O`zbekistonga madaniyati yaqin bo`lgan mamlakatlar dunyo geosiyosiy tizimida 

5 272

  Eronda shoh rejimi qulaganidan so‘ng u yildan yilga o‘zining mintaqaviy geosiyosiy mavqeyini mustahkamlab bormoqda. Eron davlati Yaqin va O‘rta Sharqda, O‘rta Osiyo va Rossiyada katta obro‘ga ega. Eron hozirgi vaqtda G‘arb bilan ham konstruktiv aloqalar o‘rnatishga intilmoqda. 1997-yil dekabr oyida Tehron shahrida Islom konferensiyasi tashkiloti a’zolarining sakkizinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Undan kutilgan asosiy maqsad — Eron bilan Arab mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga erishildi. Eronning islom va boshqa dinga qarashli mamlakatlar bilan munosabatlarini yaxshilashga. intilishi uning tashqi siyosatini mafkuradan holi bo‘lganligini ko‘rsatmoqda Eron, ayniqsa, Rossiya bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga erishdi. Eronga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi uning yaqin kelajakdagi roli bilan bog‘langan. Eron XXI asr o‘rtalarida Janubi G‘arbiy Osiyo mintaqasining yetakchi davlatiga aylanishi mumkin.
  XX asrning keyingi o‘n yilliklarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida Eronning Turkiya va AQSH bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshilandi. Iroq va Isroil bilan esa birmuncha yomonlashdi, Turkiya va Isroilning Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlari yana ham «uzoqlashdi». Shu vaqtning o‘zida Iroq va Eronning Rossiya bilan bo‘lgan aloqalari kuchaydi.
  O‘zbekiston—Eron munosabatlari ikkala tomonga ham manfaat keltiruvchi yo‘nalishda o‘zaro do‘stlik, hamkorlik ruhida rivojlanmoqda.
  Turkiya O‘rta Osiyodagi barcha davlatlar bilan iqtisodiy sohada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirmoqda. Shu ma’noda O‘zbekiston—Turkiya munosabatlari ham teng huquqlilik, ham­korlik asosida rivojlanmoqda.
 
Eslab qoling!
  Janubi-g`arbiy Osiyo mintaqasi tarkibiga Turkiya va Isroildan tashqari Arab mamlakatlari - Suriya, Livan, Iordaniya, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Oman, Yaman kiradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.