Xitoy geosiyosiy yo`lining mohiyati 

7 465

 Bir necha yuz yillar mobaynida Xitoyning geosiyosiy qarashlari ikki tomonlama xususiyatga ega edi. Bunday holat birinchidan, Xitoy, ya’ni «O‘rtalik qirolichasi»ning qadimgi nomi Rimlandga qarashliligi va ikkinchidan, Xitoyning hech qachon dengiz mamlakati bo‘lmaganligi bilan bog‘langan.
  Xitoy XX asrning 70-yillaridan «Atlantik» geosiyosat olib bora boshladi. Bunday holat Xitoy islohotlarining «otasi» Den Syaopinning pragmatik falsafasi bilan bog‘landi. Ana shunday geosiyo­sat Xitoyga g‘arbdan katta dividendlar olishga imkon berdi. Xitoy g‘arbdan pul, kredit va texnologiyalar olib, iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan rivojlantirishga erishdi.
  Xitoy o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega. Mazkur xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) tabiiy resurslarning chegaralanganligi; b) juda katta inson resurslariga ega ekanligi; d) ish kuchlarining nihoyatda arzonligi. Iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlari tufayli Xitoyda so‘nggi paytlarda qator muhim tabiiy resurslarning yetishmasligi kuzatilmoqda (ko‘mir, temir va mis rudasi, alumin xomashyosi, o‘g‘itlar). Hozirgi paytda Xitoyning qishloq aholisi 800 million kishini tash­kil qiladi, ularning 700 millionni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida band, 100 millioni esa ishsiz, shuning uchun har yili 10 million kishi qishloqlardan shaharlarga ish qidirib ko‘chib ketadi.
  Jahon bankining ma’lumoti bo‘yicha XXI asr boshlarida Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 650 mlrd dollar, Yaponiyaniki esa 850 mlrd dollarga teng bo‘lmoqda. Bu paytda uning yalpi ichki mahsuloti deyarli 3 trillon dollarni tashkil qiladi. Bu Xitoyni muhim iqtisodiy qutbga aylantiradi. Hozirgi paytda Xitoy geosiyo­siy maydonning rivojlanish o‘qlarini va kuchlarini aniqlab beradigan davlatlar qatoriga kirib oldi.
Xitoy dunyodagi aholisi eng ko`p mamlakatdir. Uning aholisi XXI asr o`rtasida 1,5 mlrd kishiga yetishi mumkin. Xitoyda XIX investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish davlat tomonidan reja asosida boshqarilmoqda. Davlatning eksport imkoniyatlarini kuchaytiradigan yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish davlat tomonidan rejalashtirilmoqda.
  Bu davlatni tez sur’atlar bilan rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — Yevrosiyodagi eng katta ichki bozorga ega ekanligi va harbiy qudratining tez sur’atlar bilan ortib borishidir.
  Rossiya — Xitoy munosabatlari keyingi yarim asr mobaynida keskin o‘zgardi. XX asrning 50-yillarida «uka» bo‘lgan xitoyliklar hozirgi vaqtda iqtisodiy qudratiga ko‘ra «aka»ga aylandi. Barcha yo‘nalishlar doirasida Xitoy tashabbusga ega.
  Shunday qilib, Xitoy XXI asrga kelib dunyo geosiyosatiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi.
 
Eslab qoling!
  Divident - aksiyadorlik jamiyati daromadining bir qismi. U har yili aksiyadorlar o`rtasida taqsimlanadi.
  Kredit - qaytarib berish sharti bilan ma`lum vaqtga va ma`lum foizga pul yoki tovar holatida berilgan ssuda (qarz)

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.