O’qituvchilar uchun namunaviy attestatsiya biletlari 

1150

Bilet-1 
1. Umumta’lim maktablarida  geografiya fanidan  6-sinf o’quv dasturidagi boblar ketma-ketligini ayting.
2. O’qituvchi va metodist  faoliyatidagi asosiy jarayonlar. 
3. Mustaqillik davrida 1992-yilda  qabul qilingan «Ta’lim to’g`risida»gi Qonunning 1997-yildagi yangi tahriri orasidagi farqlarni tushuntiring.

Bilet-2
1. Yer yuzining asosiy relyef shakllari (O’zbekistonning eng baland va eng past nuqtasi) haqida ma’lumot bering.  
2. Ta’lim va tarbiya birligini qanday amalga oshirish mumkin?
3. Darslik ta’lim jarayonining qanday vositasi hisoblanadi? 

Bilet-3 
1.  Ta’lim mazmuni qirralarining minimal darajasi to’qqiz yillik maktab geografiya ta’lim  mazmunini  qanday yo’nalishlarni qamrab olgan?
2. An’anaviy va noan’aviy darslarning farqlarini tushuntiring.
3. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari haqida ma’lumot bering.

Bilet -4 
1. Geografiya fanidan tashkil etilgan to’garak faoliyatining maqsad va vazifalari. 
2. Bola tarbiyasida oilaning o’rni haqida ma’lumot bering.
3. Davlat ta’lim standartlari o’z mohiyatiga ko’ra nimalar uchun asos bo’lib hisoblanadi?

Bilet -5 
1. Geografiya fani yo’nalishi bo’yicha qaysi nomdagi ta’limiy jurnal chop etilmoqda? (Nashr etila boshlagan yili, qanday nomdagi maqola va ishlanmalaringiz chop etilgan.) 
 2. Pedagogik texnologiya  bilan metodika orasidagi farqlarni tushuntiring.  
3. "Ta’lim to’g`risida” gi Qonunining qaysi moddalarida Davlat ta’lim standarti to’g`risida fikr yuritilgan?

Bilet-6 
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsad va  vazifalari:
2. Pedogogik texnologiya jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari nimalardan iborat.
3. Umumiy o’rta ta’limning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

Bilet-7 
1. 7- sinf geografiyasida qaysi tabiiy geografik regionlar tavsifi o’rganiladi?
2. Darsda o’qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlari.  
3. "Ta’lim to’g`risida” gi Qonun nechta moddadan iborat va uzluksiz ta’lim tizimining nechta turini o’z ichiga olgan?

Bilet-8
1. O’zbekiston tog`lari haqidagi ma’lumotlar qaysi sinf darsligida  keltirilgan?  
2. Darsda amaliy mashg`ulotlar bajarish jarayonida o’qituvchi - o’quvchi  faoliyati haqida ma’lumot bering. 
3. Davlat ta’lim standarti bilan o’quv dasturining farqini tushuntirib bering.

Bilet-9 
1. Geografiya fanidan 6-sinflar uchun yaratilgan elektron darsliklar haqida tushuncha bering.
2. Aralash darsning tarkibiy bosqichlari.
3. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi va turlari haqida ma’lumot bering. 

Bilet-10 
1. Davlat ta’lim standarti talab etgan o’quv-malaka va ko’nikmalarning  tarkib topishi uchun geografiya fanidan nimalarga e’tibor qaratish lozim.
2. O’quv dasturi va o’quv rejasi, ularga qo’yiladigan talablar.
3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering.

Bilet-11 
1. Geografiya fanidan darslik illyustratsiyasi va uning didaktik funksiyasi nimalardan iborat. 
2. Didaktik vositalar. Geografiya darslarida didaktik vositalardan foydalanish.
3. Davlat ta’lim standartlari ta’lim berishning nimasini belgilaydi?

Bilet -12 
1. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning 5 tamoyili nimalardan iborat?
2. Diniy  ekstremizm  nima?
3. Davlat ta’lim standarti nima?

Bilet-13 
1. Davlat ta’lim standartiga muvofiq "O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi” kursi bo’yicha o’quvchilar qanday bilim, ko’nikma va malakalarga  ega bo’ladilar?
2. Dars o’tish jarayonida foydalaniladigan ma’ruza turlari va ularni  o’tkazish haqida tushuntiring 
3.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi hozirgi zamon kadrlar siyosatining asosiy  yo’nalishlari  nimalardan  iborat?

Bilet-14 
1. Yer yuzining tabiat komplekslari  haqida ma’lumot bering.
2. O’quv jarayonida interfaol uslublar. ("Tushunchalar tahlili” uslubi misolida)   
3. Umumiy o’rta ta’lim Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda qaysi  me’yoriy hujjatlar asos qilib olingan?

Bilet-15 
1. Davlat ta’lim standartiga muvofiq "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida Yer yuzidagi materiklar qanday ketma-ketlikda o’rganiladi?  
2. Ilg`or  pedagogik texnologiyalarda dars o’tilishining bosqichlari.
3. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash haqida tushuntiring. 

Bilet-16 
1. O’zbekistoning  tashqi iqtisodiy aloqalari haqida ma’lumot bering.
2. O’quv  jarayonining  samarasi va natijasi   qanday aniqlanadi? 
3. DTS talablariga ko’ra darsliklar asosan qanday jihatlarga ega bo’lishi kerak?

Bilet-17 
1. Geografiya fanini o’qitishda o’quv ekskursiya  darslarini tashkil etishni qanday yo’lga qo’yish mumkin? 
2. Darsning asosiy va tarkibiy elementlari.  
3. Umumiy o’rta ta’limning DTS larini ishlab chiqishda qaysi asosiy prinsiplarga tayanilgan?

Bilet-18 
1. O’zbekistonda qanday tabiat zonalari ajratilgan, ular haqida ma’lumot bering.
2. Darsning psixologik tahlili.  
3. Ta’lim sifatiga nimalar ijobiy ta’sir ko’rsatadi? 

Bilet-19 
1. O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursida nechta iqtisodiy geografik rayon o’rganiladi? Ular haqida ma’lumot bering.
2. O’quvchilarning bilimlarini besh ballik tizimi asosida baholashni tushuntirib bering.
3. Pedagog kadrlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot bering.

Bilet-20 
1. 5-sinf "Yerning havo qobig`i” mavzusi yuzasidan amaliy ish topshiriqlarini bajarish, qanday kuzatuv ma’lumotlariga tayanib amalga oshiriladi?
2. Geografiya darslarida AKT dan foydalanish (1 ta mavzu misolida tushuntiring)
3. Umumiy o’rta ta’limning DTS lari Vazirlar Mahkamasining qaysi qarori bilan tasdiqlangan va qachondan boshlab joriy etilgan?

Bilet -21 
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarinnig 6-sinf o’quv dasturida "Geografiya qobiq” bo’limi yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun  qanday geografik xarita va ko’rgazmali plakatlardan foydalanish lozim.
2. Pedagogik texnologiyalar nima?
3. O’zbekiston Respublikasida bilim olish huquqi qanday ta’minlanadi?

Bilet-22 
1. 5-sinf "Joy plani va geografik xaritalar” mavzusida amaliy ishini bajarish uchun kerakli jihozlarni ayting  va ishni bajarish mazmunini tushuntiring. 
2. Darsning pedagogik tahlili. 
3. O’quvchilarni tarbiyalashda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasini tasdiqlash to’g`risida”gi qaror qachon qabul qilingan?

Bilet-23 
1.  Buyuk geografik kashfiyotlar haqida ma’lumot bering. 
2.  Metodika nima?
3. 2005-yil 21-dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g`risida”gi 275-sonli qarori, Qaror ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan  ishlar.

Bilet-24 
1. Geografiya fanini o’qitishda to’garak mashg`lotlarini tashkil etishni o’lga qo’yishda  nimalarga e’tibor qaratish lozim.
2.  Maktab ta’limining asosi. 
3. "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

Bilet-25 
1. 6-sinf "Yerning iqlim mintaqlari” bo’limi yuzasidan ko’nikma va malakalarni shakillantirish uchun  qanday geografik xarita, jihoz va ko’rgazmali plakatlardan foydalanish lozim.
2. Geografiya darslarida "Muloqot” texnologiyasini qo’llash.  (texnologiyaning tavsifi, maqsadi, mashg`ulotni o’tkazilish tartibi) 
3. 2005-yil 21-dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g`risida”gi 275-sonli qarori, Qaror ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

Bilet-26 
1. 9-sinf geografiya fani optimallashtirilgan o’quv dasturidan qaysi va necha soatlik hajmdagi mavzular kasb-hunar kollejlari va akademik litseyga o’tkazildi va caqlanib qolgan  soatlar qaysi mavzularga berildi. 
2. Geografiya darslarida "Blits-so’rov” usulini qo’llash. (usulning tavsifi, maqsadi, mashg`ulotni o’tkazilish tartibi) 
3. Darslik ta’lim jarayonining qanday vositasi hisoblanadi?

Bilet-27 
1. Geografiya fanini o’qitishda fanlararo bog`liqlik.  
2. Ta’lim  muassasalarida  sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot bering.
3. O’zbekiston Respublikasida kimlar pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega?

Bilet-28
1. "Toshkent  globusi” haqida  ma’lumot bering.
2. O’qituvchining pedagogik mahoratini tashkil etuvchi omillar haqida ma’lumot bering.
3. O’qitish sifati  qanday nazorat qilinadi?

Bilet -29
1. Tabiiy geografiya boshlang`ich kursida nimalar o’rganiladi? 
2. Geografiya darslarida "FSMU” texnologiyasini qo’llash.  (texnologiyaning tavsifi, maqsadi, mashg`ulotni o’tkazilish tartibi) 
3. Ta’lim sifatiga nimalar ijobiy ta’sir ko’rsatadi?

Bilet-30 
1. 6- sinf "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi" kursi bilimlar hajmining ko’pligi va xilma-xilligi bilan boshqa kurslardan ajralib turadi. Ushbu kursda geografik ko’nikmalarni shakllantirish  uchun  qanday bosqichlarni amalga oshirish lozim.
2. Darslik bilan "O’qituvchi kitobi”ning farqini tushuntirib bering. 
3. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Uning maqsad va vazifalari

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash