Yuklanmoqda...

NASAdan xush xabar: Antraktida ustidagi ozon tuynigi kichraymoqda!


 
Nasa olimlarining yer sharining janubiy qutbidagi ozon tuynugi o’lchami 1988-yildan beri har yilgi monitoring natijalariga ko’ra kichrayib bormoqda. Bu haqda «Naked-science» nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Ozon qatlami 2016-yilga qaraganda 3,4 mln km.kv ga kamroq zararlangan. Zararlanish maydoni sun`iy yo’ldoshlar va maxsus ob-havoni o’rganish havo sharlari yordamida aniqlanadi. Ozon qatlami zichligi mavsumga qarab o’zgarib turadi. Har yili zararlanish asosan avgust oyidan boshlanadi va oktyabrgacha davom etadi. 2017-yilda uning zararlanish cho’qqisi 11-sentabrda qayd etilgan. Tuynuk o’lchamining ma’lum bir darajada qisqarganiniga qaramay, u juda katta maydonga ega bo’lib turibdi va 19,7 mln km.kv ni tashkil qilmoqda. Bu Rossiya yer maydonidan ikki marta kattaroq deganidir.
Manba: http://uniset.uz/

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar