Yuklanmoqda...

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar №2 

1449

MATERIK VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1. Afrika materigining 20meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho’zilganligini gradus va kmlarda hisoblang?

2. Masshtabi 1: 30000000 xaritada daryo uzunligi 8 sm.ga teng.

Daryo necha km uzunlikka ega?

3. Afrika materigining 00meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho’zilganligini gradus va kmlarda hisoblang?

4. Janubiy Amerika materigining 700 meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho’zilganligini gradus va kmlarda hisoblang?

5. Janubiy Amerika materigining 400 meridian yoyi bo’ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho’zilganligini gradus va kmlarda hisoblang?

6. Quyidagi berilgan koordinatalarda Yevrosiyoning qaysi geografik obyektlari joylashgan?

a) 780shm.k va 1040 shq.uz   b) 10shm.k va 1020 shq.uz

7.Quyidagi berilgan koordinatalarda Yevrosiyoning qaysi obyektlari joylashgan?

a) 660shm.k va 1700 g’.uz    b) 390 shm.k va 90 g’b.uz

8. 6-sinf atlasidan foydalanib Afrikaning tabiat zonalari-chalacho’l va cho’l zonalarida tarqalgan o’simlik va hayvonot dunyosi (sut emizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilar) ni ajratib yozing?

9. Quyidagi koordinatalarda joylashgan Afrika davlatlariga tegishli bo’lgan poytaxt shaharlarni aniqlang?

10. 6-sinf atlasidan foydalanib Afrikaning savanna va siyrak o’rmonlar tabiat zonalarida tarqalgan o’simlik va hayvonot dunyosi (sut emizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilar) ni ajratib yozing?

11. 6-sinf atlasidan foydalanib, Janubiy Amerika materigi qirg’oqlarini qaysi iliq oqimlar yuvib turishini aniqlang va yozing?

12. 6-sinf atlasidan foydalanib Janubiy Amerika-sernam ekvatorial o’rmonlar tabiat zonalarida tarqalgan o’simlik va hayvonot dunyosi (sut emizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilar) ni ajratib yozing?

13. 6-sinf atlasidan foydalanib, Janubiy Amerika materigi qirg’oqlarini qaysi sovuq oqimlar yuvib turishini aniqlang va yozing?

14. 6-sinf atlasidan foydalanib, Janubiy Amerika tabiat zonalari – balandlik mintaqalarining tabiat zonalarida tarqalgan o’simlik va hayvonot dunyosi (sut emizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilar) ni ajratib yozing?

15. 6-sinf atlasidan foydalanib, Yevrosiyo materigi qirg’oqlarini qaysi iliq oqimlar yuvib turishini aniqlang va yozing?

16. Yevrosiyo materigini shimoli-g’arb tomondan o’rab turgan dengizlarni aniqlang va yozing?

17.6- sinf atlasidan foydalanib, Yevrosiyo materigi qirg’oqlarini qaysi sovuq oqimlar yuvib turishini aniqlang va yozing?

18. Yevrosiyo materigini janubi-sharq tomondan o’rab turgan dengizlarni aniqlang va yozing?

19. Yillik yog`in miqdori 300 mm, bug`lanish 1000 mm ga teng bo’lsa, namlik koeffitsentini aniqlang?

20.Agar 3000 km masofa globusda 3 sm.ga teng bo’lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang?

21.Quyidagi jadvalga Dunyo okeanlari to’g`risida ma’lumot bering?

T.r

Okeanlar

nomi

Kengliklar bo’yicha suvning o’rtacha sho’rligi, % hisobida (promille)

(tropik kengliklarda)

Suvning o’rtacha harorati

( 0 S hisobida)

(tropik kengliklarda)

Okeanlarga tegishli dengizlar soni

22. 6- sinf "Materiklar va okeanlar” yozuvsiz xaritasiga Tinch okean "olovli” halqa va Alp-Himolay seysmik zonasini tushiring?

23.Quyidagi geografik atama va tushunchalarning lug`aviy ma’nosini yozing?

- masshtab,-izobara,-izobata,-mutloq balandlik,-ruletka,-rel`ef

24. Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 650 km li masofa birinchi xaritada 8,5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 3 sm ga teng bo‘lsa, xaritalarning masshtabini aniqlang. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?

25. Agar 5000 km masofa globusda 4 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang.

26.O`quvchilarning quyidagi marshrutini tartib bilan tasvirlang:

Shi.shq, J, j.g`, g`, sh

27.Jadval asosida dekabr oyi davomidagi 12 kunlik shamol gulini chizing va uni tahlil qilib bering.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Sh.

shq

Sh.

Sh-g`

Sh-shq.

Sh-shq.

Sh-g`.

j.shq

J.shq.

Sh.shq

Sh.

Sh.shq

Sh.g`

28. Tog`ning etagida havo harorati + 22 bo`lsa, 6000 metr balandda havo harorati qancha bo`ladi?

29. Kilimanjara tog’i Afrikada joylashgan. Agar bu tog’ etagida havo harorati +25C ga teng bo’lsa, tog’ tepasi necha gradus bo’ladi?

30. Agar Vashingtondan Londongacha xarita masshtabiga ko’ra 4,5 sm masofa haqiqatda 6750 km ga teng bo’lsa, xarita masshtabi qanday bo’ladi?

31. 300 g.u nuqtani qaysi soat mintaqada ekanini aniqlang?

32. Tog’ning etagida havoning bosimi 750 mm, cho’qqisida 400 mm ga teng bo’lsa, tog’ning nisbiy balandligini aniqlang?

33. Turistlarning quyidagi marshrutini tartib bilan tasvirlang: yo`ldan so`qmoq orqali yurib, butazorga chiqishdi. Daryo yoqalab uzoq yurgach, ko`prikdan o`tib o`tloqqa va undan aralash o`rmonga kelishdi. O`rmonchining uyida kun bo`yi dam olib, qaytishda tuproq yo`ldan yurib shossega chiqib olishdi.

34. Jadval asosida oktyabr oyi davomidagi 12 kunlik shamol gulini chizing va uni tahlil qilib bering.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Sh.g`

Sh.

Sh-shq.

Sh-g`.

Sh

Sh-g`.

J-g`.

J-shk.

Sh.

Sh.shq

Sh.

Sh.

35.Dengiz suvi harorati 210 C, chuqurligi 4900 m bo’lsa, dengiz tubidagi suv harorati qancha bo’ladi?

36. Quyidagi mashtablarni yirik mashtabdan mayda mashtabga tomon o`zgarishda yozing.

1:25 000, 1:200 000, 1:250 000, 1:1 000000, 1:2 000000

37. Tog`ning etagida havo harorati + 220 bo`lsa, 6000 metr balandda havo harorati qancha bo`ladi?

38. Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 650 km li masofa birinchi xaritada 8,5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 3 sm ga teng bo‘lsa, xaritalarning masshtabini aniqlang. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?

39. Agar 5000 km masofa globusda 4 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang.

40. Masshtabi 1:40000000 sm bo‘lgan xaritada Qarshi va Toshkent shaharlari orasidagi masofa 11 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.

41. Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang.

a) 1 sm da 150 km. b) 1 sm da 400 km. c) 1 sm da 200 km. d) 1 sm da 650 km.

42. Tepalikning balandligi 28 m. uning g‘arbiy qismi tik, sharqiy qismi esa qiya. Tepalikni gorizontallarda aks ettiring. Izoh: Gorizontallarni har 3 m. dan o‘tkazing.

43. Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi. (Nosir Hisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari). Buyuk allomalar (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy) tomonidan qilingan ishlarni yozing.

44. Quyida qaysi orollarning geografik koordinatalari berilgan? Geografik atlas yordamida aniqlab yozing.

a) 5° - 10° shimoliy kenglik va 80° - 83° sharqiy uzunlik

b) 40° - 44° janubiy kenglik va 145° - 149° sharqiy uzunlik

45. Agar 3000 km masofa globusda 3 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang.

46. Berilgan ma’lumotlar asosida havoning kunlik o‘rtacha haroratini aniqlang va yozing.

6°C; -3°C; 12°C; 8°C.

47. Masshtabi 1: 80000000 sm bo‘lgan xaritada Rim va Dushanbe shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlab yozing.

48. Quruqlikdagi suvlarning asosiy qismi qayerlarda to‘plangan? Dunyoda suvning aylanma harakatini chizmada ta’svirlab bering.

49. Agar oromgoh cho‘milish havzasidan janubiy – g‘arbda joylashgan bo‘lsa, bolalar oromgohga qaysi yo‘nalishda qaytib keladilar?

50. Okean va dengizlar suvining sho‘rligi nimalarga bog‘liq bo‘lishini yozing. Ulardagi to‘lqinlarning vujudga kelishida nimalar sabab bo‘ldi?

51. Baltika dengizi suvi harorati 10oC, chuqurligi 3 km bo‘lsa, dengiz tubidagi suv harorati qanchaga teng bo‘ladi?

52. Berilgan ma’lumotlar asosida Buxoro shahridagi yillik o‘rtacha havo harorati grafigini chizing. ( I-9oС, II-13oС, III-4oС, IV 8oС, V 13oС, VI 18oС, VII 21oС, VIII 18oС, IX 15oС, X 11oС, XI 5oС, XII 0oС )

53. Yer sharining quruqlik va okeanlar maydonini foiz (%) larda hisoblab chiqib, diagrammada tasvirlang.

I. Quruqlik - 149 mln kv.km

II. Shimoliy muz okeani – 14.7 mln kv.km

III. Tinch okeani – 178.6 mln kv.km

IV. Hind okeani –76.17 mln kv.km

V. Atlantika okeani – 91.6 mln kv.km .

54. Siz maktabga 240o azimut bilan borgan bo‘lsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytasiz? Oziq- ovqat do‘koniga 45oazimut bilan borgan bo‘lsangizchi?

55. Kiyevdan Moskvagacha bo‘lgan 750 km li masofa birinchi xaritada 5 sm ga,хuddi shu masofa ikkinchi xaritada 2 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?

56. Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang va yozing.

a) 1sm da 20 km. b) 1 sm da 350 km.

c) 1 sm da 1000 km. d) 1 sm da 1300 km.

57. Yanvar oyining o‘rtacha harorati –80 C, iyul oyidagi o‘rtacha harorat +220 C bo‘lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha gradusga teng?

58. Daryo deb nimaga aytiladi? Daryo havzasi, suvayirg`ich, daryo manbai nima ekanligini yozing.

59. Yerning aylana uzunligi 40 000 km ga teng bo‘lsa, 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofani aniqlab yozing.

60. Afrika materigida qanday tabiat zonalari mavjud? Materikning tabiat zonalaridan bittasiga tavsif yozing.

61. Masshtab deb nimaga aytiladi? Masshtab necha xil ko‘rinishda bo‘ladi? Ularga misollar keltiring.

62. Tepalikning balandligi 40 m. uning g‘arbiy qismi tik, sharqiy qismi esa qiya. Tepalikni gorizontallarda aks ettiring. Izoh: Gorizontallarni har 5 m. dan o‘tkazing.

63. Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi. (Nosir Hisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari). Buyuk allomalar (Muhammad al-Xorazimiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy) tomonidan qilingan ishlarni yozing.

64. Gidrosfera nima? Dunyo okeani.Okean suvining xususiyatlarini yozing.

65. Atmosfera va uning tuzilishi. (havo bosimi, normal bosim deb nimaga aytiladi?)

66. Endogen, ekzogen jarayonlar deb nimaga aytiladi? Yer yuzida kuchli zilzilalar bolib o‘tgan joylarni yozing.

67. Avstraliya va Okeaniyaning o‘ziga xos tabiiy geografik xususiyatlarini yozing.

68. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

69. 225°, 135°, 315° li azimutlar gorizontning qaysi tomonlariga to‘g‘ri keladi?

70. Janubiy Amerika iqlimi va ichki suvlariga ta’rif bering.

71. Dunyoning geografik mintaqalari va tabiat zonalarini yozing.

72. Kiyevdan Moskvagacha bo‘lgan 750 km li masofa birinchi xaritada 5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 2 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?

73. Yevrosiyo materigida iqlim hosil qiluvchi asosiy omillarni yozing.

74. Shimoliy Amerika relyef shakllari (Kordilyera tog‘lari, Buyuk va Markaziy tekisliklar, Appalachi tog‘lari) ga qisqacha ta’rif bering.

75. Quyida qaysi orollarning geografik koordinatalari berilgan? Geografik atlas yordamida aniqlab yozing.

a) 5° - 10° shimoliy kenglik va 80° - 83° sharqiy uzunlik

b) 40° - 44° janubiy kenglik va 145° - 149° sharqiy uzunlik

76. Geografik kenglik va uzunlik deb nimaga aytiladi? Quyosh turish kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

77. Gidrosfera nima? Gidrosferaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

78. Afrikada qanday iqlim mintaqalari mavjud? Materik daryolariga ta’rif bering.

Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlariga tavsif bering. (geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi haqida yozing)

79. Quruqlikdagi suvlarning asosiy qismi qayerlarda to‘plangan? Dunyoda suvning aylanma harakatini chizmada ta’svirlab bering.

80. Tog‘ va tekisliklar qanday kuchlar ta’sida vujudga keladi? Yer yuzidagi eng baland tog‘ tizmalarini yozing.

81. Yevrosiyo materigida nechta tabiiy- geografik o‘lka ajratiladi? Materikning birorta tabiiy geografik o‘lkasiga tavsif yozing.

82. Yevrosiyo materigining yirik daryolaridan 2 tasiga reja asosida tavsif yozing. a) daryo nomi; b) uzunligi; c) qayerdan boshlanadi; d) qaysi havsaga quyiladi? e) irmoqlari; f) to‘yinish tipi;

83. Masshtabi 1: 40000000 sm bo‘lgan xaritada Qarshi va Toshkent shaharlari orasidagi masofa 11 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.

84. Agar barometr tog’ning etagida 740 mm ni, cho’qqisida esa 440 mm ni ko’rsatsa, tog’ning nisbiy balandligi qancha bo’lishini aniqlang.

85.Televizordan havo harorati 120C, nisbiy namligi esa 60% ga teng bo`lishi aytildi. 1m³ havoda qancha gramm suv bor? Bu havo namga to’yinishi uchun qancha suv kerak?

86. Sinfni to’ldirgan havoning hajmini aniqlang. Bu havo harorat 30°C bo’lganda qancha miqdorda namni o’zida sig’dirishi mumkinligini hisoblab chiqaring. Agar harorat 0°C gacha pasaysa, qancha suv ajralib chiqadi?

87. 1 t okean suvidan qancha tuz olish mumkin? Sho’rligi 0.2‰ bo’lgan 1 t okean suvidan-chi?

88. Qora dengiz suvining sho’rligi 18‰, uning suvidan qancha gramm turli xil modda olish mumkin? Bu miqdor Qizil dengizining 1 t suvidan olinadigan moddadan necha marta kam?

89. Hind okeanida 12° j.k. va 64°shq.u. da turgan chet el baliq ovlovchi kemasidan falokat ro’y berganligi haqida xabar keldi. Bu xabarni "Atlant” va "Titan” nomli ikkita kemaning radistlari eshitishdi. "Atlant” kemasi 3° sh.k. va 52°shq.u. da, "Titan” kemasi esa 9° j.k. va 67° shq.u. da edi. Bu punktlarni yozuvsiz xaritada belgilang, bu kemalardan qaysi biri baliqchilarga yordamga ertaroq kelishi mumkinligini aniqlang.

90. Meksika qo’ltig’idan yozilgan qog’ozi ivib ketgan shisha topib olishdi. Unda "40° sh.k.” degan yozuv saqlanib qolgan. Bu shisha Meksika qo’ltig’idan qayerga borib qolishi mimkin?

91.Xaritadan foydalanib, 20° j.k. bo’ylab "yuring” va bu parallel kesib o’tadigan quruqlik va okeanlar tekisliklari haqida gapirib bering: tuzilish shakllari qanday, ular asosan qanday jinslardan tashkil topgan?

92. Eng katta materikning janubiy qismida 25 va 30° sh.k. lar oralig’ida ko’pchilik cho’qqilar 5000 m dan baland bo’lgan qanday tog’lar joylashgan?

93. Klyuchi Sopkasi vulqonining qayerda joylashgani haqida so’zlab bering. Buning uchun quyidagi ishlarni bajaring: yarimsharlar xaritasidan vulqon qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashganini aniqlang. Vulqon joylashgan yerni geografik koordinatalar bo’yicha yozuvsiz xaritadan toping. U yerga shartli belgi qo’yib, nomini yozing.

94. Dengiz suvi harorati 210 C, chuqurligi 7520 m bo’lsa, dengiz tubidagi suv harorati qancha bo’ladi?

95. Turistlarning quyidagi marshrutini tartib bilan tasvirlang: yo`ldan so`qmoq orqali yurib, butazorga chiqishdi. Daryo yoqalab uzoq yurgach, ko`prikdan o`tib o`tloqqa va undan aralash o`rmonga kelishdi. O`rmonchining uyida kun bo`yi dam olib, qaytishda tuproq yo`ldan yurib shossega chiqib olishdi.

96. Jadval asosida oktyabr oyi davomidagi 12 kunlik shamol gulini chizing va uni tahlil qilib bering.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

J.g`

Sh.

Sh-shq.

Sh-shq.

Sh-shq.

Sh-g`.

J-g`.

J-shq.

Sh.

Sh.

J.g`

Sh.

97. Yanvar oyining o‘rtacha harorati –90 C, iyul oyidagi o‘rtacha harorat +240 C bo‘lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha gradusga teng?

98. "Afrikaning daryo va ko’llari” nomli raqamli diktant.


Nil daryosi 1 -

Zambezi daryosi 2 –

Kongo daryosi 3 –

Niger daryosi 4 –

Viktoriya ko’li 5 –

Chad ko’li 6 –

Tanganika ko’li 7 –


1. Qaysi ko’lning suv sathi keskin o’zgarib turadi?

2. Qaysi daryo Hind okeani havzasiga kiradi?

3. Qaysi daryoning nomi lotin tilidan tarjima qilinganda "qora” degan ma’noni bildiradi?

4. Qaysi daryo eng katta delta hosil qiladi?

5. Qaysi daryo sersuvligi va havzasining maydoniga ko’ra dunyoda ikkinchi o’rinda turadi?

6. Dunyodagi eng katta sharsharalardan biri Afrikaning qaysi daryosidan oqib tushadi?

7. Qaysi ko’l materikning oqmas ko’li hisoblanadi?

8. Materikning eng chuqur ko’li qaysi?

9. Ekvatorni ikki materik kesib o’tgan daryo qaysi?

10. Qaysi daryoning mansabi O’rta dengiz?

11. Qaysi ko’l mamlakat nomi bilan ataladi?

12. Qaysi daryo o’z suvini Gvineya qo’ltiғiga quyadi?

13. Qaysi daryo vodiysida ilk sivilizatsiya tarkib topgan?

14. Asvon GES qaysi daryoda qurilgan?

15. Materikning qaysi daryosi mamlakat nomi bilan ataladi?

98. 6-sinf atlasidan foydalanib, Yer sharidagi harakatdagi vulqonlarning nomini toping va quyidagi jadvalni to`ldiring?

Nomi

Balandligi,m

Materiklar va qit’alar

Mamlakat

6960

Jan.Amerika

Chili

5897

Jan.Amerika

Ekvador

5747

Shim.Amerika

Meksika

3846

Shim.Amerika

Meksika

5400

Jan.Amerika

Kolumbiya

4750

Osiyo

Rossiya

4565

Afrika

Tanzaniya

4268

Shim.Amerika

AQSH (Alyaska)

4070

Afrika

Kamerun

3776

Osiyo

Yaponiya

3676

Osiyo

Rossiya

3676

Osiyo

Rossiya

3340

Yevropa

Italiya

1491

Yevropa

Islandiya

99. 6-sinf atlasidan foydalanib, Dunyodagi eng baland tog’ tizmalarini toping quyidagi jadvalni to`ldiring?

Materik

Tog’ tizmasi

Cho’qqisi

Balandligi,m

1

Osiyo

2

Yevropa

3

Jan.Amerika

4

Shim.Amerika

5

Afrika

6

Antarktida

100. 6-sinf atlasidan foydalanib, Dunyodagi eng yirik tekisliklar qaysi materikda joylashganligini aniqlang?

Nomi

Materik

Amazonka pasttekisligi

Sharqiy Yevropa tekisligi

O’rta Sibir yassi tog’ligi

Arabiston yassi tog’ligi

G’arbiy Sibir pasttekisligi

Tibit yassi tog’ligi

Buyuk tekisliklar

Braziliya

Turon pasttekisligi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash