Yuklanmoqda...

Geografik xaritalar bilan ishlash 

1653

  Geografiyani xaritasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xarita geografiya  o’rganadigan barcha jihozlar va hodisalar haqida hikoya  qila oladi, xarita tez, aniq va  lo’nda qilib hikoya qilishda  kitobdan ham avzallik qilishi mumkin. Xarita - geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir o’quvchi  xaritani o’qiy olishi lozim. Agar o’quvchi xaritaga qarab hali o’rganilmagan dengiz yoki daryo haqida  gapira olsa, tog’larning balandligi va yo’nalishini aniqlay bilsa,  ma’lum bir joyning  yer yuzasini  yoki iqlimini ta’riflay olsa, bu o’quvchi  xaritani  biladi, deyish mumkin.
  Xaritadan to’g’ri  foydalana olishni o’rganish uchun geografiya  o’qituvchi  o’quvchilarni har qaysi yangi xarita  mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim.
  Xaritaning  turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirish, o’quvchilar e`tiborini xarita mashtabiga  jalb etish lozim.
  Bundan tashqari, o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini gradus to’rining holati, meridian va paralellarning qanday  o’tkazilganligiga kenglik va  uzunlikni belgilagan  o’rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralariga jalb qilish lozim, Globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini   ko’rsatib olish kerak.
 Geografiya fani o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri  o’quvchilarga  xaritani  tushunish va  va o’qiy olishni  o’rgatishdir.
 Xaritaning bilishning ma’nosi shuni, o’quvchilar undagi shartli  belgilarga   tushunishlari va shu shartli  belgilar orqali  ko’rsatiladigan joy va hodisalarning  xarakterlarini  ko’z oldiga keltira olishlari  xaritaga  qaraganlarida  ular  ongiga  daryolar, tog’ tizmlari va  muzliklarining  manzaralari xosil bo’lishi kerak.
 Xaritani bilish uchun joyda mo’ljal olish, gorizont  tomonlarini  yo’nalishlarini qog’ozga  tasvirlashni, masshtab bilan ishlashni joy  planini o’rganishni va chizishni bilish kerak. Undan keyin  esa o’quvchilar  globus  va xaritalarda  geografik  kenglik va uzunliklarin aniqlash  turli mazmundagi  xaritalarini  o’qishni  xaritalarini  asosiy  avzal  kamchliklarni  aniqlashni  bilish  lozim.
  Geografik  ta’limda   xarita  bilan  ishlash  uslublarini  boshqa  uslublar  bilan  bog’langan  xarita  bilan  ishlash  bunday  tartibda  olib boriladi.
1) Yer  yuzasi  elemtlari  rel`ef  shakllari  vulqonlar  dengiz,  qo’ltiqe  buloqlar, daryolar  ko’llar bilan  o’quvchlarni  bevosta  tanishtirish  kerak. 
2) Xaritani  joy  bilan  solishtirlganda  topqirlik  xarita  belgilar  bilan  tanishtirish.
3) Joy  kattaligini ko’z bilan  chamalashga o’rgatish.
4) O’quvchilarga xaritaviy bilimlarni o’rgatish maqsadida  topografik va geografik xaritalarni solishtirishni o’rgatish.
5) Gradus to`rini yaxshi bilib olishlari uchun geografik  koordinatalarni mashq qilishni o’rgatish.
6) Turli  masshtabli xaritalardan  ayrim geografik  joylarni  topishni o’rgatish.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash