Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati 

1278

Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati  Rossiya shakllanayotgan vaziyat va har xil holatlarga bog‘liq holda ikkinchi darajali davlat sifatida ham, mintaqa yetakchisi sifatida ham, yadro salohiyati ulkan super-davlat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
  Rossiya yaqin-yaqinlargacha oziq-ovqat mahsulotlarining 30 foizdan ortiq qismini import qilar edi. Bu millat xavfsizligiga katta putur yetkazish demakdir. 2005-yilda yig‘ib olingan don salkam 95 mln tonnani tashkil etdi. Bu esa don importini to‘xtatishga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga davlat xarid narxlarining juda pastligi ko‘plab fermer va dehqon xo‘jaliklarining xonavayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Natijada ko‘pchilik dehqonlar keyingi davrda don ekishdan voz kechdilar.
  Shunga o‘xshash holat Rossiya yoqilg‘i-energetika majmuyida, baliqchilikda, harbiy sanoat majmuyida ham kuzatilmoqda.
  Ana shunday vaziyatda Rossiyaning yaqin kelajakdagi geosiyosiy mavqei qanday bo‘lishi mumkin? Bunday savol nafaqat ruslar va rossiyalklarni qiziqtiradi, balki u boshqa qo‘shni davlatlar uchun ham muhim hisoblanadi. Chunki «qo‘shning tinch — sen tinch» degan naql uzoq yillar davomida barqarorlik omili rolini bajarib kelgan.
  Shu yo‘nalishda qator savollar va muammolar kelib chiqadiki, ularga javob olish bugungi kunning eng muhim masalalaridandir.
1.Rossiya raketa-yadro qurolini saqlab qola oladimi?
2.Rossiya iqtisodiyotini sog‘lomlashtira oladimi? Qayta ishlovchi sanoatini takomillashtirish va rivojlantirish o‘zining qo‘lidan keladimi?
3.Ijtimoiy sohani rivojlantira oladimi?
4.Rossiya o‘zining tashqi iqtisodiy munosabatlarini qanday amalga oshiradi?
5.Rossiya G‘arb mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi hamda AQSH bilan hamkorlik qiladimi?
6.Rossiya sobiq Ittifoq respublikalari, hozirgi mustaqil davlat­lar bilan qaysi sohalarda aloqalar o‘rnatadi?
  Shu va shunga o‘xshash boshqa savollarga obyektiv javob olish mumkin emas. Aytish lozimki, yaxshi rivojlanib borayotgan Rossiya-AQSh munosabatlari Iroq urushi tufayli birmuncha sustlashdi. Umuman XX asrning so‘nggi yillarida shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy tartib barham topdi. Iroq urushi bir-ikki davlat ittifoqi butun jahon hamjamiyatidan ustun bo‘lishi mumkinligini, jahonda yangi AQSH davri, bir qutbli dunyo davri boshlanganligini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy salohiyati past davlatlar unga tobe bo‘ladi yoki boshqa o‘ziga o‘xshash davlatlar bilan ittifoq tuzishga urinadi.
  Ana shulardan kelib chiqqan holda Rossiyaning Xitoy, Indoneziya, hindiston, Eron bilan har xil shakllarga ega ittifoqlar tuzishi mumkinligi ehtimoldan uzoq emas.
  Rossiya iqtisodiyoti rus millati mentaliteti kabi o‘zgarishlarga asta-sekin yon beradi. Bu esa yaqin o‘rtada yana ikki qutbli dunyo barpo bo‘lishi mumkinligini inkor qiladi. Rossiya kamida 10-15 yil ichida o‘zining ichki muammolarini, birinchi navbatda hududiy xavfsizlik muammolarini hal qilishi lozim bo‘ladi. Bu holat uning geosiyosiy mavqeyini belgilab turadi.
 
Eslab qoling!
  Byudjet - davlat daromadlari va xarajatlarining ma`lum bir davrdagi nisbati

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash