Vanuatu 

4 054

Rasmiy nomi — Vanuatu Respublikasi. Poytaxti — Port-Vila. Hududi – 12,2 ming km.kv. Aholisi — 212000 kishi (2007). Davlat tili — bislama, ingliz, fransuz. Dini — protestantlar (58%), katoliklar (15%) va boshqalar. Pul birligi — vatu.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubi g‘arbiy qismidagi Yangi Gibrid orollarida joylashgan Okeaniya davlati. Vanuatu davlati o‘z ichiga 80 dan ortiq orolni qamrab olgan bo‘lib, ulardan yiriklari — Espiritu-Santo, Malakula, Ambrim, Efate, Eframango. Orollar sathi kelib chiqishi vulqonli bo‘lgan togiar bilan qoplangan. Jami 60 dan ortiq vulqon mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari hamon harakatdadir. Iqlimi — nam, tropik. Asosiy tabiiy zaxiralari: marganes, oltin, kumush, mis, baliq, yog‘och, neft. Shimoliy sharqiy so‘qmoqlari nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Orollarda kemiruvchilar, kaltakesaklar, toshbaqalar, qush va hasharotlar mavjud.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Vanuatu davlati Buyuk Britaniya rahbarligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi respublika. Davlat boshlig‘i — prezident, hukumat boshlig’i — premyer-ministr. Mamlakat ma’muriy jihatdan 6 ta provinsiyaga bo‘lingan. Poytaxti Efate orolida joylashgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali Milliy Assambleyadan iborat. Siyosiy partiyalari: Milliy birlashgan partiya, Vanuatu partiyasi, Yangi xalq partiyasi.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Madaniy o‘simliklardan какао, qahva, kopra, banan, yams, maniok, mevalar, shokolad daraxti o‘stiriladi. Iqtisodning boshqa sohalaridan baliqchilik va turizm ham rivojlangan. Chorvachilik rivojlanmoqda. Sanoat sust rivojlangan bo‘lib, korxonalar asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, yog‘och va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixti- soslashgan. Asosiy savdo hamkorlari: Niderlandiya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya. Transport kommunikatsiyalari avtomobil yo‘llar mavjud. Asosiy porti — Port-Vila.
   Tarixi. Orollar aholisining ajdodlari m. a. Ill ming yilliklarda Osiyodan ko‘chib kelishgan. 1774-yilda orol­lar portugallar tomonidan kashf qilindi. XVIII asrda orollar mashhur ingliz dengizchisi J. Kuk tomonidan o‘rganildi. XIX asrda orollarni fransuz va inglizlar mustamlakaga aylantirishdi. 1887-yilda Yangi Gibrid orollarini boshqarish uchun fransuz va ingliz komissiyasi tashkil etiladi. 1906-yilda ushbu komissiya kondominium deb atala boshladi. 1980-yili Vanuatu mustaqil deb e’lon qilindi. Mamlakatda chet el kapitalining hukmronligi saqlanib qolmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.