi yilda og‘izga olinadigan birinchi ichimlikdir.

Yangi yil tongida yaponlar juda barvaqt turadi. Yangi yil sabohining, dastlabki quyosh nurlari ko'rinishining guvohi bo‘lishga intiladilar. Yaponiyadagi eng baland joy — Fudziyama tog‘i tepasiga chiqib, tong yorishuvini sabrsizlik bilan kutib oluvchilar ham bor.

Yaponlar1-yanvardan 3-yanvargacha bir-birlarini ziyorat qilishadi. Mayda savdogarlar, hunarmandlar, sutchilar, tikuvchilar, kosiblar va boshqalar o‘z hojatmand va mijozlariga — xaridorlariga otkritka, dastro‘mol va sochiq kabi Yangi yil sovg‘alari hadya qiladilar. Bayramning so‘nggi kunida, udum bo‘yicha, o‘t o'chiruvchilar paradi bo‘lib o‘tadi. Qishloqlarda esa eski odatga ko‘ra bayramning so‘nggi kunida qizlar bambuk savatlarga bahoming yetti xil shifobaxsh o‘tlarini teradilar. Bu ko‘katlar guruch bilan birga pishirilib, nonushtaga tortiladi.

Mongollar Yangi yilni yaqin vaqtlargacha bahorda kutib olishardi. Endilikda ularda ham Yangi yil 1-yanvarda bayram qilinadi. Qish bo‘yi g‘amlangan chorva ozuqasi mart oyi boshlarida tugaydi, mollar buzoqlab «yangi sut» beradi. Ko‘chmanchi mongollarning yangi xo‘jalik yili shu vaqtdan boshlanadi. Mongollar Yangi yil bayramini «sagan sar», ya’ni «oq oy» deb atashadi. Bayram kunlari har bir oilada qo‘y go‘shti pishiriladi, chuchvara tayyorlanadi. Mongollarning e’tiqodicha, Yangi yil oqshomida ko‘p ovqat yeyilsa, yil bo‘yi hamma narsa to‘kin-sochin, mo'lchilik bo‘lar emish.

Yangi yil bayrami kunlari kishilar bir-birlarini borib ko‘rishadi, bir-birlarinikida mehmon bo‘lishadi. Ulaming odatlariga ko‘ra tug‘ilgan bolaning yoshi yangi yildan hisoblanadi.

Mongollarda Yangi yil arafasida uylarga Qorbobo emas, balki Cho‘pon kirib keladi. Cho‘ponning qo‘lida bumaki, chaqmoq tosh va qamchi bo‘ladi. U o‘choqlarga o‘t yoqib ketadi. Cho‘pon — yurib tolmas, toshdan olov chiqaradigan, mollami parvarish qiladigan shaxsdir.

Vyetnamda Yangi yil bayramini «tet» deb ataydilar. Bu vaqtda Vyetnamda qishki dehqonchilik ishlari tugab, dam olish davri boshlanadi. Dalalarni ko‘m-ko‘k maysalar qoplab oladi, meva daraxtlari chaman bo‘lib gullaydi.

VyetnamliklarYangi yil oqshomida kurtaklari bo‘rtib qol­gan yoki gullagan shaftoli novdalarini e’tiborli kishilar va qadrdonlariga ezgu niyat bilan hadya etadilar. Shaftoli guli — gulgun chehra ramzidir. Yangi yil bayrami kunlari qarindosh-urug'lar va ota-bobolarning qabri ziyorat qilinadi. Ins-jinslarga yo‘liqmaslik uchun xalq shu kunlari o‘zini juda ehtiyot qiladi. Ins-jinslar uylarga yaqin yo‘lamasligi uchun poygakka g‘ov va kamon o‘qining surati chizib qo‘yiladi, yer ostidagi ins-jinslarni bezovta qilmaslik uchun bayram kunlari yer haydalmaydi.

Yilning boshqa kunlari ham ana shu bayram kunlaridek o‘tsin, degan niyatda hamma muloyim, ochiq chehrali va shinavanda bo‘lishga, asabiylashmaslikka harakat qiladi.
Kambodjada Yangi yil bayrami aprelda o‘tkaziladi. Bayramdan bir necha kun oldin mamlakat poytaxtidagi kumush Budda ibodatxonasida qumdan «tog‘» yasaladi. Rivoyatlarga ko‘ra «tog‘» ostida Buddaning sochi saqlanarmish. Qum «tog‘i» etagiga kim qancha ko‘p qum zarrasi tashlasa, u shuncha ko‘p gunohidan xalos bo‘lar emish. Qum «tog‘»lari mamlakatdagi barcha Budda ibodatxonalarida ham yasaladi. Xonadonlarda esa guruchdan, somsadan «tog`» yasaladi.

Kelgusi yili yomg‘ir ko'proq yog‘ishini tilab, yangi yilning birinchi kuni Budda haykali suv bilan yuviladi, raqs, o‘yin-kulgi va qo‘shiqlar uzoq vaqt davom etadi.

Hindistonningturli joylarida Yangi yilni turli vaqtlarda bayram qilishadi. Shimoliy Hindistonda Yangi yil bayrami aprelda, janubiy o‘lkalarida iyul, hatto avgustda o‘tkaziladi. Rasmiy doiralar Yangi yilni 1-yanvarda nishonlaydilar.

Yangi yil bayrami arafasida ko‘chalar, uylar tozalanadi, gulchambarlar bilan bezatiladi. Yangi yilning birinchi kuni hamma cho‘miladi, bayram kunlari o‘tgan yilni eslab, yangi yil rejalari tuzishadi, bir-birlariga baxt-saodat, tinch hayot tilashadi. Yangi yil tantanalari tugaguncha shu tarzda yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, bir-birlariga nisbatan hurmat, iltifot ko‘rsatishadi.

Shri-Lankaliklar Yangi yilni odat bo‘yicha aprel oyining boshlarida kuzgi ekinlar yig‘ib-terib olingandan keyin bayram qilishadi. Dehqonlar mo‘l hosil uchun tabiatga minnatdorchilik bildiradilar. Har bir xonadonda bayram taomi pishiriladi. Qarindosh-urug‘, yor-u birodarlar bir-birlarini Yangi yil bilan tabriklaydi. Bayram kunlari munajjimlar tolenoma tuzib, kishilarning kelajagini aytib beradilar.

Afg onistonda Yangi yil 21-martda bayram qilinadi. Afg‘onistonda 21-mart «Dehqonlar kuni» bo‘lib ham hisoblanadi. Afg‘on dehqoni yerga haddan tashqari ko‘p mehnat sarf etadi. Ularda mashaqqatli mehnat qadrlanadi, shuning uchun ham Yangi yil «Dehqonlar kuni» bilan birgalikda bayram qili­nadi.

Navro‘z bayrami afg‘onlarning eng katta bayramidir. Bu bayram ularda islom diniga o‘tishdan oldinroq bayram qilib kelingan. Navro‘z bayrami Afg‘onistonda diniy bayramlarga nisbatan kattaroq tayyorgarlik va zo‘r tantana bilan o‘tadi. Bayram kuni xaloyiq maxsus belgilangan joyga to‘planadi. Oshpazlar turli ovqatlar tayyorlaydi: bir tomonda kishining ishtahasini karnay qiladigan kaboblar pishib yotsa, undan nariroqda baliq qovurilib turadi. Xullas, milliy taomlaming barcha turi muhayyo etiladi.

To‘plangan odamlar tomosha ko‘rsatiladigan maydon atrofida yerga to‘shalgan gilamlar, bo‘yralar ustiga chordana qurib o‘tirishadi; holva, mayiz, turshak, yong‘oq, xandonpista sotuvchilar odamlar orasidan dam-badam o‘tib turadi. Har joy-har joyga kursilar ustida xilma-xil nonlar, novvotlar, turli shirinliklar, hatto pishirilgan rang-barang tuxumlar ko‘z-ko‘z qilib qo‘yilgan bo‘ladi.

Sayilgoh yaqinida chavandozlarning chopqir otlari oyoqlari yer tepinib turadi, rang-barang lentalardan qorinbog‘ tortilgan «mast» buqalar, beparvo ho‘kizlar, yasatilgan tuyalar boylab qo‘yilgan, tuyalaming boshlariga har xil rangdagi durralar tang‘ilgan, ustiga rang-barang shokilali gilamlar yopilgan, oyoqlariga qo‘ng‘iroqlar bog‘langan. Yana sal nariroq­da zanjirlarga boylangan, buzoqchadek keladigan abjir itlar yotibdi.

Hammaning ko‘zi bir joyga — bayram tantanasi boshlanadigan maydonchaga tikilgan. Hukumatning Navro‘z bayrami munosabati bilan xalqqa yuborgan tabrigi o‘qib eshit tiriladi. Davlat arboblari tantanali vaziyatda ko‘chat ekib, yerga ishlov berishni boshlab beradilar. Shundan keyin katta- katta nog‘oralar, kamay-sumaylaming chorlovchi, ayni vaqtda kishilami zavqlantiruvchi ovozi ostida tantana boshlab yuboriladi.

Dastlabki o‘yinni «belboz»lar boshlaydi. Bu o‘yinda dehqonlaming uch guruhi ishtirok etadi. Birinchi guruhdagilar yashil kiyim kiyib, bellariga zangori shoyidan belbog‘ bog‘- lagan, ikkinchi guruhdagilar oq rangli nafis kiyim ustidan zarhalli qora nimcha kiygan; uchinchi guruhdagilar esa oddiy kiyimda. Bulaming hammasi qoiiga dastasi qizil va sariq rangda yo‘l-yo‘l qilib bo‘yalgan belkurak ko‘tarib o‘rtaga tushadi. Musiqa ovozi eshitilishi bilan barchalari belkuraklarini yelkalariga qo‘yib, hurmatli mehmonlar joylashgan minbar tomon yo‘l oladi. Nog‘ora tez-tez chalina boshlaydi, borgan sari jadallashadi, yonma-yon yurib borayotgan «belboz»lar musiqa- ga hamohang holda belkuraklarini navbat bilan bir-biriga uradi, belkuraklaming urilishidan o‘ziga xos musiqaviy ovoz chiqadi.

Saf tortib borayotgan «belboz»lardan besh-oltitasi belkuraklami katta mahorat bilan o‘ynatib, turli mashqlar qiladi. Ular ketidan 20 tacha o‘yinchilar musiqa ohangida goh u yoqqa, goh bu yoqqa chayqalib, xuddi jazavasi qo‘zigan kishidek o‘yinga tushadi. «Belboz»lar o‘yinidan keyin o‘rtaga — gilam ustiga polvonlar chiqadi. 0‘rtada ularning ustozi — trener turadi, polvonlar bajarayotgan mashqni ustod ham birga bajaradi. Ikkita polvon kurash tushadi. Keyin o‘rtaga «cho‘pboz»lar chiqadi, ular qo‘llariga silliq chiroyli yog‘och-cho‘plar va kichkina charm qalqon ushlagan holda qilichbozlikni eslatuvchi mashqlar qiladi.

Shu kabi sport o‘yinlari va musobaqalardan keyin «kuch jangi» — qo'chqor urishtirish boshlanadi. Afg‘onlar burama shoxli, urishtirish uchun maxsus tayyorlangan qo‘chqorlami «kuch» («zo‘r») deb ataydi. So‘ngra baland ovoz bilan «markab dovoni» e’lon qilinadi. Markab dovonida awal uchar otlar, keyin tuyalar poygasi bo‘ladi va hokazo. Barcha o‘yin va musobaqa g‘oliblariga sovrinlar beriladi. Sayil, bayram kechgacha davom etadi.

Navro‘z bayramida faqat dehqonlar emas, kasb-koridan qat’i nazar, butun shahar xalqi ko‘ngil ochadi, bog‘larga, maysazorlarga sayrga chiqadi, ulfatchilik qiladi. Afg‘on an’analarining boshqa xalqlar an’analaridan afzalligi shundaki, ular hatto shunday bayram kunlari ham spirtli ichimlik ichmaydi. Bayramda ular faqat sharbat ichadi, shirinliklar tanovul qiladi.

Afg‘on ayollari Navro‘zni shahar bog‘ida o‘zlari alohida bayram qiladi. Ayollar bazmida erkaklar qatnashmaydi, boqqa maxsus qorovullar qo‘yiladi. Navro‘z kunlari Kobuldagi «Bog‘i Bobur»da ham turli tantanalar — kurash, qiziqchiliklar, milliy raqslar ijro etiladi.
Eronda ikki xil — shamsiy (Quyosh) va qamariy (Oy) kalendarlari qo‘llanilganligidan Yangi yilning kutib olinishi ham ikki xil bo‘ladi. Islom diniga o‘tishdan oldin shamsiy kalendarga amal qilingan. Bu kalendarga ko‘ra 21-mart yangi yilning boshi hisoblanib, Yangi yil bayrami shu kuni o‘tkaziladi.

Musulmonlaming qamariy kalendariga muvofiq muharram oyining birinchi haftasida Yangi yil nishonlanadi. Musulmon dinining shia mazhabidagi kishilar shu kunlari Muhammad payg‘ambaming nabirasi Husaynning oiimini eslab motam tutadilar, oh tortib, ko‘kraklariga urib, nadomat chekadilar.

Eronda 21-mart yangi yilning boshi hisoblanib, bu kuni Navro‘z deb ataladigan xalq bayrami o'tkaziladi. Navro‘zni kutib olishga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Bayramga ikki hafta qolganda xonada bug‘doy undiriladi. Bug‘doy maysasi tabiat uyg‘onganining ramzi sifatida bayram xontaxtasini bezatib turadi. Barcha idishlar yuvib tozalanadi, sopol idishlar yangilanadi.

Navro‘z bayrami yaqinlashgan sayin ko‘chalarda qiziqchilar, nayrangbozlar, mashshoqlar ko‘payadi, kechqurunlari gulxan atrofida o‘yin-kulgilar avjiga chiqadi, turli musobaqalar o‘tkaziladi.

21-mart kuni hamma shaharda to‘p otiladi. Bu Hamal boshlanganidan, ya’ni Yangi yil kirganligidan darak berishdir. E’tiqodlarga ko‘ra to‘p otiladigan, ya’ni Yangi yil kiradigan damlarda har kim bayram xontaxtasi atrofida o‘ng qo‘liga tanga ushlab o‘tirishi kerak, aks holda yil bo‘yi uning biri ikki bo‘lmas ekan, kosasi oqarmay, butun yili kambag‘allikda o‘tar ekan. Ular baxt ramzi tarzida bir-birlariga kumush tanga hadya qiladi.

Yangi yil xontaxtasi ustida «haft sin», ya’ni «s» harfidan boshlangan yetti xil taom, bo‘yalgan tuxum kabi noz-ne’matlar bo‘lishi, suv solingan idish turishi, suv betida yashil barg suzib yurishi shart.

Ruminiyada Yangi yil bayrami 1-yanvarda nishonlanadi. Yangi yil bayramida mehmonlar dasturxoniga maxsus tayyorlangan varaqilar tortiladi. Odatga ko‘ra varaqilar ichiga tanga, uzuk, chinnidan ishlangan mitti qo‘g‘irchoq va qalampirga o‘xshash narsalar solib pishiriladi. Mehmonlar varaqini yeb, o‘z «baxt» va «istiqboblarini sinaydi. Varaqida kimga nima chiqsa baxtidan ko'radi. Mehmon qizga uzuk chiqishi uning shu yilda turmushga chiqishidan, ayolga qo‘g‘irchoq chiqishi uning farzand ko‘rishidan dalolat berarmish. Umuman, tanga chiqqan kishiga baxt yor bo‘ladi deb naql qiladilar. Varaqidan qalampir (garmdori) chiqishi sho‘rpeshonalik belgisi emish.

Qadimiy udumga ko‘ra, 14-yanvarda (eski hisob bo‘yicha Yangi yil shu kunga to‘g‘ri keladi) qishloq yoshlari orasida «plugushorula» deb ataluvchi marosim o‘tkaziladi. Yoshlar to‘rt ho‘kiz qo‘shilgan omoch bilan qishloqni aylanib chiqadi. Ho‘kizlar archa shoxlari, rang-barang lentalar bilan bezatiladi. Yigitlar yangi yildagi qishloq xo‘jalik ishlari haqida va’zxonlik qiladilar.

Vengriyada ham Yangi yil 1-yanvarda bayram qilinadi. Bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p xil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha pishirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga parranda go‘shti qo‘yilmaydi. Parranda uchib ketishi mumkin bo‘lgan jonivor. Parranda bilan birgalikda xonadonning qut-barakasi ham uchib ketishi, baxti va farovonligi ko‘tarilishi mumkin emish.

Xalq bayram arafasida faqat baxt va saodat haqida o‘ylaydi. Qishloqlarda oila boshlig‘i uyga bir quchoq poxol olib kiradi. Xotini eridan: «Nima olib keldingiz, dadasi?» — deb so‘raydi. Eri odat bo‘yicha: «Tinchlik, baxt va salomatlik olib keldim, onasi», — deb javob beradi. Poxol polga yoyib qo‘yiladi.

Italiyada Yangi yil kunlari asabiylashmaslikka, eng yaqin kimsalarini sog‘inmaslikka, qarz olmaslik va bermaslikka, umuman, barcha noxushliklardan chetroq bo‘lishga harakat qiladilar. Shunda yilning qolgan kunlari ham yangi yildagidek o‘tadi, deb e’tiqod qiladilar.

Bayram arafasida uy sohibalari siniq mebellami, yaroqsiz buyumlami derazadan ko‘chaga uloqtiradilar.

Mamlakatning ba’zi viloyatlarida dehqonlar 1-yanvar kuni barcha dala ishlariga bir-bir qo‘l urib qo‘yadi. Bu — qilinadigan ishlaming o‘z vaqtida, muvaffaqiyatli bajarilishini ta’min- lash timsolidir. Boshqa viloyatlarda esa 1-yanvarda kuni bo‘yi dam olishadi, bu yilni toliqmay, osoyishta o‘tkazish niyatidir. Yangi yil bayrami kunlari, odat bo‘yicha, qizlar rom ochadi. Masalan, uch qiz uch bo'lak qalayini o‘choqda eritib, tog‘orachadagi suvga tashlaydi. Suvga tushgan qalayi turli shaklda qotadi. Agar qotgan qalayining shakli bolg‘aga o‘xshasa, demak, u kelgusi yili temirchiga yoki chilangarga turmushga chiqarmish. Qalayi arraga o'xshab qotsa — duradgor, binokor yoki arxitektorga, qalayi yelkanga o‘xshasa — dengizchiga, kitobga o‘xshasa — muallim, yozuvchiga turmushga chiqarmish.

Italiyada Yangi yil arafasida Qorbobo o‘rniga Befana kampir eshakka sovg‘a-salom ortib keladi. Rivoyat qilinishicha, Befana kampir bolali uylar oldida navbat bilan to‘xtab eshagini daraxtga bog‘laydi. Oltin kaliti bilan eshikni ochib bolali uyga kiradi, bolalarning poygakda turgan poyabzaliga sovg‘a to‘ldirib ketadi.

Shotlandiyada Yangi yil bayrami bayramlarning eng yaxshisi hisoblanadi. Bayram to‘kin dasturxon va ochiq chehra bilan kutib olinadi. Uy bekalari yong‘oq mag‘zi va mayiz solingan nonlar pishiradi. Soat tungi 12 ni ko‘rsatishi bilan eski yil chiqib ketishi va qut-baraka olib yangi yil kirib kelishi uchun to‘kin dasturxon tayyorlangan uy eshiklari lang ochib qo‘yiladi. Har kim yangi yil oqshomida oyog‘i tortgan uyga ezgu niyat bilan qadam ranjida qilaveradi. Oila a’zolari yangi yilda xonadonga birinchi bo‘lib kim qadam qo‘yishini sabrsizlik bilan kuta boshlaydi. Rivoyat qilinishicha, yilning qanday o‘tishi xonadonga birinchi qadam qo‘ygan kishiga bog‘liq emish. Agar birinchi tashrif buyurgan mehmon qora sochli bo‘lsa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish.
 Vahob Rafiqov
Texnika fanlari nomzodi

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.