Yuklanmoqda...

Tabiiy geografik jarayonlar haqida tushuncha 

3716

  Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun’iy omillar ta’siri­da sodir bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi.
  Tabiiy geografik jarayonlar tog‘ jinslarining yemirilishida, tog‘ jinslari fizik holatining o‘zgarishida, yer yuzasi relyefining shakllanishi va o‘zgarishida vulkan va zilzilalar sifatida, atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo‘ladi.
  Tabiiy georgafik jarayonlar rivojlangan hududlarda turli xil inshootlarni joylashtirish, qurish va ishlatishda ma’lum bir qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun tabiiy geografik jarayonlar ri­vojlangan va tarqalgan joylarda turli xil inshootlar qurilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish muammosi vujudga kelmoqda. 
  Zilzila, vulkan, sel, surilma, ko‘chki, botqoqlanish, ko‘p yillik muzloq, qurg‘oqchilik, o‘pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish uchun hozirgi paytda maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan.
  Tabiiy geografik jarayonlar tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi.
  Tabiiy omillar o‘z navbatida ikki katta guruhga bo‘linadi: Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va tashqi kuchlar yoki tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar.
  Yerning ichki kuchlariniendogen (yunoncha «endo» - ichki, «genos» - kelib chiqish) kuchlar deb ataladi. Ular ta’sirida vulkanlar otiladi, zilzilalar sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlar endo­gen jarayonlar deb ataladi.
  Tashqi omillarni ekzogen (yunoncha «exo» - tashqi, «ge­nos» - kelib chiqish) omillar yoki kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og‘irlik kuchi, yer usti va osti suvlari hamda organizmlar ta’sirida vujudga keladi, rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, qirg‘oqlarning yemirilishi, muz va shamolning ishi kabi hodisalar ham kiradi.
  Sun’iy omillar antropogen yoki texnogen omillar deb ham ataladi. Ularga insonning turli xil xo‘jalik faoliyati kiradi: qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, shahar qurilishi, transport va boshqalar. Sun’iy omillar ta’sirida antro­pogen yoki texnogen jarayonlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayon­larga surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi, o‘pirilishlar, yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko‘llarning qurishi, yangi suv havzalarining vujudga kelishi, yerlarning sho‘rlanishi kiradi. Mazkur jarayonlar xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Eslab qoling!
  Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun’iy omillar ta’siri­da sodir bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi. Endogen jarayonlarga vulkanlarning otilishi, zilzila va tog‘larning ko‘tarilishi kiradi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, surilmalar, o‘pirilishlar,   sellar, muz va shamolning ishi kiradi.

  Havoda namlik qanchalik yuqori bo`lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta`sir etadi. Nisbiy namlik 50 foiz, havo harorati 16-18 daraja bo`lishi inson organizmi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Havo harorati 24 daraja, nisbiy namlik 44-60 foiz, shamol tezligi sekundiga 0,7-1 metr bo`lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit keladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash