Iqlimiy resurslarni baholash 

698

  Iqlim resurslarining miqdor ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan qishloq xo‘jalik ekinlarining turini va hosildorligini belgilab beradi. Har qanday ekinlarning pishib yetilishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz iqlimiy resurslarini qishloq xo‘jaligi nuqtayi nazaridan baholash muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo‘lsagina ekinlar urug‘i unib chiqadi, rivojlanadi va pishib yetiladi. Ekinlarning urug‘i unib chiqishi, ko‘p hollarda, havo harorati o‘rtacha +10°C dan yuqori bo‘lganda yuz beradi.
  O‘zbekistonning tekislik qismida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud: issiq, juda issiq, o‘rtacha jazirama, jazirama, o‘ta jazirama.
  Issiq mintaqaga O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan Ustyurt platosining Orol dengizi sohillari kiradi. +10°C dan yuqori haroratlar yig‘indisi 3500° dan kam. Mazkur mintaqada uzumning ertapishar navlari yetilishi mumkin.
  Juda issiq mintaqada haroratlar yig‘indisi 3500-4000°. Mazkur mintaqaga Ustyurt platosining shimoliy va o‘rta qismlari, Amudaryo deltasining shimoliy qismi kiradi. Ushbu mintaqada uzumning tezpishar, sholining ertapishar, makkajo‘xorining kechpishar navlari pishib ulguradi.
  O‘rtacha jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 4000-4500° gacha boradi. Ustyurt platosi va Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vohasi, Qizilqumning shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. Mazkur mintaqada paxtaning ertapishar navlari to‘liq pishib yetiladi.
  Jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 4500° dan 5000° ga­cha yetadi. Ushbu mintaqaga Qizilqumning katta qismi, Zarafshon vodiysining quyi qismi, Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi kiradi. Mazkur mintaqada paxtaning o‘rtapishar navlarini ekish mumkin.
Juda jazirama mintaqada haroratlar yig‘indisi 5000° dan yuqori bladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka tolali paxta yetishtiriladi.
  Sizga ma’lumki, O‘zbekistonning sharqiy va janubi sharqiy qismlari asosan tog‘lardan iborat. Tog‘larda balandlikka ko‘tarilgan sayin havo harorati pasayib boradi, natijada musbat haroratlar yig‘indisi kamayib, yetishtiriladigan ekin turlari ham o‘zgarib boradi.
Tog‘larda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: iliq mintaqaga, salqin mintaqaga, juda salqin mintaqa.
  Iliq mintaqada haroratlar yig‘indisi 3000-4000° atrofida va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larni o‘z ichiga oladi. Ushbu mintaqada lalmikor yerlarda don yetishtirish hamda sug‘orma uzumchilikni rivojlantirish mumkin, paxta yetilmaydi.
  Salqin mintaqada musbat haroratlar yig‘indisi 3000° dan kam. O‘rtacha balandlikdagi tog‘larni o‘z ichiga oladi. Mazkur mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
 Juda salqin mintaqada haroratlar yig‘indisi 1000° dan kam, dehqonchilik uchun yaramaydi. Bu mintaqa baland tog‘larni o‘z ichiga oladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash