Yuklanmoqda...

Yozuvsiz xarita bilan ishlash 

1853

Yozuvsiz xaritada quyidagi ishlarni bajarish mumkin.
1) Geografik joylarni tushuntirish. Bunda yangi ashyolarni o’rganishda o’qituvchi tomonidan aytilgan  geografik  nomlar yoki darslik mavzusi mustaqil o’qib o’rgatilganda uchragan geografik nomlar yozuvsiz xaritaga tushuriladi.
2) O’qituvchi biror o’lka shaklini sinf yozuv taxtasiga  geografik joylarni tushuradi. O’quvchilar  yozuv taxtasidagi  joylarni andoza  yordamida  daftariga  chizgan shakliga  qarab tushurib oladilar. 
3) Yozuvsiz xaritaga  shartli  belgilar tushirish. O’quvchilar tog’lar, vulqonlar, ostonalar, sharsharalar, daryo va ko’llar yirik  elektrostansiyalar kabi  joylarni tegishli  belgilar bilan  yozuvsiz  xaritaga tushiradi.
4) Xarita – tizimi va xarita-diagramma  chizish. Yozuvsiz  xaritaga tog’ tizmalari, ko’p esuvchi shamollar dengiz oqimlari, yillik  yog’in miqdori tushiriladi. Ularning katta-kichikligini  masshtabli  shakllar bilan  ko’rsatiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash