Joy plani va masshtab 

1164

1.Quyidagi  nomli  masshtablarni  sonli  masshtablar  bilan  ifodalang?

a) 1 sm da 50 km      b) 1 sm da  350 km   c) 1 sm da 500 km    d) 1 sm da 850 km 
Javob:   a) 1:5000000        b) 1: 35000000    c) 1:50000000     d) 1:85000000 

2.Quyidagilardan   qaysi   biri  eng  kichik  masshtab?
         1:1000000,  1:200000,  1:50000,  1:500000.
Javob: 1:1000000. 

Masofani o`lchash. 

 Xaritalardamasofalar ikki xil usulda aniqlanadi: masshtab yordamida metr yoki kilometrda va darajalarda. Xaritada masofa masshtab yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi.
1. Xaritada masshtabida xaritadagi 1 sm masofa joyda necha km ga teng ekani topiladi.
2. Berilgan ikki nuqta orasi xaritada necha sm ekanligi aniqlanadi.
3. Bu ikki son (km va sm) ko`paytirilsa, berilgan nuqtalar oralig`I necha km gat eng ekani, ya`ni haqiqiy masofa chiqadi. Masalan, xaritaning masshtabi 1:1000000, ya`ni 1 sm 10 km ga teng. Xaritada ikki nuqta oraligi 4,5 sm gat eng. Binobarin, 4,5 x 10 = 45 km yoki 45000 m. 


1-savol: Masshtabi  1:40 000 000 sm bo’lgan xaritada Moskva bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 7 sm.ga teng bo’lsa, bu shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.
Yechimi: 1) Ma’lumki 1:40 000 000 sm yozuv xaritada 1 sm.ga 400 km to’g’ri kelishini bildiradi.

2) Agarda 1 sm.ga 400 km. masofa to’g’ri kelsa 7 sm.ga necha km masofa to’g’ri keladi?  Proporsiya tuzamiz: 
1sm------400 km.    7 sm------x. km.

x= 7x400:1= 2800:1=2800. Demak, Moskva bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 2800 km.ga teng. 


2-savol: Agar 500 km masofa globusda 2 sm.ga teng bo’lsa, bu globusning masshtabi necha sm.ga teng bo’ladi?
Yechimi:  Globusda 1 sm.ga necha km masofa to’g’ri kelishini aniqlash uchun:
1)  500 km. ni sm.ga aylantiramiz: proporsiya tuzamiz.
1km ----------- 100000 sm   500 km---------x     x= 500x100000:1= 5000000 

50000000 sm.ni 2 sm.ga bo’lamiz, ya’ni 500:2 = 250 km. Demak, globusda 1 sm = 250 km.ga teng. 
Javobi: Globusning masshtabi 1:25 000 000 sm.ga teng. 


3-savol: Masshtabi  1:40000000  bo’lgan  xaritada  Madrid va Minsk  shaharlari  orasidagi  masofa 7 sm gat eng bo’lsa, shaharlar  orasidagi  haqiqiy  masofani  aniqlang?
Yechish: 1:40000000 yoki 1 sm da 400 km.   400x7=2800(km).
Javob: 2800 (km).
 

 

4-savol: Agar 1000 km masofa  globusda 2 sm ga  teng  bo’lsa, unda ushbu  globusning masshtabini  aniqlang? 
Yechish: 1000km= 100000000 sm.  100000000:2=50000000.
Javob:  globusning masshtabi 1:50000000. 

5-savol: Vashington bilan London  shahri  orasidagi  masofa 6750 km, geografik xaritada esa 4,5 sm bo’lsa, xaritaning masshtabini  aniqlang?
Yechish: 6750: 4,5=1500 km yoki 1:150000000sm.
Javob: 1: 150000000.

6-savol: Agar 550 km.li masofa globusda 2 sm.ga teng bo’lsa, bu globusning masshtabi qanaqa bo’ladi?
Yechish: 2 sm  - 550 km        1 sm – x km       550 : 2 = 275 km 
Javob: 1: 27 500 000

7-savol: Globusda ikki punkt orasidagi masofa 100 ga, teng oraliqda 10 sm.ga teng. Globusning masshtabini aniqlang?
Yechish:  Globusda 10 meridian yoyi uzunligi 111 km ga teng, shunga ko`ra:  1 sm – 10 – 111 km 
100 = 10 sm = 111x10=1110 km    Javob: 1110 km 

8-savol: Agar joy planlarida: 
a) 700m uzunlikdagi ko’cha 7 sm,    
b) 1 km uzunlikdagi ko’cha  10 sm,    
с) 3 km uzunlikdagi ko’cha 30 sm bilan ifodalangan bo’lsa, bu planlarning masshtabini aniqlang?
Yechish: 
a) 700 m – 70000 sm  70000:7=10000   Javob: 1:10000,  1 sm.da 0,1 km
b) 1 km – 100000 sm  100000:10=10000  Javob: 1:10000
c) 3 km – 300000 sm  300000:30 = 1:10000   Javob: 1:10000 

9-savol: 1:1000000 masshtabli xaritalarda 1sm masofa necha km.ga teng?
Yechish: 1:1000000 – 10000 m – 10 km  1 sm da – 10 km.  Javob: 10 km. 

10-savol: Uzunligi 1 km bo’lgan ko`chani uzunligi 20 sm bo’lgan varaqda tasvirlash uchun qanday masshtab tanlanishi kerak? 
Yechish: 1 km – 1000 m
1000 m – 100 000 sm
100 000 : 20 = 5000    Javob: 1:5000

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash