Yuklanmoqda...

Yaponiyada jazirama rekord darajani qayd etdi


Bugun eng rekord darajadagi jazirama Saytama prefekturasining Kumagaya shahrida qayd etildi. 

Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, Tokiodan uzoq bo’lmagan hududlarda havo harorati 41,1 daraja issiqni tashkil qilmoqda. 

Bugun esa eng rekord darajadagi jazirama Saytama prefekturasining Kumagaya shahrida qayd etildi. Shu boisdan hukumat aholini ko’p miqdorda suyuqlik qabul qilish, bosh kiyimlari kiyish va uzoq muddat oftobda qolmaslikka chaqirmoqda.  

Eslatib o’tamiz, kunchiqar mamlakatda joriy yilning 25-iyunidan 2-iyuliga qadar oftob urishi tufayli 3,4 mingdan ziyod kishi shifoxonaga yotqizilgan bo’lib, hayotdan ko’z yumganlar 3 nafarni tashkil qilgan edi. 
 Manba: uza.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar