O`zbekistonning geosiyosiy o`rni 

14 520

  1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
  O‘zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o‘zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
  Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O‘zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:
1. Ilgari «markaz» tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O‘zbekistonning o‘zi mustaqil ravishda bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu masalalarning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqozo etmoqda.
3. O‘zbekiston boshqa O‘rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi g‘arbida joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o‘rtasida «bufer-davlat» rolini bajarmoqda.
4. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o‘rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo‘lni tanlab olish zarur. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan tanlangan yo‘l, ya’ni Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash — hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo‘ldir. Shu bilan birga O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.

Eslab qoling!
  O‘rta Osiyo — tarixiy-geografik hudud. O‘rta Osiyo birinchi bor xorij (rus) sayyohlari tomonidan XIX asrda tilga olingan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo mintaqa sifatida qabul qilingan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.