Diqqat! Bilimdonlar bellashuvi boshlandi 

1385

 Aziz veb-sayt muxlislari! Geografiya fani bilimdonlari va barcha qiziquvchilar uchun Bilimdonlar bellashuvi intellektual tanlovi o`z faoliyatini boshladi. Chempion bo`lmoqchimisiz? Agar bunga erishishni istasangiz, saytdagi ilmiy ma`lumotlardan muntazam foydalanib, bilimingizni oshirib boring. Tanlovda g`olib bo`ling va o`zligingizni namoyon qiling! 

Bilimdonlar bellashuvni tashkil etishdan maqsad umumiy o’rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablari asosida foydalanuvchilar bilimlaridagi bo’shliqlarni to’ldirish choralarini ko’rish, sayt foydalanuvchilarining iqtidor, qobiliyatlarini rivojlantirib, tizimli ravishda ularni xalqaro olimpiada va tanlovlarga tayyorlash, ularning faoliyatiga bilim sifati asosida baho berib, reytingini aniqlashdan iborat.
Bilimdonlar bellashuvining asosiy vazifalari:
  1. Umumiy o’rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlari asosida sayt foydalanuvchilarida bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishini muntazam ravishda tahlil qilish;
  2. Foydalanuvchilar bilimlarida aniqlangan bo’shliqlar va ularni keltirib chiqargan omillarning bartaraf etish choralarini ko’rish;
  3. Foydalanuvchilarning iqtidorini o’z vaqtida aniqlash, ularning qobiliyatlarini sayt orqali ro’yobga chiqarish;
  4. Geografiya fani o`qituvchilar va barcha qiziquvchilarning ta’lim sifatini oshirishga bo’lgan faolligini kuchaytirish;
  5. O`quvchilarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni kasbga yo’naltirish va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash;
  6. Sog`lom raqobat muhitini shakllantirish; 
  7. Natijalar asosida o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan bilimlar yoki jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishi bilan bog`liq yangiliklar asosida o’quv dasturlari hamda o’qitish metodikasi bo’yicha takliflar ishlab chiqish.         Tanlov bo`limiga o`tish

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash